Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi


Download 185.15 Kb.
bet15/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji to‘g‘risida xabardor qilish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan xorijiy davlatlarning mas’ul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelishlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok bo‘lgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish.
Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va proffesional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” lari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonida hayot xavfsizligi asoslarini o‘rgatishni tashkil etish choralarini ko‘rish.
O‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling