Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent
Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
PS 3-Amaliy mashg ESHONQULOVA ZEBINISO
3. Guruhlarda liderlik va rahbarlik. Liderlarning turlari.
Boshqaruv jarayoni maqsadga erishish yoʼlida odatda koʼpgina qiyinchiliklar, toʼsiqlar, muammolarga duch kelish mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Menejerlar boshqaruv pogʼonasiga binoan uch toifaga boʼlinadi: - Yuqori pogʼona menejerlari. - Oʼrta pogʼona menejerlari. - Quyi pogʼona menejerlari. Xodimlar orasidagi, bajaruvchilar va maʼmuriyat orasidagi munosabat chiziqli koʼrinishda boʼlib (ierarxik, vertikal), unda har bir quyidagi xodim, faqat oʼzidan yuqoridagi oʼzining boshligʼiga boʼysunadi; va funktsional koʼrinishda (gorizontal) boʼlib, u xizmat turlariga - terapiya, jarrohlik, tashhislash va boshqalarga boʼlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda Yaponiya, АQShda markazlashmagan boshqaruv tizimi keng taraqqiy topgan boʼlib, bunda boshqaruvning tarkibi asosan 4 qismdan tashkil topgan: Oliy rahbariyat (strategik bosqich) - bunga bosh vrach va moliya - iqtisodiyoti xodimlari, tashkiliy - uslubiy va statistika boʼlimlari kiradi. Ular qaror qabul qilishga maʼsul shaxslar hisoblanadi. Oʼrta bosqichdagi rahbarlar (taktik bosqich) - bosh vrachning tibbiy yordam turlari boʼyicha oʼrinbosarlari va
bosh hamshira; quyi bosqichidagi rahbarlar (operativ bosqich) - boʼlim mudirlari, boʼlimning katta hamshiralari. Rahbarlarning eng quyi bosqichini bajaruvchilar vrachlar, hamshiralar va h.k tashkil eta di.Yaponiyada boshqaruv tizimi markazlashmagan unda har - bir xizmatchi oʼz - oʼzini nazorat qiladi, u nafaqat bajaruvchi balki maʼlum darajada subʼekt hisoblanadi. Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlashni isloh qilishning asosiy vazifalaridan biri sogʼliqni saqlash muassasalarini davlat monopoliyasidan chiqarish, markazlashmagan boshqaruv tizimini tashkil etish va demokratiyalashtirish hisoblanadi. Bundan tashqari Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash tizimiga malakali, maxsus tayyorgarlikdan oʼtgan, yuqori maʼdaniyatli, oliy fazilatli rahbar xodimlarni-menejerlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Rahbar madaniyati deganda rahbar odobi va iqtidori oʼrtasidagi dialektik bogʼlanish tushuniladi. Bu bogʼlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʼz aksini topadi:
Rahbar madaniyati= odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. Odob— aqlning suyanchigʼi, barcha fazilatlarning mezoni. Bexudaga xalqimizda "Аql bilan odob — egizak" deyishmaydi. Odob— yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi oʼz jonini yomon hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi. Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʼladi, eʼtikod, iqror va amal. Eʼtiqod — bu ishonch. Iqror — soʼzda buni tan olish. Аmal — yaxshi ishlar bilan uni isbotlash. Insof — har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida oʼz hatgi-harakati bilan maʼnaviy masʼuliyatini his etishining ifodasidir. Insof bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʼusi va qobiliyati, ishda kishilarga munosabatda halollik bilan yondoshish.
Аdolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Аdolatparvar rahbarning ahloqiy hislatlari bemalol qonun oʼrnini bosa oladi. Аdolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga ragʼbati kuchli boʼladi. Iqtidorli - deganda biror soha boʼyicha layoqatini ongli ravishda namoyon qilish uchun qatьiyat koʼrsata oladigan kishilar tus huniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga — maqsadiga yotadi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling