Tg’r Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni
Download 89.99 Kb.
|
3-maruza
Identiv o’quv maqsadi:
Shaxsning ustanovkalarini ta’riflaydi. Shaxsning muhim orientatsiyalarini talabalarga tushuntiradi. Shaxsning ustanovkalarini ishlab chiqadi va o’rganadi. Uchinchi savolning bayoni: O’ziga-o’zi baho berish - shaxsning o’zi tomonidan o’ziga, o’z imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o’rniga baho berilishidir.O’ziga-o’zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to’g’rilanib, tartibga solib turiladi. kishi o’zi haqida ba’zi narsalarni allaqachon bilgani holda boshqa kishiga razm solib boradi, o’zini u bilan solishtirib ko’radi, u ham uning shaxsiy fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola olmaydi, deb taxmin qiladi; ana shularning hammasi shaxsning o’ziga o’zi baho berishiga kiradi va uning psixologik kayfiyatini belgilaydi. Psixologiyada kishining o’ziga o’zi beradigan bahoni, uning miqdoriy va sifatiy ta’rifini aniqlashning bir qator eksperimental metodlari mavjuddir. Shaxsga beriladigan baholar sistemasiga uchta ko’rsatkich - o’ziga o’zi baho berish, kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholanishi - shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xohlaydimi-yo’qmi, bundan qat’i nazar,u o’zining guruhdagi kayfiyatini,o’zi erishgan natijalarning muvaffa qiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini, o’ziga va tevarak-atrofdagilarga nisbatan nuqtai nazarlarni belgilaydigan sub’ektiv vositalarni hisobga olishga ob’ektiv ravishda majburdir. O’ziga-o’zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan chambarchas bog’liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o’ziga o’zi beradigan bahoning individ o’z oldiga qo’yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari darajasida namoyon bo’ladigan kutilgan darajasi ("Men" siymolarining darajasi) dir. Kishi navbatdagi harakatning qiyinchilik darajasini bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan paytda o’ziga-o’zi beradigan bahoni oshirib yuborishga intilish ikkita tendentsiya o’rtasida mojaro kelib chiqishiga sabab bo’ladi: bir tomondan eng ko’p yutuqqa erishish uchun intilishni kuchaytirib yuborishga harakat qilinsa, ikkinchidan muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun intilishlarni kamaytirishga harakat qilinadi. Shaxsning psixologik muxofazasi. Shaxsning o’zini anglashi o’ziga o’zi baho berishi mexanizmini qo’llagan holda xususiy intilishlar va real yutuqlari o’rtasidagi o’zaro nisbatni aniq qayd etadi. Amerikalik psixolog U.Djems o’zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs "Men"i siymosining eng muhim tarkibiy qismi-o’zini hurmat qilishi xaqiqatdan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo’ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to’g’ri fikr bildirgan edi. Kishi o’z faoliyatida qiyinchiliklar oldida bo’sh kelmasligi, aksincha o’zining irodaviy fazilatlari va matonatliligini namoyon qilgan hamda shu orqali muvaffaqiyat bilan real intilishlar o’rtasidagi o’zaro maqbul nisbatini saqlab qolgan holda ularni engishi kerak. Bu psixologik qulaylikning buzilishi. Psixologik muhofaza tushunchasiga yaqin "muhofaza mexanizmlari" to’g’risidagi tushunchani psixoanaliz maktabining etakchisi Freyd ishlatgan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan, shahvoniy hirs) ongli "Men"ning "muhofaza mexanizmlari", shaxsning "ichki tsenzurasi" bilan to’qnashib qoladi va buning natijasida turli xildagi o’zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilgan. Download 89.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling