Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. Tuproq qatqalog'i qanday hosil bo'ladi va uni yo'qotish uchun 
qanday tadbirlar bajarilishi kerak?
2. Yaganalash qachon o'tkaziladi?
3. K o'chat qalinligi to'g'risida gapirib bering.
4. K o'chatlar qachon va qanday nobud bo'ladi?
3 5 -§. G ‘o ‘za o ‘stirish. Qator oralarini ishlash
Yemi ekishga tayyorlash, chigit ekish davomida traktor va qishloq 
xo'jalik mashinalarining g'ildiraklari, organlar, yog'in-sochinlar tup­
roqni ancha zichlashtiradi. Bu tuproqdagi namni kapillarlar orqali
114


bug‘lanishiga, zararli tuzlarni yer yuzasiga ko'tarilishiga sabab bo‘ladi. 
Zich tuproqlarda suv, havo, issiqlik rejimi buziladi, begona o'tlar o ‘sa 
boshlaydi. Agar bu zichlik yumshatilmay, uzoq vaqt qolib ketsa, o'simlik 
zaif o'sadi, rivojlanish kechikadi, o'simlik kasallik yoki zararkunanda 
ta ’siriga uchrashi mumkin. Bulaming hammasi paxta hosildorligini ka- 
mayishiga olib keladi.
Shunday holatlar kelib chiqmasligi uchun g'o'za nihollari unib, qa- 
torlar ko'zga tashlangandayoq qator oralarini ishlashga kirishilishi kerak.
G 'o'zaning vegetatsiya davrida 4-5 marta, tuproq-iqlim sharoitiga 
ko'ra 7-8 marta ishlov berilishi mumkin.
Qator oralarini sifatli qilib ishlash uchun kultivatorlarning sek- 
siyalariga yulduzcha (ROR)lar, pichoqlar va qator orasining o'rta qismi- 
ni chuqur qilib yumshatib ketadigan KKO rusumli yumshatuvchi 
panjalar o'matiladi.
Birinchi ishlov berishda kultivator pichoqlarini g'o'zaning yon 
tomonlarini ishlash uchun tuproqqa 6-8 sm va qatoming o'rta qismini 
ishlash uchun a ’zolami tuproqqa 10-12 sm botadigan qilib o'matilishi 
kerak. G 'o'zaning har ikki tomonidan 10-12 sm dan himoya zonasi 
qoldiriladi.
Keyingi kultivatsiyalarda esa g'o'za qator oralarini yumshatish 
uchun chekkadagi ish a ’zolari 6-8 yoki 8-10 sm, qator oralari o'rta 
qismini ishlaydiganlari 12-14 yoki 13-15 sm chuqurlikka mos tarzda 
sozlanadi.
Qator oralarini yumshatishda qavatma-qavat ishlash usuli qo'llaniladi. 
Bunda qatorlaming ikki chetini yumshatadigan birinchi juft ish a’zosi 
5-6 sm, ikkinchi jufti 7-8 sm, uchinchi jufti 9-10 sm, to'rtinchisi 
esa, egatning o'rtasini 12-14 sm chuqurlikda yumshatadigan qilib 
sozlanadi.
G 'o 'z a qator oralarini sug'orishdan oldin egatlar ochiladi. Bu qa­
tor oralarini ishlash bilan birga bog'lab olib boriladi. Sug'orish egati 
qator orasining o'rtasidan olinadi. Egat ochishda g'o'za ko'chatlarini 
tuproq bosib qolmasligi kerak. 60 sm li qator oralarida g'o'zaning 
dastlabki rivojlanish davrida, ya’ni g'o'za 3-5 chinbarg chiqargan vaqt­
da egatlar 10-12 sm, shonalash davrida 14-15 sm, gullash va keyingi 
rivojlanish davrlarida 16-18 sm chuqurlikda olinadi.
Qator oralari 90 sm li qilib ekilgan maydonlardagi g'o'zani dast­
labki rivojlanish davrida egat chuqurligi 15-17 sm, keyingilarida 20-
115


25 sm bo‘ladi. Qiyaligi kuchli darajadagi yerlarda 13-15 sm chuqurlikda 
egatlar ochiladi.
G ‘o ‘za qator oralaridagi begona o'tlar kultivatsiya davomida, egat 
ochishda qirilib ketadi. Biroq ko'chatlar oralig‘idagi begona o‘tlar qo‘l 
kuchi bilan tozalanishi kerak. Buning uchun sifatli ketmon chopig‘i 
o'tkaziladi. Ketm on chopig‘i o'tkazishda har bir uyadagi g‘o ‘za 
ko‘chatlarining atrofi yumshatilib, tuprog‘i yangilanadi, mana shu 
ishlovda begona o ‘tlar ham yo‘qotiladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling