Ishlatilishi (Usage)
1. Bu zamon o’tgan zamonga nisbatan kelasi zamonda sodir bo’ladigan ish-harakatni ifodalaydi. Bu zamon faqat qo’shma gap tarkibida keladi. Bu zamondagi gaplar yolg’iz ishlatilmaydi. Should/would o’tgan zamon shaklida bo’lgani bilan gapning ma’nosi kelasi zamonda bo’ladi: Yesterday I said that I should go to the market at twelve o’clock. Kecha men soat 12 da bozorga boraman deb aytgandim. I thought he would come. Men uni keladi deb o’ylagandim.
2. Bu zamon shuningdek “If” (agar) bog’lovchisi qatnashgan ikkinchi tur faraz shart ergash gaplarda ham ishlatiladi: If he came I should play tennis tomorrow. (Agar u kelsaydi men u bilan ertaga tennis o’ynardim)
Do'stlaringiz bilan baham: |