Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. G 'o 'zan i chilpish deganda qanday agrotexnik tadbir tushuniladi?
2. G ‘o ‘za o'simligida chilpish o'tkazish m uddatini belgilang.
3.. G 'o 'z a o ‘simligida chilpish ishi o ‘tkazilganidan so‘ng qanday 
o ‘zgarishlar bo'ladi?
4. Chilpilgan qismni nim a qilish kerak?
5. G 'o 'z a o ‘simligini chilpish usullarini izohlab bering.
39-§. G‘o‘za zararkunandalari va kasalliklari
Paxtakor xo‘jaliklarda g‘o ‘zani zararlaydigan zararkunandalarning 
177 turi bo'lib, bundan 156 turi hasharotlardan iboratdir.
O g'iz b o ‘shlig‘ining tuzilishiga qarab, g‘o ‘za shirasini so'radigan 
hash aro tlar b o ‘ladi. B ulam i so ‘ruvchi hash arotlar deyiladi. B a’zi 
zararkunandalar esa g‘o ‘zaning ildiz, barg, poya, shona, ko‘sak va 
gullarini kemiradi, bulam i kemiruvchi hasharotlar deyiladi.
So‘ruvchi zararkunandalarga kanalar, o'sim lik bitlari va qandalalar 
kiradi.
O'rgimchakkana. Begona o 'tlard an qo'ypechak, yasnotka, tug- 
machagullarda, daraxtlarda va ekinzorlarda uchraydi. O 'rgim chakkana
127


g 'o 'z an i kuchli zararlaydi. U barcha paxta yetishtiruvchi zonalarda 
uchraydi.
0 ‘rgimchakkana g‘o ‘za bargining orqa tom onida ham da gulyonbar- 
gida to ‘p -to ‘p b o ‘lib joylashadi. U g‘o ‘za bargining hujayra shirasini 
so‘rib ovqatlanadi, k o ‘payadi. So‘rilgan bargning ustki qismida qizil 
dog‘lar paydo b o ‘ladi, o ‘simlik kuchli zararlanganda dog'lar bir-biriga 
qo'shilib ketadi va bargning ustki tom oni qizil tusga kirib, qorayadi va 
barg to ‘kilib ketadi.
0 ‘rgim chakkana tuxumlik, lichinkalik, limfa va yetuk chormasi 
stadiyalarini o ‘taydi. Tuxumi sharsimon, lichinka va limfa esa yetuk 
kanadan kichikroq b o ‘lishi bilan farq qiladi. Lichinkasida 3 juft, nim fa 
va yetuk kanada 4 juft oyoqlar b o ‘ladi.
0 ‘rgim chakkananing rivojlanishi m art-aprelda 25-30 kun, m ayda 
15-20 kun va iyun, iyul, avgust oylarida 8-12 kun davom etadi. Bir 
yilda sharoitga qarab 12 m artadan 20 m artagacha b o ‘g‘in beradi. Bitta 
o'rgim chakkana har safar o'rtach a 40-160 ta tuxum qo'yadi, tuxum - 
dan 2-3 kunda lichinka chiqadi va 1-2 kunda ulg'ayib, limfaga aylana­
di ham da 4-5 kunda voyaga yetadi. O radan 2 kun o'tib urg'ochisi yana 
tu x u m q o 'y i s h n i b o s h la y d i. B ir m a v su m d a b i t t a u r g 'o c h i 
o'rgim chakkanadan uch yuz milliardgacha o'rgim chakkanalar tar- 
qalishi m um kin. Paxta yig'im -terim i davrida o'rgim chakkanalar to- 
morqalarga, xirm onga o'tib oladilar.
U rug'langan urg'ochi o'rgimchakkanalar qishlovni paxta dalalari­
da, uvat va ariq yoqalaridagi begona o 'tlar orasida, to'kilgan barglar 
orasida, g'o'zapo'choqlarida, kesaklar ostida, daraxtlarning к о 'chib 
qolgan po'stloqlari orasida yakka-yakka yoki to 'p -to 'p bo'lib o'tkazadi.
Qishlaydigan tusga kirib olgan dastlabki urg'ochi kanalar avgust 
boshida g 'o 'zad a paydo bo'la boshlaydi, yoppasiga ko'payishi esa, ok­
tabr oyiga to 'g 'ri keladi. K o'k o'tlardagi urg'ochi kana sarg'ish-yashil 
rangda saqlanib, noyabr oyiga qadar urchishni davom ettiradi.
Qishlaydigan kanalar sovuq tushgunga qadar ancha bardoshli bo'lib 
qoladi. Qishlab chiqqan kanalar ko'klamda harorat 5-10° ni tashkil et- 
ganda ishlov joyidan chiqib qirg'oqlardagi, uvatlardagi begona o'tlarga 
ko'chib o'tadilar va bularga tuxum qo'yishga kirishadilar. Begona o'tlardan 
daraxtlarning yangi chiqqan barglariga, u yerdan paxta dalalariga va boshqa 
ekinlarga o'tib, baiglami so'rishni boshlaydilar. O'igimchakkanalar shamol 
va suv yordamida uzoq masofalaiga yetib boradilar.
128


Bu zararkunanda dastlab ayrim joylarda to ‘p -to ‘p holda paydo bo‘lib 
qoladi. Bunday to ‘dalar ko‘pincha dalaning chetrog‘ida joylashadi. Q u­
lay sharoit bo'lishi bilan tutashib qisqa muhlatda dalani qoplab oladi. 
K uchli yog‘ingarchilikdan, havo haroratining keskin pasayishidan 
o ‘rgimchakkanalar ancha kamayadi.
0 ‘rgimchakkananing zarari hisobiga yo‘qotiladigan hosil miqdori 
ularning soni va g‘o ‘za o'simligida yashash davomiyligiga bog'liqdir. 0 ‘n 
kunlik davomida 100 ta bargda o ‘rgimchakkanalar sonining 163 taga yetishi 
(biologik zararlanish darajasi) hosilga ta’sir qilmaydi. Iqtisodiy jihatdan 
ko‘riladigan zarar darajasi zararlangan o'simlik soniga va unga qarshi kurash 
uchun ketadigan xaraiatlaming qiymatiga bog'liq. Bu daraja o‘rgimchakkana 
bilan zararlangan har 100 ta bargda paydo bo‘ladigan hasharot soni 200 
dan 575 tagacha bo‘lishi mumkin yoki daladagi hamma o ‘simlik tuplarida- 
gi har 100 barg hisobiga 40 dan 100 tagacha to ‘g‘ri keladi.
G 'o 'zalard a o'rgim chakkanalam ing koloniyalari paydo bo'lishi bi- 
lanoq yirtqich hasharotlar ham paydo bo‘ladilar, rivojlanishi tezlashadi 
va o ‘rgim chakkanalarni yeb bitirish boshlanadi. Bu jarayon har qan­
day zaharli m oddalardan yaxshi natija beradi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling