The Article


Download 77.5 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1458929
Bog'liq
article11


The Article.

Artiql ot oldiga qo’yiladigan qo’shimcha bo’lib o’zi mustaqil tarjima qilinmaydi. U otni aniq yoki noaniqligini ifodalaydi. Ingliz tilida 2 ga bo’linadi .


1. The Indefinite Article - Noaniq artikl.


2. The Definite Article - Aniq artikl .
N o a n i q A r t i k l
Bu artikl “one” sonidan kelib chiqqan bo’lib keyinchalik a, an ko’rinishlariga kelgan. Oldin bir deb tarjima qilingan , lekin hozir tarjima qilinmaydi. Birlikdagi sanaladigan ot oldidan ishlatiladi .
Eslatma.
A – undosh tovushlar oldidan ishlatiladi eg: a university a NATO
An – unli tovushlar oldidan ishlatiladi eg: an hour an FBI

1) Tinglovchiga nomalum bo’lgan ot haqida gapirilsa .


eg: I have a book. He has a dog . Menda kitob bor .Unda it bor.
2) There is /was iborasi bilan birlikdagi ot ishlatilsa
eg: There is a man in the street.
3) What so’zi bilan boshlangan his hayajon gaplarda birlikdagi ot ishlatilsa.
eg: What a beautiful garden ! Qqnday chiroyli bog’!
Lekin ot ko’plikda bo’lsa artikl ishlatilmaydi
eg: What beautiful gardens ! Qanday chiroyli bog’lar.
4) Biron bir shaxsni kasbi ko’zda tutilsa yoki narsa haqida umumiy ma’lumot berilsa noaniq artikldan foydalanamiz .
eg: He is a doctor. U doctor.
It is a book , Bu kitob.
5) Masofani miqdorni vaqtni ifodalovchi otlar oldidan noaniq artikl ishlatilab “bir” deb tarjima qilinadi.

a hundred – yuz
a thousand – ming
a quarter – chorak
a half – yarim
an hour – bir soat
a year – yil
a kg –kilogram

6) Agar birlikdagi sanaladigan ot oldidan sifat kelsa artikl sifatdan oldin qo’yiladi.
eg: This is an interesting book. Bu qiziqarli kitob.
This is a book . Bu kitob.
7) Agar gapda “certain” so’zidan keyin ot kelsa undan oldin hardoim noaniq artikl ishlatiladi.
eg: He is a certain Mr Brown. U aniq Mr Brown.

8.Ismlar oldidan ham noaniq artikl ishlatamiz. Agar biz u odamni kimligini bilmasak


eg: There is an Anvar asking you .Sizni Anvar degan biro dam so’rayapdi.

9) Bir guruhga mansub ot o’sha guruh nomidan birlikda gapirilsa noaniq artikl bilan ishlatilib harbir deb tarjima qilinadi


eg: A pupil must go to school . Har bir o’quvchi maktabga borishi shart.
A room has four сorners. Har bir xonaning to’rt burchagi bor.

10.) Quyidagi birikmada sifatdan keyin sanaladigan ot kelsa har doim noaniq artikldan foydalanamiz


Such
Quite + a + sifat + ot
Rather
He is such a good boy. Ushunaqangi yahshi bola.
It is rather a difficult exercise . Bu ancha qiyin mashq.

11) Ovqat turlari ( breakfast , lunch , dinner, supper ) oldidan sifat kelsa noaniq artikl ishlatamiz. Agar sifat bo’lmasa artikl ham tushib qoladi.


eg: He had a good breakfast y-y. U kecha yahshi nonushta qildi.
He had breakfast y-y. U kecha nonushta qildi.

12) Kun hafta fasl oy nomlari oldidan sifat kelsa ham noaniq artikldan foydalanamiz


eg: It is a cold day today. Bugun havo sovuq.

Lekin quyidagi sifatlar kelsa artikl ishlatilmaydi





Late – kech .
Early – erta
Broad – keng
High – baland
Real – haqiqiy

It is late October now. Hozir kech Oktabr
13) Tartib sonlar oldidan noaniq artikl iahlatiladi agarda u navbatdagi keyingi degan ma’nolarda kelsa.
eg: A third man entered the room. Keyingi uchinchi odam xonaga kirdi.

Eslatma.
Mavxum va ko’plikdagi otlar oldidan noaniq artiql ishlatilmaydi


14) so ,too + sifat + a +ot.
It is not so simple a problem . Bu shunaqangi sodda muammo emas.
15) Ta`til so`zlari bilan: on a trip, on a cruise, on a voyage kabilarda: lekin On holiday
For a holiday ga e`tiborli bo`lish kerak
16. Taxminan ma`nosida a yoki an ishlatiladi: The area of Uzbekistan is a 447,7 square kilometers.
17) as so`zidan keyin SBO kelsa ishlatiladi. I worked as a driver for 20 years.
18) a, an +period/population/ distance/salary/height +of +sanoq son
He wasn`t in the city for a period of ten days.

Noaniq artikl bilan ishlatiladigan holatlar.




a few – bir oz
a little – bir oz
a lot of – ko’p
a great number of- ko’p
a number of- ko’p
a good deal of- ko’p
a great deal of – ko’p
a good many –ko’p
a great many- ko’p
to be at a loss – qiynalmoq
at a speed of – tezlikda
as a result of – natijada
at a time – bir vaqtda
at a time when – vaqtida. mahalda
on a large scale – katta hajmda
all of a sudden – to’satdan
to go for a walk – sayr qilmoq
it is a pity – afsus
as a matter of fact – haqiqatda
to have a good time – vaqtini yaxshi o’tkazmoq
for a short (long) time – qisqa ( uzoq ) vaqt davomida
to have a mind – moqchi bo’lmoq
in a loud (low) voice – qattiq (past) ovozda
to be in a position – holatda bo’lmoq
to have a look – qaramoq
to have a baby – tug’moq
to have a party – ziyofat bermoq
to have a swim – cho’milmoq
to have a chat – suhbatlashmoq
to have a nice time- vaqtini yaxshi o’tkazmoq
to have a good flight- yaxshi parvoz qilmoq
to have a cold – shamo llamoq
to have a bath, shower – vanna,dush qabul qilmoq
to have a rest – dam olmoq
to have a drink – ichimlik ichmoq
to have a cigarette – sigaret chekmoq
to have a heart attack – yuragi xuruj qilmoq
to have a headache – bosh og’rimoq
to take a seat – o’tirmoq
to have a toothache – tishi og’rimoq
to have a boile on one’s hand – chipqon chiqmoq
in a hurry – shoshilmoq
to have a bruit – oyog’i lat yemoq
to have a sore throat – tomog’i og’rimoq
a piece of advice – maslahat
call a spade a spade – o’z nomi bilan atamoq
to take a nap – mizg’ib olmoq

Artikl ishlatilmaydigan holatlar





at night – tunda
at home – uyda
at sunset – kun botarda
at peace – tinchlikda
at war – urushda
by air – havoda samolyotda
at table – stolda
to be in town – shaharda bo’lmoq
to go to bed – o’rinda yotmoq
to be in bed – to’shakda bo’lmoq
by land – quruqlik orqali
by post (air, e – mail ) – pochta, havo, pochtasi orqali.
by mistake – xato qilib
by order of – ning buyrug’i orqali
at dinner (breakfast) – tushlikda
on demand – talabi bilan
in fact – aslida, darhaqiqat
in debt – qarzdan
day and night – kecha va kunduz
by day – kunduzi
by name – nomi bilan
at work – ishda
by means of - … ning vositasida
at first sight – birinchi qarashda
in time – vaqtida
by tram(train, boat, bus) – tramvayda.poezda,qayiqda,avtobusda
in demand – talabi katta bo’lgan
to go to school – maktabga bormoq
at school – maktabda o’qishda
in sight – ko’rinishda
to go to town – shaxarga bormoq
by sea – dengiz orqali
in conclusion – natijada
by water – suv orqali
on board a ship – kema bortida
by heart – yoddan
by chance – tasodifan
on sale – sotuvda
day after day – kundan kun



A n i q a r t i k l -The Definite Article.
Aniq artikl the “that” olmoshidan kelib chiqqan bo’lib “o’sha” degan ma’noni ifodalab keyinchalik the k’orinishiga kelgan hozir tarjima qilinmaydi. Aniq bo’lgan otlar oldidan ishlatiladi

Ishlatilish holatlari


1) Gap mazmunidan aniq bo’lgan otlar bunga asosan buyruq gaplar kiradi. eg: Read the book. Kitobni o’qi.


Open the window. Derazani och.

2) Suhbat davomida qayta ishlatilgan ot oldidan


eg: I have a book. The book is on the table
Menda kitob bor .Kitob stol ustida.
3) Tartib sonlar oldidan “the” ishlatamiz the first, the second.
Lekin bular oldidan “at” predlogi yoki egalikning A shakli kelsa ishlatilmaydi .
at first sight, my second year.

4) Dunyodagi tanho otlar oldidan ishlatilardi


eg: the moon ,the earth, the sun, the world .
Lekin sayyoralar oldidan ishlatilmaydi. Mars Pluto… Lekin . The Planet of Mars.

5) Dunyo tomonlari oldidan ham aniq artikl ishlatiladi


The south – janub The east – sharq
The north – shimol The west – g’arb
Agar bular sifat vazifasida kelsa the tushib qoladi.
Western-g’arbiy, eastern-sharqiy…

Quyidagi maqol va iborada ham artikl ishlatilmaydi .


East or west home is best. O’z uying o’lan to’shging.
from east to west -sharqdan g’arbga
6) Familiya oldidan ham “the” ishlatimiz. Familiya ko’plikda bo’ladi va butun bir oilani ifodalaydi
eg:The Karimovs went to London .
Karimovlar oilasi Londonga ketishdi

7 ) Otlashgan sifatlar oldidan “the” qo’yamiz tarjimasi ko’plikda bo’ladi.



the rich – boylar
the poor – kambag’allar
the old – qarilar
the youth – yoshlar
the bald – kallar
the blind – ko’zi ojizlar
the injured – jarohatlanganlar
the wounded – yaradorlar
the employed – ishchilar
the unemployed – ishsizlar
the disabled – nogironlar
the dead – murdalar
the sick - kasallar
the elderly –yoshi kattalar

Lekin bulardan keyin ot kelsa “the“ ishlatilmaydi
eg: a rich man - boy odam

8) Sifatning orttirma darajasi oldidan ham ishlatiladi.


eg: the best, the most

9) Daryo, dengiz, okean, ko’l, qanal, sharshara nomlari oldidan ham ishlatiladi eg: The Amudarya , the Volga, The Atlantic, The Baycal.


Agar ko’l nomi oldidan “lake” so’zi kelsa “the” ishlatilmaydi
eg:lake Baykal. – Baykal ko’li
10) Tog’ tizmalari har doim ko’plikda bo’ladi va “the” bilan ishlatiladi
eg:The Alps – Alp tog’lari ,The Ands
Lekin yakka tog’lar birliikda ishlatilab “the” ishlatilmaydi
eg:Mount Black , Ben Nevis ,Everest
11) Guruh orollar ham ko’plikda bo’lib “the” ishlatiladi
eg:The British Isles- Britaniya orollari , The West Indies , The Bahamas - Bagam orollari
Lekin yakka orollar birliikda ishlatilab “the” ishlatilmaydi
eg: Madagascar , Bermuda
12) Quyidagi shahar va mamlakatlar har doim “the“ bilan yoziladi.

1.The Argentine -Atgentina
2.The Caucasus - Kavkaz
3.The Congo - Konga
4.The Crimea- Krim
5.The Hague - Gaaga
6.The Lebanon -Livan
7.The Netherlands -Gollandiya
8.The Phillippines- Filippin
9.The Riveira - Riveyra
10.The Ruhr - Rur
11.The Sudan - Sudan
12.The Transval - Transval
13.The Ukrain - Ukraina
14.The Urals - Ural
15.The Vatikan - Vatikan
16.The Yemen –Yaman

Lekin Argentina bo’lsa “the” qo’yilmaydi


13) Agar mamlakat nomlari oldidan republic, federation, united, union so’zlari kelsa “the” bilan yoziladi.
eg:The Republic of Uzbekistan, The United States of America.

14) America va Britaniya gazeta jurnallari oldidan “the” ishlatiladi


eg:The Washington Post , The Sunday , The New York Times lekin Xalq So`zi gazetalarida ishlatilmaydi.
15) Kema nomlari ham “the” bilan ishlatiladi
eg:The Titanic, The Avrora , The Queen Mary
16) Ko’cha nomlari artiklsiz yoziladi M: Navoi Street
Lekin quyidagilar bilan “the” bilan yoziladi

The Mail The Mall The Strand
The High Street

17) Tarixiy shaxslar laqablari ism darajasiga ko’tarilgan bo’lsa “the” bilan yoziladi


Ivan the Terrible - Ivan grozniy
Alexander the Great - Buyuk Alekdsandr
Temur the Lame - TemurLang
18) Qit’alar va geografik nomlar oldidan the ishlatilmaydi
eg:Africa, Asia…
Lekin quyidagilar bilan “the” ishlatiladi
The Near East - Yaqin sharq ,The Middle East - O’rta sharq ,The Far East – Uzoq sharq

19) Sahro va ko’rfaz nomlari ham “the” bilan yoziladi


eg:The Sahara - Sahroi kabir , The Bering Straigh –Bering bo’g’ozi

20) Muzey, galeriya, teatr, kinoteatr, restaran nomlari ham “the” bilan yoziladi .


eg:The Amir Temur museum, The Art Gallery, The Navoiy Theatre,
The Golden Wing.
Lekin restoran nomlari shu yerni boshlagan odam nomiga berilgan bo’lsa s’ bilan yozilib “the” tushib qoladi M: Macdonald’s

21) Til nomlaridan keyin “language” so’zi bo’lsa “the” bilan yoziladi. Bo’lmasa the tushib qoladi.


eg:The English language = English - Ingliz tili
Lekin gapda aniqlovchi bilan ishlatilsa language so’zi bo’lmasa ham “the” bilan yoziladi.

