The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet50/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Tezkorlik (operativlik) – barcha funktsional bo’linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bo’linmalarining, boshqaruv qarorlari o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun o’zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.

Ishonchlilik – axborotlarni o’z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga o’z vaqtida etkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi.

Tejamkorlik – bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga erishishdir.

Aytib o’tish kerakki, korxona jamoasi va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yo’l mavjud emas.

Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yuzaga keladi va hal qilinadi. Biroq bunda ham o’zgarmas bir qoida mavjud bo’lib, unga ko’ra, har bir o’zgartirish, yaxshilanish va shakl o’zgartirishlar avvaldan o’ylab chiqilishi hamda ilmiy jihatdan asoslab berilishi zarur. Masalan, hozirgi paytda korxonalarni boshqarishni takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (ABT) yaratish va amaliyotga kiritish hamda ish vaqt yo’qotilishining oldini olish, uskunalarning bekor turib qolishini qisqartirish, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanishga ko’maklashuvchi kompyuter texnikasidan foydalanishni ko’rsatish mumkin.

Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxonalarni boshqarishning tsexsiz tuzilmasi yuqori darajada samarali bo’lib, boshqaruvni markazlashtirishni qisqartirish hamda kichik va o’rta korxonalarning ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqaruv tizimini tkaomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri - korxonaning funktsional xizmatlari va bo’limlari faoliyatini ortiqcha tuzilmaviy bo’linmalarni tugatish, xizmat ko’rsatuvchi bo’limlarni optimallashtirish, birlamchi

hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish yo’li orqali muvofiqlashtirishdir.

Bu erda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning ko’plab funktsiyalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beruvchi, boshqaruvning yangi texnikasidan, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan turli xil hisob-kitob va tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.

Boshqaruv tizimini takomillashtirishda texnik vositalar, boshqaruv jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv tadqiqotlari va loyihalari o’z-o’zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib kelmaydi. Bu erda ko’p narsa insonlarning, ayniqsa, menedjerlarning faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Shu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi, ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa, korxonalarga boshqarishning ratsional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli o’sishi iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yo’naltirilishiga xizmat qiladi hamda boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari butun jamoaning vazifasi qilib belgilaydi.

Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo’lgan ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot ko’rsatadiki, ijtimoiy-psixologik muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yo’qqa chiqarishi yoki aksincha kuchaytirishi mumkin.

Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa bo’lmagani kabi, bir-biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud bo’lishi mumkin emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va bir vaqtda o’zi ham boyib, unga nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali zarur bo’lgan ishlab chiqarish ruhiyati shakllanadi va boshqaruvning maqsadli funktsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.


Qisqacha xulosa

Ishlab chiqarishni boshqarishni sub’ektlar va idoralar tomonidan odamlar va iqtisodiy ob’ektlarga ta’sir o’tkazish jarayonidir. Unda resurslardan iloji boricha oqilona foydalanish va eng ko’p daromad olish maqsad qilib qo’yiladi.

Boshqaruv tizimi quyidagilardan iborat bo’ladi: boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, boshqaruvning optimal tashkiliy -strukturasini yaratish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, axborot bilan ta’minlash, axborotga texnik ishlov berish vositalari, tahlil, boshqaruv qarorlarini bajarish ustidan nazorat. Boshqaruv rejalashtirish, tashkillashtirish, marketing, muvofiqlashtirish, mehnat motivatsiyasi, nazorat kabi bir qator funktsiyalarni bajaradi.

Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi murakkab, dinamik tizim bo’lib, uning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga korxonadagi ishchidan ta rahbargacha bo’lgan barcha bo’g’inlar faoliyatini hisobga oluvchi boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini yaratish orqali erishiladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqarilayotgan ob’ektlarning funktsional vazifalariga va miqyosiga mos kelishi lozim.







Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling