Nazorat savollari
1. Kultivatsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Kultivatorlaming a’zolarini sozlashni bilasizmi?
3. Himoya zonasi nima?
4. Birinchi kultivatsiya qachon o ‘tkaziladi?
5. Nega oxirgi kultivatsiyalar sayozroq o ‘tkaziladi?
36 -§ . G‘o ‘zani o ‘g ‘itIash mc’yori, muddati va usullari
0 ‘g ‘itlash m e ’yori.
Paxtadan yuqori hosil yetishtirish uchun tup
roq tarkibidagi organik o ‘g‘itlar, tuproqdagi harakatchan N.P.K.
o ‘g‘itlari yetarli bo‘lmaydi. Ayniqsa, sug'oriladigan bo‘z va dasht tup
roqlarida g‘o ‘za o'stirish uchun tuproq mineral va mahalliy o‘g‘itlar
bilan yetarli ta ’minlanishi kerak.
G ‘o ‘za o'stirish tajriba shoxobchalarida olib borilgan izlanishlar
asosida ilg'or agrotexnikalami qo'llanilishi bilan har gektar yerga 200-
300 kg azot va 150-210 kg fosfor solish hisobiga 35 s va undan yuqori
paxta hosili yetishtirish mumkin.
0 ‘g‘itlash m e’yori tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdoriga,
g‘o‘za turi va naviga hamda olinadigan hosildorlikka bog‘liq bo'ladi.
0 ‘sish davrida gektariga 100-120 kg azot va 50-60 kg fosfor ishlatish
mo‘ljallangan bo‘lsa, azotli o‘g‘itlar birinchi marta shonalash oldidan,
ikkinchisi gullayotgan paytda berilishi m a’qul. Fosforli o ‘g‘itlar esa,
bir marta gullash oldidan yoki gullayotganda beriladi. Azotli o ‘g‘itlar
ko‘p bo‘lsa, uch davrga bo‘linib beriladi, ya’ni 2-3 tadan chinbarg
chiqarganda, shonalay boshlaganda va gullaganda. Ikkinchi oziqlanti-
rishda azotli o‘g‘itga kaliy tuzini qo‘shib beriladi. Fosforli o'gitning
qolgan qismini ikkiga bo‘lib, g‘o‘za 2-4 chinbarg chiqarganda va gullay
boshlaganda beriladi.
116
14-jadval
Tuproq-iqtim sharoitiga qarab gektariga 30-35 s dan paxta hosili
olish uchun o ‘rtacha
0
Do'stlaringiz bilan baham: |