22) Bayram nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi .


eg:Navruz, New year
23) Musiqa asboblarini chalish ma’nosida kelsa har doim “the” bilan yoziladi
I can play the guitar – Men gitara chala olaman .
Lekin umumiy ma’noda gapirsak otni aniq yoki noaniqligiga qaraymiz

24) Queen, King, President, Prince, Princess So’zlari ismlar bilan ishlatilsa “the” tushib qoladi. Agar yakka holda kelsa “the” qo’yamiz.


eg: Queen Elizabeth went to France. Qirolicha Elizabeta Fransiyaga ketdi.
The Queen of England went to France.
25) Park, maydon, istirohat bog’lari artiklsiz yoziladi
eg:Mustakillik square - Mustaqillik maydoni.
26)

only – faqatgina
very – aynan o’sha
same – aynan
next – keyingi
last – oxirgi

following – quyidagi


previous – oldingi

Degan ma’nolarida kelsa hardoim “the” bilan yoziladi ..


eg: He is the only pupil who knows the home work.
U uyga vazifani biladigan yagona o’quvchi.
Vaqtga nisbatan ishlatilsa va next - kelasi , last – o’tgan ma’nolrida kelsa arikl ishlatilmaydi.
We shall go to the cinema next week . Biz kinoga kelasi hafta boramiz.

27) Tarixiy bino va yodgorliklar nomi ham “the” bilan yoziladi


eg: The White House - Oq uy The Lincoln Memorial – Lincoln yodgorligi
Lekin quyidagilar bilan yozilmaydi
Buckingham palace , Westminister Abbey , Edingburg Castle

28) Jamlovchi otlar hardoim “the” bilan yoziladi


eg:The police ,the army, the bank , the cinema, the team,
the embassy, the fire brigade…

29) Quyidagi otlar hardoim “the” b-n ishlatiladi



The ground – yer
The Weather – ob – havo
The Country – qishloq
The countryside – qishloq chekkasi

Country – qishloq


Qishloq ma’nosida kelsa har doim “the” bilan yoziladi
eg: I live in the country. - Men qishloqda yashayman.
Do you live in a town or in the country?
Sen qishloqda yashaysanmi yoki shaharda?
Mamlakat ma’nosida kelsa noaniq artikl bilan ishlatiladi
eg: Uzbekistan is a country. O’zbekiston mamlakatdir.
31) Muqaddas kitoblar nomi oldidan ham “the” qoyiladi
eg: The Koran The Bible
32) Kashfiyot nomlari oldidan har doim “the” qo’yiladi
eg: The radio was invented by Popov.
Radio Popov tomonidan ihtiro qilindi.
33) School, University, hospital, prison, church, bed otlari o’z ma’nosida kelsa “the” qo’yilmaydi .Agar unga olaqador bo’lmagan odamlar ko’zda tutilsa the bilan ishlatiladi.
I go to school everyday.Men har kuni maktabga boraman.
eg: My father came to the school to see my teacher.
Mening otam o’qituvchimni ko’rish uchun maktabga keldi.
ESLATMA. In bed lekin the bed or on the bed aytamiz.
Watch TV lekin the tv was repaired yesterday. Turn on the TV.
Listen to the radio deymiz. Lekin I have a radio deymiz.
34) Tarixiy davrlar ham “the” bilan ishlatiladi
eg: The Middle ages - O’rta asrlar
TheBronze ages - Bronza davri
35) Siyosiy partiya va mashxur ko’priklar ham “the” bilan yoziladi
eg: The Liberal party ,The Brooklyn Bridge ,The Golden Gate…
36) Agar gap tarkibida
Elect – saylamoq
Appoint , Make - tayinlamoq
Fellari biron bir lavozimga nisbatan ishlatilsa o’sha lavozim hech qanaqa artikilsiz yoziladi.
eg: He was elected chairman of the mecting. U majlisning raisi etib tayinlandi.
37) Agar bir xil ism va familiyadagi ikkita shaxs bo’lsa ularni mashxuri oldidan “the” ishlatamiz
eg: There is Anvar Sanaev in the street .He is not the Anvar Sanaev who is a
singer . He is my neighbour. Kochada Anvar Sanayev turibdi.
U qo’shiqchi Anvar Sanayev emas, u mening qo’shnim.
38) Yil nomlari ko’plikda keladi va “the” bilan yoziladi .
eg: in the 1990 s. – 1990 yillar

39) Quyidagi so’zlar har doim “the” bilan yoziladi



in the morning
in the picture
in the afternoon
on the map
in the evening
in the night
in the street
on the whole
in the room
tell the truth
on the wall
tell the time

40) Urush nomlari oldidan “the “ ishlatiladi.


