Texnologiyasi


Tuproq qatqalog‘iga qarshi kurash


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Tuproq qatqalog‘iga qarshi kurash.
Chigit ekilgandan so‘ng, 
yog‘ingarchilik bo ‘lib, ba’zida kuchli yomg‘ir yog'ishi hisobiga tup­
roqning ustki qatlamida qatqaloq hosil bo‘ladi. Qatqaloq 2-4 sm gacha 
bo‘lishi kuzatilgan.
Qatqaloq qatlam dan suv o ‘tkazuvchanligi yomonlashadi, tu p ­
roqdagi kapillar yo'llar ochilib, namlik bug‘lanishi tezlashadi.
Qatqaloq g‘o ‘za nihollarining unib chiqishiga xalaqit beradi, hatto 
nihollar butunlay chiqmasligi, qatqaloq ostida bujmayib qolib ketishi 
mumkin.
Agar nihollar unib chiqqandan so‘ng qatqaloq paydo bo'lsa, ni- 
hollaming o'sishi va rivojlanishini susaytiradi. Ular qurib qohshi yoki 
kasallikka chalinishi mumkin. Natijada ko‘chat qahnligi kamayib ketadi.
Chirindili tuproqlarda qatqaloq kamroq bo'ladi. Sug‘oriladigan och 
tusli tipik bo'z tuproqlar, cho‘1 zonasining taqir, taqirsimon, och 
tusli qo‘ng‘ir va o ‘tloq tuproqlarda yomg'irdan so‘ng qatqaloq paydo 
bo‘ladi. Eskidan sug‘orib kelingan og‘ir qumoq, och tusli b o ‘z tup- 
roqli yerlarda qatqaloq eng kuchli bo'ladi.
Qatqaloq 1-2 kun ichida zudlik bilan yumshatilishi kerak bo'ladi.
Nihollar unib chiqmay turgan paytdagi qatqaloqni yengil bo- 
ronalar bilan qatorlarga nisbatan ko'ndalang yo'nalishda boronalash 
yaxshi natija beradi.
Nihollar unib chiqqan paytdagi qatqaloqni rotatsion motigalar 
(yulduzcha g'ildirakka o'xshash) bilan yumshatish zarur.
Yerga go'ng solish bilan tuproqda organik modda ko'payadi va bun­
day tuproq qatqaloqqa chidamli bo'ladi.
Chigit ekilgan maydonda to'liq ko'chatlar yaratish uchun chigit­
lar unmay qolgan qatorlar, uyalar, o'qariq, ekish davrida seyalka 
o'tilmagan (karta qirg'og'ida) joylarga urug' ekilib to'ldiriladi. Chigit 
ola unib chiqqan joylarga ekishda ham urug' bir xil nav bo'lib, dori- 
langan, yaxshilab nam lanib, qism an undirib olingan u ru g 'lar 
tuproqning namiga, juda qisqa fursatda bajarilishi kerak. Negaki, keyin- 
gi ekilgan urug'lardan unib chiqqan g'o'zalar rivojlanishdan kechik- 
masligi kerak. Ob-havo noqulay kelishi hisobiga loyqa bosib qolsa, 
havo sovib, nihollar ko'karmay qoladigan bo'lsa, mutaxassislar masla- 
hati bilan chigit qayta ekilishi mumkin.
8-184
113


G ‘o‘za tuplarining tez rivojlanishi va keyinchalik m o'l paxta hosili 
yetishtirilishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri nihollami yaga- 
nalashdir.
Yaganalashda ortiqcha ko‘chatlar yulib tashlanadi. Bu ish qisqa 
muddatda (5-6 kunda), sifatli o'tkazilishi kerak. Yaganalash kechik- 
tirilsa, paxta hosilini kamayishiga olib keladi. Yaganalashning eng qu- 
lay payti nihol unib chiqqan (2 ta urug‘bargi bor) davridir.
Chigit qatorlab ekilganda yaganalash 60 sm lida 1 m masofada 8-9 
tupdan, 90 sm lida 1 m masofada 10-12 tupdan ko'chat qoldirilishi 
kerak. Bundan gektariga 100-120 ming dona ko'chat qolgan bo'ladi. 
Shuningdek, qaysi sxemada ekilishiga qarab, har bir uyada talab etil­
gan ko'chat qoldiriladi.
Yaganalash qo'l mehnati bilan bajarilganda sifatli bo'ladi, yaga­
nalashda har bir uyadagi bir nechta ko'chatlardan nimjonlari yulib 
tashlanib, sog'lom, baquwat ko'chatlar qoldiriladi.
Ishchi kuchi kam bo'lgan sharoitda yaganalash nihollar ko'zga 
tashlangan paytda boronalar tirkalgan traktor qatorlarga nisbatan 
ko'ndalangiga yurgizilib, bajariladi.
K o'chat qalinligi. Har bir gektardagi to'liq ko'chat m o'l hosilga 
zamindir. Ko'chat qalinligini belgilash tuproqning sho'rlanish dara­
jasi, tuproq unumdorligiga va g'o'za navining xususiyatlariga bog'liq 
bo'lib yuqorida qayd etilgan.
G 'o'za parvarishi davomida; kultivatsiyada, o'g'itlashda, zararkunan- 
dalarga qarshi kurashda zararlanish va boshqa sabablar bilan ko'chatlar 
soni 10-15 mingtaga kamayib ketadi. Shuning uchun ham, ko'chat 
to'liq bo'lishi kerak.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling