The economy of enterprise
VIII BOB. KORXONANING AYLANMA MABLA/LARI
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
VIII BOB. KORXONANING AYLANMA MABLA/LARI
Aylanma mablag’lar tushunchasi, iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’larga ham ega bo’lishlari zarur. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo’ljallangan pul mablag’laridan iborat. Aylanma mablag’lar, qoidaga ko’ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko’rinishida jamg’ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar shunchalik ko’p talab qilinadi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi. “Aylanma mablag’lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham ko’p qo’llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko’ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo’lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir tsiklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so’ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko’pincha korxonaning pul mablag’lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag’lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o’rniga ko’ra, “aylanma mablag’lar” va “aylanma kapital” o’rtasida sezilarli farq yo’q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg’i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to’lashga bo’nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag’larga bo’lgan qo’shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag’larga etarli tarzda ega bo’lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg’i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatmagan holda qanchalik kam bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag’lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo’ladi. Korxonalarning aylanma mablag’lari aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiybuyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o’ynaydi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling