Tezlik bilan gorizontga 60


Download 38.5 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi38.5 Kb.

1-variant

  1. Sportchilar 20m li kolonna bo’lib, bir xil 3 m/s tezlik bilan harakat qilmoqda. Qarama-qarshi yo’nalishda murabbiy 1 m/s tezlik bilan yugurib kelmqoda. Murabbiy bilan uchrashgan har bir sportchi ortiga oldingi tezlik bilan qaytib ketmoqda. Barcha sportchialar burilib olganidan keyin kolonna uzunligi qanday bo’ladi?

  2. Erkin tushayotgan jinsmning o’ninchi sekundga o’tgan yo’li, undan oldingi sekundda o’tgan yo’lidan necha metrga ko’p ekanligini aniqlang. Jismning boshlang’ich tezligi nolga teng.

  3. 40 m/s tezlik bilan gorizontga 600 burchak ostida uchirilgan raketaning ko’tarilish balandligini toping. g=10 m/s2

  4. Gorizontal polda yotgan 4 kg massali taxta ustida 1 kg massali brusok turibdi. Taxta va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2, taxta va pol orasida esa o,4. Brusok taxta ustidan sirpanib chiqib ketishi uchun taxtaga qanday minimal gorizontal kuch qo’yish kerak? g=1040 m/s tezlik bilan gorizontga 300 burchak ostida uchirilgan raketaning ko’tarilish balandligini toping. g=10 m/s2

  5. Massasi 2t bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 100 m qavariq ko’prik ustida 72 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Mashina ko’prik markazidan o’tayotib, uni qanday kuch bilan (kN da) bosadi? g=10 m/s2

2-variant

  1. Koptok 3 m baladlikdan tushib, poldan sapchidi va 1 m balandlikka ko’tarilganda turib olindi. Koptok o’tgan yo’l uning ko’chish modulidan necha marta katta?

  2. Jism tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatlanyapti. Uning ikkinchi sekundda o’tgan yo’li birinchi sekundda o’tgan yo’lidan necha marta katta?

  3. 40 m/s tezlik bilan gorizontga 150 burchak ostida uchirilgan raketaning uchish uzoqligini toping. g=10 m/s2

  4. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga massalari 300 va 200 g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Yuklar qanday tezlanish bilan harakatlanadi? g=10 m/s2

  5. Doimiy kuch ta’sirida harakatlana boshlagan 6 kg massali jism birinchi sekundda 15 m yo’l o’tdi. Kuchning miqdorini aniqlang.

3-variant

  1. Piyoda yo’lni 4,2 km/h tezlikda, yo’l yo’nalishi bilan 300 burchak hosil qiluvchi to’g’ri bo’ylab bir minut davomida kesib o’tdi. Yo’lning kengligini aniqlang.

  2. Qayiqning suvga nisbatan tezligi 4 m/s va qirg’oqqa tik yo’nalgan, daryo oqimining tezligi esa 3 m/s. Qayiqning qirg’oqqa nisbatan tezligini toping.

  3. 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, jism o’z tezligini 60m yo’lda 4 martaga oshirdi. Jismning boshlang’ich tezligini toping.

  4. 4 va 5 kg massali, ip orqali bog’langan ikki yuk ularning biriga qo’yilgan 27 N gorizontal kuch ta’sirida silliq stol ustida harakatlanmoqda. Yuklarning tezlanishini toping.

  5. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga massalari 2 va 8 kg bo’lgan yuklar mahkamlangan. Ipning taranglik kuchini toping. g =10 m/s2

4-variant

  1. Mototsiklning tezligi 54 km/h, qarshi esuvchi shamolning tezligi esa 3 m/s. Mototsiklchi bilan bog’langan sanoq sistemasida shamolning tezligi qanday?

  2. Avtomobilning to’liq to’xtaguncha tormozlanishiga 4 s vaqt ketdi va bunda uning tezlanishi 4 m/s2 edi. Tormoz yo’lini toping.

  3. Tinch holatidan boshlab 6 m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan raketa 75 m yo’lda qanday tezlik oladi?

  4. 1kg massali jism gorizontal tekislikda joylashgan. Jismga 2 N gorizintal kuch ta’sir qiladi. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,3 bo’lsa, ishqalanish kuchini aniqlang.

  5. Qo’zg’almas o’qqa ega bo’lgan blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga massalari 300 va 200 g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Yuklar qanday tezlanish bilan harakatlanadi? g=10 m/s2


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling