Texnologiyasi


-jadval № Mexanik elementlarning


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

1-jadval

Mexanik elementlarning 
nomi
Mexanik elementlarning diametri, 
(mm hisobida).
1.
T o sh q ism lar
3 dan - yirik
2.
Y irik qum
3 dan - 1 g acha
3.
Q um
1 dan - 0,05 gacha
4.
Y irik chang
0,05 dan - 0,01 gacha
5.
C hang
0,01 dan - 0,001 gacha
6.
L o .vcia 
_____________
_____ _ 
.
0,001 dan kichik
Tuproqlar tarkibi ko‘proq qum, yirik chang, chang va mayda 
loyqalardan iborat bo‘lib, unumdorlik darajasi uning fizik va ximiyaviy 
xossalari, mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Mexanik tarkibiga ko‘ra 
tuproq soz, qumoq, qumloq va qumli bo‘ladi. Soz tuproqlar suvni
7


ko‘proq shimib, yomon o ‘tkazadi. Chunki tarkibida chang va loyqa 
ko‘p (50-80%), qum oz (20-30%) bo‘ladi. Oziq moddalar bo‘lishi 
bilan birga qatqaloq hosil bo'ladi. Tez botqoqlanib qoladi, havo al- 
mashinishi yaxshi kechmaydi, tuproq qizishi sekin kechadi. Bunday 
tuproqlar chirindi bilan boyitilib, unumdorligi oshiriladi.
Qumoq tuproqlar tarkibida 50-80% qum va 20-50% gil bo‘ladi, 
tarkibidan suv va havoni yaxshi o ‘tkazadi, namlikni ko‘p saqlaydi. 
Bunday tuproqlarda dehqonchilik qilinganda yuqori hosil beradi.
Qumloq va qumli tuproqlarda 80-100% qum va 10-20% gacha gil 
bo‘lib, bunday tuproqlar sochilib ketadi, yopishqoq emas, oziq mod- 
dalari kam, suv va havoni yaxshi o‘tkazadi, biroq namlikni uzoq 
saqlay olmaydi. Bunday tuproqlarga loyqa cho‘ktirish, gil tuproq solish 
bilan xossalarini yaxshilash mumkin.
Tuproqning organik moddalari
Organik moddalar tuproqda 3 xil: tirik organizmlar, o ‘lik orga- 
nizmlar va chirindi ko‘rinishida uchraydi.
0 ‘simliklarning yerosti qismlari (ildizlari), tuproq tarkibida yashay- 
digan har xil hashoratlar, bakteriyalar, virus va zamburug‘lar, yomg‘ir 
chuvalchanglari tuproqdagi tirik organizmlarga kiradi.
Oiik organizmlarga hayvon va o‘simlik qoldiqlari, tuproqda halok bo‘lgan 
mikroorganizmlar hamda tuproqqa solingan organik o‘g‘itlar kiradi.
Bakteriyalar ta ’sirida tuproqdagi o ‘simlik va hayvonot qoldiqlari 
parchalanib, chirindi moddalarni tashkil etadi. Bunday jarayonlarda 
organik moddalaming bir qismi mineral moddalargacha parchalanadi. 
Qolgan qismi yarim chirindi holda tuproqda to'planib, keyinchalik 
mineral moddalarga aylanadi. Ana shu mineral moddalardan o‘simlik 
o‘zlashtira oladi yoki o‘simliklaming o ‘sishi va rivojlanishi davrida oziq 
moddalar bilan taminlanib turadi.
Chirindi moddalaming afzalUgi shundaki, ular tuproqning xos­
salarini yaxshilaydi, o ‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan azot, fos- 
for, kaliy, kalsiy, magniy, temir, oltingugurt kabi boshqa moddalar­
ni ushlab turishga xizmat qiladi. Shuningdek, tuproqning mayda 
zarrachalarini donador holatga aylantirishga yordam ko‘rsatadi.
Organik qoldiqlar tuproqning ustki qatlamida ozroq bo‘ladi.
0 ‘zbekistonning iqlimi yozda qumq, issiq bo'ladi. Shuning uchun 
ham, bo‘z tuproqlar tarkibida organik massa va ildiz qoldiqlari kam 
to ‘planadi. 0 ‘rganishlar natijasida bo‘z tuproqlaming har gektar ekin


maydonida 1 tonna organik qoldiq va 10 tonnagacha ildiz qoldiqlari 
to ‘planishi aniqlangan. Demak, tuproq tarkibini turli organik (mahal- 
liy) va mineral o ‘g‘itlar solish bilan boyitib borish talab etiladi.
Tuproqning tuzilishi
Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida va rivojlanib borishida tuproq qat- 
lamlari turlicha sodir bo‘ladi. Tuproq qatlamlarining ko‘rinishi bir- 
biridan farq qiladi. Bunga qatlamlarning qalinligi, tusi, mexanik tarki­
bi, g‘ovakliligi, donadorligi kabilar kiradi.
Yemi chuqur kavlab ko‘rib, o‘rganish bilan xulosa qilinganda tup­
roq bir qancha qatlamlardan iborat bo‘lib, ushbu qatlamlami genetik 
gorizontlar deb ataymiz. Genetik gorizontlarni A, V,S harflari bilan 
belgilanadi. Demak, A — chirindili qatlam, V — o ‘tkinchi qatlam va 
S — tuproq osti (ona jins) qatlamdir.
Tuproqning chirindili qatlami (A) tuproqning haydalma ustki qat- 
lami hisoblanib, dehqonchilik qilishga qulaydir. Tusi pastki qatlam - 
dan farqli o ‘laroq qoram tir boladi. Unda chirigan, chirib ulgurma- 
gan organik moddalar uchraydi. Qalinligi tuproq tiplariga bog‘liq 
holda turlicha boladi.
0 ‘tkinchi qatlam ( V) ustki, chirindili qatlam ning ostida joy- 
lashgan, tuproq paydo bo'lishi jarayoni sekinlik bilan ona jinsga 
o ‘tib borayotganligi uchun ham oraliq gorizont deyiladi. Bu qatlam 
kuchsiz, tusi ham boshqacha, tarkibi b o ‘yicha ham ustki qatlam - 
dan farq qiladi.
Tuproq osti qatlami (S) tuproqning ona jinsidir. Bu qatlam g‘ovak 
holdagi tog‘ jinsi hisoblanadi. Ustki qatlamlardan tushadigan birik- 
malar to ‘planib qoladi, shuning uchun u yig‘uvchi va shimuvchi 
qatlam deb ham ataladi. Tusi ona jins rangidan farq qiladi.
Tuproqning qalinligi tuproq turiga qarab o'rtacha 40 sm dan 150 
sm gacha, hatto 250-300 sm gacha qatlamdan iborat b o la d i. T up­
roqning chirindili (A) qatlami qanchalik qahn bo‘lsa, uning unum - 
dorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tuproqning rangi tuproq tarkibidagi kimyoviy holat va chirindi 
miqdoriga qarab o‘zgaradi. Agar tuproq tarkibida chirindi oz bo ‘lsa, 
tuproq och rangga o ‘zgarib boradi. Masalan, chirindi 6-8% bo‘lsa 
qoramtir, jigarrangda bo‘lib, 8-10 % chirindi bo ‘lsa, tuproq qora 
rangda ko‘rinadi. Agar tuproq tarkibidagi chirindi miqdori 10% dan 
yuqori bo‘lsa, tuproqning rangi tim qora ko‘rinishda bo‘ladi.
9


Tuproq donadorligi. Donador tuproq deb zarrachalari (diametri 
1,0-10 mm) donador bo:lgan, suvda tez yuvilib ketmaydigan hamda 
chang qismlari ham bo‘lgan tuproqlarga aytiladi. Bu tuproqlar darhol 
qotib qolmaydi, suvni o‘zidan yaxshi o ‘tkazadi, namlikni uzoq saqlab, 
suvni kam bug‘lantiradi. Bunday tuproqlar chirindi va oziq moddalar- 
ga boy bo‘ladi.
1. Tuproq donadorligi.
Tuproq tarkibida chang zarrachalar ko‘p, donador holatdagi 
zarrachalari kam bo‘lsa, bunday tuproqlami donador bolm agan tup­
roq deyiladi. Yomg‘ir yog‘ishi bilan bunday tuproqlarda darhol 
qatqaloq hosil bo‘ladi, tuproq orasidagi kapillar yo‘llar orqali suv 
tezda yuqoriga harakat qilib, bug‘lanib ketadi. Natijada tuproqning nam- 
ligi kamayib ketadi.
Tuproq donadorligi hosil bo‘lishi uchun tuproqda chirindi va loyqa 
bo‘lishi zarur. Loyqalar chirindi bilan birlashib, yiriklashadi.
Donadorlik hosil bo‘lishida ko‘p yillik don, dukkakli (beda, se- 
barga) ekinJaming ta ’siri muhim o ‘rin egallaydi. Ushbu o ‘simliklaraing 
ildizlari tuproqqa keng tarqalgan bo‘lib, chirigandan so‘ng ildiz o ‘rinlari 
bo'shab qoladi.
Tuproq mikroorganizmlarini donadorlik hosil qilishda ishtiroki katta 
bo‘ladi. Masalan, yomg‘ir chuvalchangi, chumoli va termitlar hamda 
boshqa jonivorlar tuproqni teshib, g‘ovak hosil qiladi. 1 ga yerdagi 
chuvalchanglar 1 vilda 300-400 tonna tuproqni o ‘zidan o'tkazib dona- 
dorligini yaxsltilaydi, yoki har 8-10 yilda tuproq qatlamini ag‘darib, 
kovlab qayta ishlab beradi. Shuning uchun tuproqda chuvalchanglami 
ko‘paytirish zarur.
Kuzgi haydov oldidan yerga organik va mineral o ‘g‘itlar solinishi, 
haydovni sifatli o ‘tkazilishi, dukkakli ekinlar ekish kabi tadbirlar 
tuproq donadorligini yaxshilashga olib keladi.
Tuproq donadorUgi kuchli yog‘in — do‘l, sel yog'ishi, tuproqni 
sifatsiz ishlash, loy holicha haydash, traktor va qishloq xo‘jalik mashi- 
nalarining yerda ko‘proq harakat qilishi hisobiga buziladi.
Nazorat savollari
1. Tuproq deb nimaga aytiladi?
2. Tuproqda qanday moddalar bo‘ladi?
3. Tuproq “gumusi”ni tushuntirib bering.
4. Tuproqning mexanik tarkibida qanday elementlar bo‘ladi?
10


5. Tuproqda necha xil organik moddalar bor?
6. Tuproq tarkibidagi chirindining qanday ahamiyati bor?
7. Tuproq tuzilishi va qatlamlari haqida tushuncha bering.
8. Tuproq donadorligining sababini bilasizmi?

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling