The economy of enterprise


Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonani boshqarishning tamoyillari, maqsad va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet42/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonani boshqarishning tamoyillari, maqsad va vazifalari

Korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, avvalo, boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur.

Yuqori sifatli va raqbotbardosh mahsulotlarni eng kam xarajatlar asosida ishlab chiqarish eng ko’p daromad olishni ta’minlab, inqirozga uchrashdan saqlaydi hamda har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruvning barcha vazifalari ushbu maqsad amalga oshishiga xizmat qilishi lozim. Boshqaruvning samaradorligiga ko’p jihatdan korxona oldiga qo’yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalarning o’zaro munosabatlari yordamida erishiladi.

Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo’lib tasniflashimiz mumkin:


  • amalga oshirish muddatiga ko’ra - joriy va istiqbolli;

  • ahamiyat darajasiga ko’ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);

  • boshqaruv ob’ektiga munosabatiga ko’ra - xususiy va umumiy;

  • natijaga erishish darajasiga ko’ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.

Boshqaruv jarayoni asosan davriy (tsiklik) xarakterga ega bo’ladi. U maqsad va vazifalarni belgilash bilan boshlanib, ularni bajarish, ya’ni muayyan bir natijalarga erishish bilan tugallanadi. Natijalar to’g’risida (maqsadga erishish darajasi) olingan axborotlar asosida yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv tsikli qaytadan boshlanadi. Bunday tsikllarning soni bir nechta bo’lib, ular birinchi o’rinda boshqaruv ob’ektining o’ziga xos xususiyatlari va boshqa ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.

Amaliyotda turli xil sabablarga ko’ra, ishlab chiqarish belgilangan parametrlardan chetga og’ishi, boshqaruv esa qo’yilgan maqsadga erishmasligi mumkin. Bunday hollarda operativ tartibga solish yo’li bilan chetga og’ishlar olib tashlanadi va ishlab chiqarish jarayonining me’yoriy tarzda faoliyat yuritishi ta’minlanadi.

Korxonani boshqarishning samaradorligi, maqsadlarni shakllantirish va amalga oshirishga qanchalik kam vaqt sarflansa, shunchalik yuqori bo’ladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling