Texnologiyasi


 -§ . Kemiruvchi zararkunandalar


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

40 -§ . Kemiruvchi zararkunandalar
Kuzgi tunlam. Keng tarqalgan, barcha g 'o 'za o ‘stiriladigan may- 
donlarda uchraydi. G ‘o ‘za, beda, qand lavlagi, makkajo'xori va shun- 
ga o'xshash o'sim liklam i zararlaydi. Shuningdek, ular qo'ypechak, 
yow oyi gultojixo'roz, olabo'ta kabi begona o 'tlar bilan oziqlanadi.
Kuzgi tunlam (ko'k qurt) unib chiqayotgan chigitni shikastlay- 
di, urug'barglarini kemiradi, yosh niholning ildizlarini yoki ildiz b o 'g 'zi 
yaqinidagi poyalarini, b a ’zan yer ustki qism ini butunlay kem irib 
yeydi.
Kuzgi tunlam tuxum, lichinka, g'um bak va kapalaklik bosqichlari- 
dan o 'tib rivojlanadi. Lichinkalik davri voyaga yetganda paxta dalalari- 
da, uvatlarda, yo'l yoqalarida, bedapoyalar va shu kabi joylarda 5-15 
sm chuqurlikda qishlaydi, m art-aprel oylarida tuproq ostida, 3-10 sm 
chuqurlikda g'umbakka aylanib, uch-to'rt haftadan so'ng g'um baklardan 
kapalaklar uchib chiqadi. U rg'ochi kapalaklar uchib, o'sim liklar siyrak 
o'sgan ham da oftobga qaragan o'sim lik barglariga, hazon ustiga
ko'saklarga bittadan yoki to 'd a - to'd a qilib tuxum qo'yadi. Tuxum ni 
asosan kechasi qo'yadi. Kapalak holida 20 kundan ortiq yashaydi, bu 
davrda 2000 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxum dan 3-7 kun ichida to 'q
kulrang lichinkalar chiqadi va darhol o'sim lik barglarining orqa to- 
moniga yopishib, baig bilan oziqlanadi, so'ngra tuproqqa tushib, kecha- 
lari tuproq yuziga chiqadi va oziqlanadi. Lichinka holida 30 kundan 40 
kungacha yashab, besh m arta po'st tashlaydi, keyin g'um bakka ayla­
nadi. G 'um baklar ikki-uch hafta davomida kapalakka aylanadi. Bu b i­
lan ikkinchi b o 'g 'in berish boshlanadi. Asosan uch m arta (bahorda, 
yozda va kuzda) b o 'g 'in beradi. Birinchi b o 'g 'in lichinkalar g'o 'zan i 
k o 'proq zararlaydi.
Kurash choralari.
1. 
Y em i kuzda shudgorlash, yaxob berish, begona o'tlarga qarshi 
kurashish, g 'o 'z a qator oralarini sifatli ishlash ham da yo'l yoqalari va 
uvatlardagi begona o'tlarni yo'qotish.
131


2. Chigit ekishdan aw al tekshirilgan dalalam ing 10% dan olingan 
20 ta nam unada ikkitadan (har m2 da 0,4ta) qurt yoki g‘um bak bor- 
ligi aniqlansa, har tonna chigit 10-12 kg fentiuram bilan ishlanadi.
3. G 'o 'z a maysalari ko'zga tashlangandan so‘ng 20 ta nam unada 
bir-ikkitadan lichinka borligi, ya’ni o'sim likning 2-3%i zararlangan- 
ligi aniqlansa, gektariga 80 % li xlorofosdan 1,5-1,8 kg sepiladi yoki 
gektariga 20 kg ho'llanadigan 12 % li geksaxloran, gam m azom er 
poroshogi bilan changlatiladi yoki tuproq ustiga 4% li donador preparat- 
lardan 50 kg sepiladi.
4. Dalada katta yoshdagi qurtlar g'o 'zani zararlayotganligi aniqlan- 
gan taqdirda har gektar ekin maydoniga hisobiga 60 kg kunjara 3 kg 
xlorofos bilan zahar tayyorlab, sepiladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling