Texnologiyalarning qulayliklari


www.scientificprogress.uz


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1698363
1   2   3   4   5
Bog'liq
talabalarni-masofadan-o-qitishda-zamonaviy-axborot-texnologiyalarning-qulayliklari

www.scientificprogress.uz
 
Page 643
Texnologiyalarning rivojlanib borayotgan ayni vaqtda ma’lum bir sohada ishni boshlash 
va uni boshqarishni axborot texnologiyalari, jumladan muhandislik grafikasi va chizma 
geometriya, chizmachilik fanini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Har bir mutaxassis muhandislik grafikasi va chizma geometriya, Chizmachilik fanlarini 
kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalarini puxta egallagan bo‘lishi lozim. 
Bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim soxasida tub islohatlar amalga 
oshirilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizimi va 
mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan 
kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb ta’kidlangan. Shu sababli ham 
muhandislik grafikasi va chizma geometriya, chizmachilik va boshqa sohadagi fanlarini 
talabalarga o‘qitishda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish jarayoni uchun bir necha 
mehanizmlarni ishlab chiqish zarur. 
Texnologiyalar vositasida tashkil etilgan dars jarayonida quyidagi ijobiy holatlar 
vujudga keladi: 
 xotira va diqqatning uzviy aloqadorligi oshadi; 
 talabaning o‘quv materiallariga va fanga qiziqishini orttiradi; 
 talaba bilan o‘qituvchi orasida muloqot tezlashadi; 
 talabaning fazoviy tasavvur ob’ektlari rivojlanadi; 
 o‘quv jarayonidagi o‘zaro hamkorligi vujudga keladi; 
 o‘qituvchi va talabaning bilim saviyasini boholay oladi; 
 o‘qituvchi talabaning gafik ishlarni mustaqil bajarish uchun yo‘naltira 
oladi; 
 mustaqil bilimlarni o‘zlashtirishga undaydi; 
 adabiyotlardan, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan, Internet tarmog‘idan, 
tavsiiya va elektron darsliklardan foydalanishga chorlaydi. 
Bu kabi imkoniyatlar bilan uyg‘unlashgan dars jarayonida talaba nafaqat 
mavzuni, u bilan bog‘liq bilim, voqea-xodisalarga individual yondashishga o‘rganadi. 
Respublikamizda boshqa mustaqil davlat hamdo‘stligi mamlakatlariga o‘xshab 
o‘zining ta’lim sohasini jahon standarlariga moslab, ko‘p xarakatlar qilinmoqda. 
Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar 
mavjudligi elektron ta’limni rivojlanishiga asosiy sabab bo‘lib, unga katta ahamiyat 
berilishiga olib kelmoqda. Hozirgi davrda ta’limning bu turidan keng miqiyosida 
foydalanish lozim.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling