Texnologiyasi


G ‘o ‘zoning oziq moddalarga b o ‘lgan taiabi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

G ‘o ‘zoning oziq moddalarga b o ‘lgan taiabi
Tabiiyki, o'simlik tarkibida qaysidir modda kam bo'lsa, o'sha mod- 
daga talabchan bo'ladi.
G 'o 'za tarkibidagi uglerod, kislorod va vodorod juda muhim o'rin 
egallab, ulardan, asosan tola, chigit po'sti va ko'sak chanoqlari, chigit 
mag'zidagi moy hosil bo'ladi. Oqsilida ushbu moddalar bilan birga 
azot, oltingugurt va fosfor ham bo'ladi. Har bir moddaning g'o'za 
o'simligi faoliyatida o‘z o'rni bor. Ulardan birortasi yetishmasa, o'sish 
va rivojlanishga salbiy ta ’sir ko'rsatadi va bu hosilni kamayishiga, sifa- 
tining pasayishiga olib keladi.
G'o'zadagi azot, fosfor va kaliy moddalarining yetishmasligi sezilarli 
bo'ladi. Masalan, azot yetishmasa, g'o'zaning yashil bargi sarg'ish- 
yashil tusga kiradi, ya’ni xloroz kasaligiga uchraydi. Fosfor yetish­
masa, barg tomirlari qizg'ish tusga kiradi, kaliy yetishmasa, g'o'za 
bargida marmarsimon dog' paydo bo'ladi.
G 'o 'za o'simligi chigiti unib chiqqandan boshlab to shonalash- 
gacha azot va fosfomi kam talab qiladi, shonalash davridan ko'saklaming 
yetilish davrigacha bu m oddalarga taiabi ju d a kuchli, ko'saklar 
ochilishidan boshlab yana kamayadi.
103


G‘o ‘zaning rivojlanish davrlari bo‘yicha azot va fosforga talahi 
(umumiy miqdoriga nisbatan foiz hisobida):
Davrlar
Azot
Fosfor
1.
Chigit unib chiqishidan shonal ashgacha
7
5
2.
Shonalashdan gullashgacha
46
35
3.
Gullashdan yetilguncha
44
50
4.
Y etilishdan vegetatsiya davri oxirigacha
3
10
Oziq moddalar yetishmasa ham, m e’yoridan ortiqcha bo‘lsa ham 
g‘o ‘za hosildorligiga ta’sir qiladi.
Masalan, fosfor yetishmasa, o‘simlikning ildiz tizimi sekin rivojla- 
nadi va hosil a’zolarining paydo bo‘lishi kechikadi. Bu xil elementning 
azot va kaliy hamda boshqa elementlar bilan birga yetarli miqdorda 
bo‘lishi g‘o ‘zaning ildiz tizimi va yerusti qismlari yaxshi o ‘sishi va 
rivojlanishini ta ’minlaydi. G ‘o ‘za shonalash va gullash davrlarida tez 
o ‘sadi. Bu davrlarda azot ko‘payib ketsa, uning o ‘sishini yanada tezlashti- 
radi, ko‘k massa ko‘payadi, hosil a ’zolari kam to ‘planadi hamda 
ko‘saklaming yetilishi kechikib ketadi.
G ‘o ‘za gullashida ko‘saklar shakllanadi, bu davrda tuproqda fosfor 
yetarli bo‘lsa, chigitning shakllanishi, yetilishi sifatU bo ‘ladi.
Kaliy moddasining g‘o ‘za o ‘simligi faoliyatidagi ahamiyati shun- 
daki, u hosil a’zolari to ‘planishida qatnashadi, shona va ko'saklar 
baquw at bo‘lib, to ‘kilishi kamayadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling