Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

DEHQONCHILIK
l - § . Tuproqning paydo bo‘lishi va tuproq unumdorligini oshirish 
yoMlari. Tuproqning tarkibi va tuzilishi
Tuproq va uning unumdorligi. Yerning ustki g‘ovak va hosil beradi- 
gan unumdor qatlami tuproq deyiladi. Tuproqda organik va mineral 
moddalar, suv, havo, mikroorganizmlar bo‘ladi. Tuproq unumdorli­
gi deb o ‘simlikning o ‘sishi va rivojlanishi uchun ulami zarur oziq 
moddalar bilan, suv, havo kabi hayotiy sharoitlar bilan o ‘z vaqtida 
ta’minlab turish qobiliyatiga aytiladi. Tuproqning unumdorligini oshirish- 
da uning tarkibini, qanday paydo bo‘lganligi haqida tegishli tushun- 
chaga ega bo'lish zarur.
Tuproq tog‘ jinslarining million yihar mobaynida parchalanishidan 
hosil bo‘lgan. A w al tog‘ jinslaridan tuproqning mineral qismi paydo 
b o ‘lgan. S o ‘ngra unga o ‘sim lik, hayvonot va m ikroorganizm
(bakteriya)lar ta ’sir etib, organik modda hosil qilinishiga sabab bo‘ladi. 
Tuproqdagi chirish, parchalanish va soddaroq moddaga aylanish, ha- 
lok bo‘lgan mikroorganizmlar, bakteriyalar tufayli sodir bo‘ladi. Tup­
roq tarkibidagi suvda oson eriydigan moddalar o ‘simlik uchun oziq 
hisoblanadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar natijasida azot hosil bo‘lib, 
u azot tuziga aylanadi va undan o‘simlik oziqlanadi. Paydo bo‘lgan 
organik moddalar batamom parchalanmaydi. Ularning bir qismi gu- 
mus-chirindiga aylana boradi.
Gumus — tuproqdagi o ‘simlik, mikroorganizmlar va hayvonot 
qoldiqlaridan tashkil topgan organik modda bo‘lib, bir qismi chirig- 
an, bir qismi chirish jarayoni natijasida o ‘zgargan, to ‘q tusli va mu- 
rakkab tarkibli, organik birikmali chirindidir. Gumusda o'simlik hay- 
oti uchun zarur oziq moddalaming barchasi mavjud. Shuningdek
gumusda yopishtirish xususiyati bo‘ladi. Tuproqdagi suv va havo o‘simlik 
uchun eng zarur omildir. Tuproqda tabiiy unumdorlik bo ‘ladi. Tabiiy 
unumdorlik tabiiy omillar (tuproq, ona jins, o ‘simlik, hayvonot ola- 
mi, iqhm, relyef) ta ’sirida unumdorlikka ega bo‘ladi. Undagi oziq
6


moddalardan o'simlik foydalanadi. Biroq inson ishtirokida yer ishlan- 
ishi, yerga organik va mineral o‘g‘itlar solinishi, tuproqning meliora- 
tiv holatini yaxshilash yo‘lida qilingan agrotexnik tadbirlar hisobiga 
tuproqda sun'iy unumdorlik vujudga keladi. Sun'iy unumdorlik doimo 
amalga oshirib boriladi. Paxtasi yig‘ib-terib olingan maydonlarda 
g‘o ‘zapoyalarni maydalab, shudgor qilinganda yerda organik o :g‘itni 
ko‘paytiradi. G ‘o ‘zapoyasi maydalab haydalgan yerda har yili yerga 
solinadigan N ning 23%i, P-ning 30%iga.tengdir.
Tuproqning tarkibi. Tuproq qattiq, suyuq va havo namidan, o‘simlik, 
hayvonot qoldiqlari hamda mikroorganizmlardan iborat bo‘ladi. Tup­
roqning qattiq qismiga turli shakldagi mineral va organik moddalar 
kirib, ular ko‘proq turiga qarab har xil bo‘ladi.
Suyuq qism — suv va suvda erigan moddalar o'sim liklam ing 
o'sishiga kerak bo‘ladi. Tuproq zarrachalari orasida bo‘shliq bo‘ladi. 
Bo‘shliqqa havo to'lgan bo‘lib, bundan o‘simlik ildizlari, mikroorga- 
nizmlar nafas oladi. Tuproq zarrachalarining har xil kattalikda bo‘lishi 
unumdorlikka olib keladi. Buni bilish uchun tuproqni har xil katta- 
likdagi ko‘zi bo‘lgan elaklarda elab aniqlaymiz yoki tuproqni suvda 
loyqalatish yo‘li bilan o ‘rganamiz. Suvda yirik zarrachalar mayda 
zarrachalarga nisbatan tezroq cho‘kadi.
Tuproqning mexanik tarkibi quyidagi zarrachalaming katta-kichikli- 
giga qarab belgilanadi. Tuproq zarrachalaiini mexanik elementlar deb 
aytamiz.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling