Texnologiyasi


-§. G V zan i almashlab ekish va uning ahamiyati


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

31-§. G V zan i almashlab ekish va uning ahamiyati
Sug'oriladigan paxtachilik zonalarida almashlab ekish samarali 
dehqonchilikning, ya’ni tuproq unumdorligini tiklashgina emas, bal- 
ki yaxshilashning, agrotexnika va melioratsiya tadbirlari samaradorligini 
oshirishning, pirovard oqibatda esa, paxta, don va sug'oriladigan yer- 
lardagi boshqa qishloq ho'jalik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirishning 
eng muhim omili bo'lib qoladi.
Almashlab ekish deb ekinlami dalalar va yillar bo'yicha navbat- 
lanishiga aytiladi.
Bir yillik o'simliklar bir joyga ekilaversa, tuproqning kuchi ketib
uning fizik xossalari yomonlashadi va dalani begona o'tlar bosib ketadi. 
Tuproq unumdorligi pasayadi va hosil yildan yilga kamayadi. Tuproq 
sho'rlashadi, o'simlik ko'p kasallikka uchraydi, zararkunandalar hosilga 
putur yetkazadi.
Almashlab ekishni joriy qilish tuproq unum dorligini oshiradi 
va begona o'tlarga, o'simliklarga tushadigan zararli hasharotlarga 
ham da kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarining yanada yaxshiroq 
natija berishiga sabab bo'ladi.
105


G 'o‘za bilan almashlab ekiladigan ekinlar
Paxtachilikda asosan g‘o ‘za beda, sebarga, makkajo'xori, oq jo'xori 
va boshqa dukkakli-donli, yem-xashak o'simliklari bilan almashlab ekiladi.
Almashlab ekish tarkibiga kiradigan yo'ldosh ekinlar orasida beda 
o'simligi eng foydali hisoblanadi. Beda biologik xususiyatlari jihatidan 
g'o'za uchun eng yaxshi o'tmishdosh ekindir.
Kuzatishlardan m a’lumki, almashlab ekish maydonidagi uch yillik 
beda yuqori agrotexnika sharoitida o'stirilganda, har gektar yeming 
haydalma qatlamida 10-12 tonna ildiz mahsulotini to'playdi va tuproq­
ni organik moddalar bilan boyitadi. Buning natijasida beda ildizidan 
tuproqda 3-4 tonna gumus hosil bo'ladi.
Beda ildizlarida hosil bo'ladigan tuganak bakteriyalar havodan azotni 
o'zlashtiradi, bu bilan tuproqdagi va o'simlik organizmidagi azot miq- 
dorini ancha ko'paytiradi. Beda ildizi tarkibida esa 2-2,5% azot bo'ladi. 
Yaxshi agrotexnika sharoitida o'stiriladigan uch yillik beda ildizi tuga- 
naklarining halok bo'lishi va mayda ildizlar bilan parchalanishi nati­
jasida bir gektar maydonning haydalma qatlamida (10-30sm) 300- 
400 kg biologik azot to'planadi.
Beda kimyoviy tarkibi va oziq moddalarga boyligi jihatidan yem- 
xashak ekinlari orasida birinchi o'rinda turadi, uning pichani karotin, 
vitaminlar va oson o'zlashtiriladigan oqsillarga boy.
Beda, shuningdek, chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisobla­
nadi. Beda sho'rlanishga moyil yerlar uchun muhim meliorativ chora 
hisoblanadi.
Beda ildizi qatlam chuquriga va yon tomonlarga o'sib ketganligi uchun 
ular chiriganda tuproqda ko'plab g'ovaklik paydo bo'ladi. G'ovak tup­
roqning xususiyati, unda havo va namlik o'tishi osonlashadi. Beda il- 
dizining chirindisi tuproq zarrachalari ni o'zaro qovushtiradi va tarki- 
bini yaxsliilaydi.
Beda o'stirilgan yerlarda tuproq sho'rianishining oldini olish jarayoni 
shundan iboratki, beda ildizi chuqur qatlamga kirib borib, namni o'zi 
orqali bug'lantiradi. Beda poyalari esa barglari bilan yer betini qoplab 
soyalaydi, bu bilan tuproqdan namlik bug'lanishi, ya’ni tuproqning 
pastki qatlamidagi tuzlarning yuqoriga ko'tarilishi kamayadi. Beda 
sug'orilganda, tuproq sho'ri pastga tushib ketadi.
G 'o 'z a beda bilan almashlab ekilganda, kasalliklar, ayniqsa, vilt 
kasalligi kamayadi. Chunki vilt kasalligining qo'zg'ovchisi havoli sharoit-
106


da yaxshi rivojlanadi. Ammo havo almashinuvi yomonlashadigan be- 
dapoyalarda noqulay sharoitga tushib qolib, halok bo‘ladi. Beda buzilib, 
qayta-qayta paxta о‘stiriIsa, vilt bilan zararlanishi ortib boradi. Masalan, 
tajribada bedapoya buzilgandan keyin birinchi yili o ‘stirilgan g‘o ‘za 9- 
10%, ikkinchi yili 12%, uchinchi yili 30-35%, to ‘rtinchi yili 38- 
39%, beshinchi yili 41-64% vilt bilan kasallangan.
G ‘o ‘za beda bilan almashlab ekilganda, o‘g‘itlarning samarador- 
ligi ham oshadi. Sababi, beda ekilgan yerda tuproq unumdorligi tabi- 
iy ravishda oshgani holda bedapoyadan bo‘shagan yerlarga mineral 
o ‘g‘itlar kamroq solinadi. Shuningdek, beda ildizi chirib, tuproqda 
harakatchan fosfor miqdori ortadi. Beda ekilgan yerda begona o ‘tlar 
kamayib ketadi.
Bedaga makkajo'xori, sudan o‘ti, oq jo'xori va boshqa donli ekin­
lar qo'shib ekilishi bilan don va chorva uchun ko‘p miqdorda yem- 
xashak yetishtiriladi.
Almashlab ekish joriy etilishida xo'jalikning paxta, don va boshqa 
mahsulotlarini yetishtirish va tayyorlash rejalarini, chorva hayvon- 
lariga zarur yem-xashak tayyorlash kabi qator tashkiliy tom onlar 
hisobga olinadi.
Almashlab ekish paxtachilikda hosildorlikni ko'tarishning eng 
zarur chorasi hisoblanadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling