Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


Download 389.04 Kb.
bet17/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

2.1.2-jadval Respublika qayta ishlovchi (ishlab chiqaradigan sanoat) sanoatining tarmoq tarkibi18




2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

Oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish

24,5

24,6

24,3

31,1

25,7

28,6

30,2

To‘qimachilik, kiyim, teri
mahsulotlarini ishlab chiqarish

19,7

20,9

20,3

23,6

19,0

20,3

21,0

Yog‘och va po‘kak buyumlar, pohol va to‘qish uchun materiallar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari, mebel ishlab chiqarish

1,3

1,4

1,5

2,7

2,3

2,6

3,3

Yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish

0,8

0,6

0,8

0,9

0,7

0,7

1,1

Koks va neftni qayta ishlash
mahsulotlarini ishlab chiqarish

6,4

6,5

5,2

5,6

4,6

4,0

3,3

Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish

9,1

9,4

8,7

10,8

8,7

9,0

11,2

Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarini ishlab chiqarish

0,6

0,8

0,8

1,0

0,8

1,0

1,4

Boshqa nometall mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish

5,9

6,2

6,7

9,7

7,1

6,4

7,1

Metallurgiya sanoati

11,1

10,2

10,0

11,9

9,6

9,2

9,1

Mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish

20,7

19,4

21,7

2,8

21,5

18,1

12,4

Ishlab chiqaradigan sanoat

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Oziq - ovqat sanoati. Respublika qayta ishlovchi sanoatining tarmoq tuzilmasidan ko‘rinib turibdiki, mazkur tuzilmada oziq - ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishning hissasi juda yuqori bo‘lib, ushbu sanoat tarmog‘i bugungi kunda aholini oziq - ovqat va keng turdagi iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda.
Sanoatning ushbu tarmog‘i asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan bo‘lib, bugungi kunda mazkur tarmoqda go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, pishloq va brinza, mol yog‘i, o‘simlik yog‘i, shakar, konyak, gazlangan suvlar, ma’danli suvlar, kolbasa mahsulotlari, margarin mahsulotlari, aroq va liker aroq mahsulotlari, uzum vinosi, alkogolsiz ichimliklar, tabiiy choy, non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, atir sovun, papiros va
sigaretalar, konservalar, shu jumladan: go‘sht, baliq, sut, meva - sabzavot konservalari, muzqaymoq, bolalar ozuqasi uchun quruq sut qorishmasi, makaron mahsulotlari, xo‘jalik sovuni hamda oziq - ovqat spirti kabi asosiy turdagi oziq - ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda19.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2010 - 2016 yillar oralig‘ida oziq - ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishning eng yuqori o‘sish sur’atlari
2015 yilga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng quyi o‘sish sur’atlari esa 2012 yilda kuzatildi (2.1.1-rasm).

2.1.1-rasm. Oziq - ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari20.
Hozirda respublika oziq - ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi o‘zida birlashtirgan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi oziq - ovqat xom ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish hamda meva - sabzavot, go‘sht - sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq - ovqat xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha yuqori unumli zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ushbu maqsadlar uchun, avvalambor, strategik xorijiy investorlarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish kabi bir qator muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.
Respublika qayta ishlovchi (ishlab chiqaradigan sanoat) sanoatining tarmoq tarkibida navbatdagi yuqori ulushni to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi tashkil etadi. Bugungi kunda respublikamizning mazkur tarmog‘ida ip kalava, gazlamalar, (ip gazlama, junli, ipak gazlama), trikotaj mahsulotlari, xom ipak iplar, trikotaj polotnosi, tikuv mahsulotlari, chulki - paypoq mahsulotlari, poyabzal hamda gilam mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda21.
Respublikamizda 2010 - 2016 yillar oralig‘ida to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlari ishlab chiqarishning eng yuqori o‘sish sur’atlari 2015 yilga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng quyi o‘sish sur’atlari esa 2011 yilga to‘g‘ri keldi (2.1.2-rasm).
Respublika yengil sanoati to‘qimachilik sanoati, ipakchilik sanoati, trikotaj sanoati hamda tikuvchilik sanoati kabi bir qator sanoat tarmoqlarini o‘zida birlashtiradi. Uning asosini mahalliy xom ashyo resurslarida ishlayotgan to‘qimachilik sanoat korxonalari tashkil etadi. Respublika yengil sanoat tarmog‘i mahalliy xom ashyoga asoslanishi, ishchi kuchining qadim - qadimlardan ma’lum kasbiy mahoratga, malaka va ko‘nikmalarga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Yengil sanoat korxonalari va ayrim tarmoqlarning joylashishi xom ashyo resurslariga, malakali ishchi kuchiga, iste’mol omiliga yohud boshqa shu kabi omillarga bog‘liq holda amalga oshgan.
Yengil sanoat boshqa sanoat tarmoqlari kabi shakllanishi va rivojlanishida ma’lum omillarga asoslanadi. Shularning ichida mehnat resurslari alohida o‘rin egallaydi. Chunki yengil sanoat mehnatni ko‘p talab qiluvchi tarmoqlar qatoriga kiradi.
O‘zbekistan yengil sanoati to‘la to‘kis mahalliy xom ashyoda - paxta tolasi, pilla, jun, qorako‘l terisi va boshqalarda ishlaydi. Undan tashqari tarmoqda avloddan avlodga kasbining sirlarini berib kelayotgan ishchi oilalari mavjud. Bu ayniqsa shoyi sanoatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Engil sanoatning asosiy tarmoqlari - to‘qimachilik sanoati paxta tolasi asosida faoliyat ko‘rsatadi.


Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling