The future of global English Vocabulary Code-switching Other domains


Download 1.98 Mb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1472359
1   2   3   4
Bog'liq
Saidov S.

Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli о‘sishi sur’atlarini, kо‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy о‘sish omillari deyiladi. Iqtisodiy о‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi: Birinchi guruh omillari iqtisodiy о‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruh ishlab chiqarish omillariga quyidagilar kiritiladi: tabiiy resurslar soni va sifati; -mehnat resurslari soni va sifati; -asosiy kapital hajmi; -texnologiyalar va ishlab chiqarishning tashkil etilganlik darajasi; -jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi. Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati kо‘proq yalpi talab bilan belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi kо‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy о‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi. Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy о‘sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari (bilvosita omillari) kiritiladi: -bozorning monopollashuvi darajasining pasayishi; -iqtisodiyotdagi soliq muhiti; -kredit-bank tizimi samaradorligi; -iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining о‘sishi; -eksport hajmining о‘sishi; -iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.


5.Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o'sishning farqlari nimada, sof intensiv o'sishga erishish mumkinmi?
Iqtisodiy fan iqtisodiy o‘sishning birinchi marta K. Marks tomonidan ko‘rsatilgan ikki shaklini farklaydi. Ular ishlab chiqarish natijalari va omilari nisbati bilan farqlanadi. Birinchi shakli iqtisodiy resurslarning hajmini o‘sishi bilan xarakterlanadi (ishlab chiqarish omilari), ya’ni yangi korxonalarni, elektr tarmoklari, yo‘lar qurilishi, foydalaniladigan yangi yerlarni, tabiy va mehnat resurslarini va h.k. o‘zlashtirilishi. Bu shakl ekstensiv iqtisodiy o‘sish nomini olgan. Bu shakldagi iqtisodiy o‘sishda YAIMni o‘sishi tirik va ijtimoiy mehnat xajmini o‘sishi hisobiga erishiladi, shu bilan birga jamiyatdagi mehnat unumdorligi o‘zgarmasdan qoladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling