The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet75/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag’batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin.

Ishlab chiqarish rejasi” potentsial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o’z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko’rsatadi. Mazkur bo’limda quyidagilar o’z aksini topadi: yangi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o’sish istiqbollari; xom ashyo va material etkazib beruvchilar; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; ishlab chiqarish oqimlari tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni; foydalaniladigan standartlar; vujudga kelishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari.



Tavakalchilik va sug’urtalashni baholash” bo’limi ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong’in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o’zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya’ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko’rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug’urtalash dasturi amalga oshiriladi.

Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo’limi bo’lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

Mazkur rejaning ko’rsatkichlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:





Shuningdek, mazkur bo’limda ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kegaytirish uchun mablag’ jalb qilish rejalari ham ifodalanadi. Bo’limda korxonaning moliviy barqarorligi yoki nochorligini aniqlash imkonini beruvchi maxsus ko’rsatkichlar hisob-kitobi ham keltiriladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling