Metallurgiya, mashinasozlik, neftni qayta ishlovchi va kimyo sanoati, to`qimachilik va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i dehqonchilik. Don (sholi, g’alla, arpa), dukkaklilar yetishtirish ustun turadi. Paxta, tamaki, kanop kabi texnika ekinlari yetishtiriladi. Bog`dorchilik, sabzavotchilik tarmoqlari bor. Temir yo`llarning uzunligi 6,24ming km, shundan 525km elektrlashtirilgan. Avtomobil yo’llari 87534km. Dengiz portlari: Pusan, Ulsan, Inchxon. Eksport mahsulotlari: yengil sanoat mahsulotlari, avtomobil, kema, po’lat, elektronika mahsulotlari, mashina va jihozlar, baliq. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: Yaponiya, AQSh, Xitoy, Gonkong, Tayvan, Avstraliya, Saudiya Arabistoni. Pul birligi - Janubiy Koreya vonasi. Janubiy koreya iqtisodiy erkinligi darajasi: 71.5 bo’lib, 2015-yil jahon miqiyosida 29-o’rinda turadi. Ko’rsatkichlari jahon va osiyo o’rtacha ko’rsatkichlaridan ham yuqori. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar YaIM: 1.304 trillion dollar (2014) YaIM: 0.3% 2015-yil 1-chorak holatiga YaIM aholi jon boshiga: 23,892 dollar YaImning sohalar bo’yicha ulushi: Qishloq xo’jaligi - 2.6 % Sanoat – 39.2 % Xizmat ko’rsatish – 58.2 % Inflatsiya darajasi: 1.1 % (2014 yanvar holatiga) Asosiy eksport hamkorari: Xitoy – 24.4 %, AQSH – 10.1 %, Yaponiya – 7.1 % Import hajmi: 516.6 trillion dollar (7th; 2014) Asosiy import hamkorlari: Xitoy – 16.5 % , Yaponiya – 13.0 % , AQSH – 8.5 % , Saudiya Arabistoni – 7.1 % , Avstraliya – 5.0 % Mamlakat tashqi qarzi: 430.9 trillion dollar Janubiy Koreya Moliya tizimi ikkiga bo’linadi: Janubiy Koreya Moliya tizimi ikkiga bo’linadi: - Davlat moliyasi
- Moliya institutlari moliyasi
Davlat moliyasi o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: - Milliy moliya
- Mahalliy moliya
Milliy moliya quyidagilarga bo’linadi: - Davlat bujeti;
- 21ta maxsus budjetlar;
- 35 ta davlat tashkilotlari fondi
Do'stlaringiz bilan baham: |