The Korean war – Koreys urushi, The Civil War - Fuqorolar urushi.
Lekin 2 ta jaxon urushi oldida ishlatilmaydi.
World War I , World War II = The First WorldWar , The Second World War.
41.Millatni ifodalovchi otlar ham “the” bilan ishlatiladi.
The British – Britaniyaliklar. The Spanish - Ispaniyaliklar.
42) Pul birliklari “the” bilan ishlatiladi. The sum is the currency of Uzbekistan
43) Sanoqson Ikkovi deb jamlovchi manosida kelsa: The Two boys came and sat on the table.
44) Minora nomlari oldidan : The Eiffel Tower, The Tower of London
45) The ___of ____ : The bank of England. Of so`zi ikkita sifat oldidan kelsa birinchi sifatdan oldin The ikkinchi sifatdan oldin noaniq artikl ishlatiladi: I live on the ground floor of an old house near the table.
46) “space” so`zi koinot ma`nosida kelsa artikl ishlatilmaydi. : There are millions of star in space.
Lekin o`rin joy manosida kelsa artikl ishlatiladi: I wanted to park my car but the space was not big enough.
47) Tarixiy hujjatlardan oldin the ishlatiladi: The constitution of Uzbekistan.
48) Capital so`zi the bilan ishlatiladi. Tashkent ish the capital of Uzbekisatn.

ESLATMA.
Sport turlari va fan nomlari ham artiklsiz ishlatiladi


I play football. Men futbol o’ynayman.
Agar gapda aniqlovchi bo’lsa qanday ot bo’lishidan qatiy nazar “the” bilan yoziladi .

eg: Where is the book which I gave you yesterday?


Kecha senga bergan kitob qani?
Artikl ishlatilmaydigan Holatlar

1) Sanoqsiz va ko`plikdagi umumiy manodagi otlar oldidan.


I like fine weather. BUT I went to the mountain. The weather was great.
2) Oy va fasl nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi: It is winter
3) Atoqli otlar oldidan ishlatilma

ydi: Islom , Bobur, Uncle Tom


4) Vulqon nomlari oldidan ishlatilmaydi
Mount Vesuvius
5) Bayram nomlari oldidan ishlatiladi.
Navruz, Christmas
6) Sayyora va yulduz nomlari oldidan ishlatilmaydi: Mars, Jupiter BUT the planet of Mars
7) Breakfast, lunch, supper, dinner so`zlari bilan ishlatilmaydi: I have breakfast at 7.30
But ular oldidan sifat ishlatilsa a, an ishlatiladi. I have a heavy lunch.
But: Aniq pishgan ovqat manosida The ishlatiladi: Look out. The dinner is burning.
8) Shahar nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi: Texas, Urgench
9) Sport o`yinlari nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi: Kurash is a great sport.
10) Qit`a nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi: Asia, Europe lekin The North Of Asia
11) Fan nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi: mathematics, history
12. Work, home, bed so`zlaridan oldin artikl ishlatilmaydi
13) egalik olmoshidan keyin artikl ishlatilmaydi: My book is on the table.
14) ko`cha, aeroport, vokzal nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi
Konney Airport. Urgench Station
15) Lake so`zi ishlatilsa artikl ishlatilmaydi: Lake Baykal lekin The Baykal, The Issiqkul
17) Central Asia, Latin America kabilarda artikl ishlatilmaydi
18) Go to sea, be at sea ...dengizda sayohatda manolarida artikl ishlatilmaydi. But I went to the sea.
19) by+transport: by air, by car, on foot, by train, by plane BUT in the car, on the plane
By sea = kemada. By the sea =dengiz yonida
20) Dinlardan oldin artikl ishlatilmaydi. Islam is a holy religion
21) We called Doctor Johnson. But We called the doctor
22) Kompaniya, avia liniya nomlarida artikl ishlatilmaydi. Sony, IBM
23) Kasallik nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi: I had measles. Mumps, rabies.



Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling