Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S


Download 185.15 Kb.
bet6/89
Sana20.12.2022
Hajmi185.15 Kb.
#1036539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

savollari.
1. Halokatlarni tasnifi.
2. Favqulotda vaziyatlarni tavsifi.
3. Favqulotda vaziyatlarda davolash - evakuatsiya ta'minotini tashkillashtirish. halokatlar tibbiyoti xizmati vazifalari.
4. Tibbiy saralash. Halokatlarni xususiyatlari. Saralash guruhlari.
5. Tibbiy saralashni muammolari. Saralash tibbiy yordam hajmi va turini aniqlaydi.
6. Tibbiy saralashni turlari va usullari.Tibbiy saralashni evakuatsion tartibi. Tibbiy saralash brigadasi tarkibi.
7. Shikastlanganlarni tibbiy evakuatsiyasi. Halokatlar vaqtida shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish.
8. Birinchi tibbiy yordam. Vrachgacha tibbiy yorda

O‘zbekiston Respublikasida favqulotda vaziyatlar xizmatini tashkil qilish. Favqulotda vaziyatlar vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining favqulotda vaziyatlar bo‘yicha vazifalari. Ma’lumotlar markazini tashkil
qilish.

[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda — FVDT) to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsinlar (ishlab chiqsinlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.

Download 185.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling