Texnologiyasi
Chigitni ekishga tayyorlash
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
Chigitni ekishga tayyorlash
Chigitni ekishga tayyorlash ishlari paxta zavodlarida markazlash- gan holda bajariladi. Xo'jaliklarda ham chigitlarni ekishga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Urug' tayyorlash uchun zavodda chigitlar toladan ajratiladi, so;ngra tuksizlantiriladi, kasallik va zararkunandalarga qarshi dorilanadi va dona dor qilinadi. Seyalkada ekish qulay bo'lishi uchun chigit ikki xil yo'l bilan tuksizlantiriladi. 1. Mexanik tuksizlantirish. Bu usulda SOM-3 va SOM-4 rusumli mashinalardan foydalaniladi, ya’ni chigit tuki mexanik yo'l bilan ajra tiladi. Biroq bunda chigitlaming bir qismi shikastlanib qolishi mumkin. 2. Kimyoviy tuksizlantirish. Bunday usulda sulfat kislota yordamida chigit sirtidagi tuklar eritib tushiriladi. Chigitni tukidan ajratishda sulfat kislota bug'idan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Jumladan, sul fat kislota bug'i chigit tukiga ta ’sir ettirilsa, tuklar chigit po'stidan qisman ajraladi, keyin ulaming tuklari cho'tka yoki havo yordamida tuksizlantiriladi. Ushbu usul ancha samaralidir. Chigitni zararkunanda va kasalliklarga qarshi dorilanishi muhimdir. Bu ish urug' tayyorlanayotgan zavodlarda bajariladi. Maxsus dorilash m ashinalari bilan 20%li trixlorfenolyat (txfm) yoki fentiuram preparatlari chigitga singdiriladi. So'nggi yillarda chigitni «Panoktin 35», «Vitavaks» 200 FF, «Orten» kabi samarali preparatlar bilan dorilash yaxshi natija beryapti1. 75% li «Orten» preparati bilan paxta o'simligi turli shira, tripslar bilan zararlanmasligi uchun chigitga dori singdiriladi. 1 tonna chigitga 4,0 kg «Orten» ishlatiladi. «Vitavaks» 200 FF preparati bilan esa g'o'za niholining ildiz chirish kasalligiga uchramasligi uchun chigit dorilanadi. «Panoktin 35» preparati bilan esa, o'simlikning xavfli kasalligi bo'lgan gommoz va ildiz chirish kasalliklariga qarshi chigit dorilanadi. Bunda 20 litr suvga 4-5 Utr preparat solib aralashtirilib olinadi. Ushbu 1 Andijon viloyati xo'jaliklarida o'tkazilgan tajriba xulosalardan. 109 aralashma 1 tonna chigitni dorilashga sarflanadi. Dorilash chigitni ekishdan kamida ikki hafta oldin bajarilishi kerak. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling