Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish reja


Download 25.82 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi25.82 Kb.
#1452756
1   2   3
Bog'liq
.Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish.

Ishlarni bajarish

Kuchlanishi 1000 Vdan yuqori qo‘lprivod anajratgich (raz’edinitel), uzgich
(otdelitel) va o‘chirgich (vыklyuchatel) uskunalarini o‘chirish va yoqishdadi
elektrikdan qo‘lqopdan foydalanish kerak. Saqlagich qo‘yish va olishda ushbu
tarmoqdan kuchlanishni olish shart.

Kuchlanishni olib tashlovchi kommutatsion apparatlar o‘rnatilmagan elektr


qo‘shilmada, saqlagichni kuchlanish ostida olish va qo‘yish, shu tarmoqqa ulangan
iste’molchi o‘chirilgan taqdirda ruxsat etiladi.
Ikkilamchi zanjir va yoritis htarmoqlarida, kuchlanisht ransformatorida
saqlagichni quvvatni olmasdan va kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat etiladi.
Kuchlanish ostida saqlagichni almashtirish kerak bo‘lib qolsa, quyidagi himoya
vositasidan foydalanish zarur: 1000 V kuchlanishdan yuqori bo’lgan elektr
uskunadagi elektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagini qo‘llagan holda ombir
(shtanga)-dan; 1000 V kuchlanishgach abo‘lgan elektr uskunada izolyasiyalanga
nombir yoki dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan foydalaniladi;
Kommutatsion apparatlar bilan jihozlanmagan 1000 V kuchlanishgacha
bo‘lgan shchit va yig‘ilmalarda o‘rnatilgan saqlagichlar (predoxranitellar) ustmaust, fazalar vertikal joylashgan bo‘lsa, saqlagichni olish va qo‘yish
iste’molchidan quvvatni olmasdan turib, kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat
etiladi. Bunday paytda ko‘zni himoya qilish vositasi o‘rniga yuz (bet)-ni himoya
qilish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ish olib borilayotgan elektr uskunahujrasidan tashqari, xonada qolgan
barcha xona, hujra, shchit va yig‘ilmalarning eshiklari qulflangan bo‘lishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna (yopiq komplekt, ochiq taqsimlovchi elektr uskunaning xona va hujralari), hamda 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna tashqarisida joylashgan 1000 V kuchlanishgachabo‘lgan shchit va elektr uskuna shchit va bo‘lmagan elektr uskunalarida kalitlar ma’muriy-texnik xizmatchi hisobida bo‘lishi mumkin.
Har bir kalit nomerlangan bo‘lishi darkor. Kalitlarning bir komplekti
zaxirada saqlanishi shart. Kalitlar tilxat bilan quyidagi xodimlarga berilishi kerak:
- yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga—barcha xonalarning kalitlari;
- tezkor-ta’mirlovchi xodimlar ichidan ajratilgan ishlashga ijozat beruvchi shaxsga, ish rahbari va ishboshiga, nazorat qiluvchiga—faqat ish olib borilishi uchun ajratilgan xona kaliti beriladi.
Har kuni ish tugagandan so‘ng va elektr uskuna ko‘rib chiqilgandan keyin kalitlar albatta qaytarib topshirilishi keraq Navbatchi bo‘lmagan elektr uskunada ish olib borilganda ushbu elektr uskuna joylashgan xona kaliti, ko‘rib chiqilgandan yoki ish batamom tugallangandan so‘ng, uzog‘i bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan topshirilishi kerak.
Elektr uskuna joylashgan xona kalitini uzoq muddatga berish elektr
tarmog‘i korxonasining taqsimlovchi elektr uskunalarida tezkor o‘chirish-yoqish huquqiga ega bo‘lgan iste’molchi xodimiga hamda yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan navbatchiga, tezkor — ta’mirlash va ma’muriy-texnik
xodimlarga berish zaruratini korxona bosh muhandisi belgilaydi.
Kalitni olish va qaytarish jarayoni istalgan shakldagi ish jurnali yoki tezkordispetcherlik jurnallarida qayd qilinishi kerak.
Elektr tokiga tushib, jarohatlanganni qunqarish uchun elektr uskunadan
kuchlanishni olish ruxsatsiz bajarilishi mumkin.
Qisqa muddatli, uzog‘I bilan 1 soatgacha davom etadigan ishlar farmoyish
bilan ta’mirlash xodimi, navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi nazoratida
hamda navbatchining yoki tezkor-ta’mirlash xodimlarning o‘zi bajarishiga ruxsat beriladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
— kabel, sim, shinalarni elektrodvigatel va boshqa uskunalardan bo‘shatib ajratish yoki ulash;
— taqsimlash uskunadagi releli himoya, avtomatika, telemexanika, aloqa, shu jumladan yuqori dav rtezlikli himoya va aloqa filtrlari uskunalaridagi ishlar;
— 0,4 kV kuchlanishli havo elektr tarmog‘ini, hamda hamma kuchlanishli kabel elektr tarmog‘ini ulash va bo‘shatib ajratish, fazirovka qilish, kabel elektr
tarmog‘ini uzilgan yoki uzilmaganligini tekshirish, transformatorda o‘rnatilgan kuchlanishni oshirish va kamaytirish shaxobchalarini burash, moy o‘lchagich oynasini va ayrim yakka izolyatorlarni artish, transformator moyini quyish va tekshirishga olish, transformator moyini quritish va tozalash uchun o‘rnatilgan asboblarni ulash yoki bo‘shatib ajratish, havo bilan ishlaydigan o‘chirgichdagi manometrni almashtirish, elektr uskunadagi tok o‘tkazuvchi qismlarni qizishi va titrashini o‘lchash, elektr o‘lchov ombirlari bilan o‘lchash, elektr uzatish
tarmog‘iga tushib qolgan begona narsalarni olib tashlash, havo elektr uzatish tarmog‘I simiga qulagan daraxt, shox-shabba va boshqalarni olib tashlash;
— elektr uskunani dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositasi, issiqlik avtomatikasi va o‘lchovchi uskunasi va kanallarini mo‘‘tadil ishlashiga xavf tug‘diruvchi, iste’molchini mo‘‘tadil elektr energiya bilan ta’minlashga xavf soluvchi yoki shunday nosozliklar sodir bo‘lganda ularni bartaraf qilish uchun kerak bo‘lgan zarur ishlar.
4.3.1.band-da qayd etilgan ishlarni bajarish uchun ishchilar soni nazorat qiluvchi xodim bilan birgalikda 3 kishidan oshmasligikerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunada ishlaganda ish bajarayotgan yoki nazorat qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimning kattasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga, 1000V kuchlanishgacha bo‘lgan elektruskunada ish bajarishda III gruppaga ega bo‘lishi kerak. Brigadaning qolgan
a’zolari III gruppagaega bo‘lishlari kerak. Iste’molchi ulangan elektr uzatish tarmog‘ida ishlanganda ishga iste’molchi xodimi ham jalb qilinishi mumkin.
Ish boshlashdan oldin ochiq taqsimlovchi uskunalarda ish joyini arqon bilan urash dan tashqari ishjoyini tayyorlashgaoid barcha texnik tadbirlar amalga oshirilishi keraq Bunday hollarda ochiq taqsimlovchi elektr uskunada ish joyini arqon bilan o‘rash majburiye mas.
—bandda qayd etilgan ishlarni bajarish 1 soatdan ko‘p vaqt yoki 3 kishidan ortiq ishchi talab etsa, u holda ushbu ish naryad bilan bajarilishi kerak.



Download 25.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling