Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


Download 389.04 Kb.
bet19/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

2.1.3-jadval
Ishlab chiqaradigan sanoat taroqlarida alohida tarkibiy siljishlar indeksi, (mutlaq siljishlar punktda, nisbiy siljishlar foizda)25

Ishlab chiqaradigan sanoatning tarmoq tarkibi




Tarkibiy siljishlar







Mutlaq

Nisbiy




2013-
2014

2014-
2015

2015-
2016

2013-
2016

2013-
2014

2014-
2015

2015-
2016

2013-
2016

Oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki
mahsulotlarini ishlab chiqarish

-5,3

2,8

1,6

-0,9

82,8

111,0

105,7

97,2

To‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish

-4,6

1,3

0,7

-2,6

80,4

107,1

103,3

89,0

Yog‘och va po‘kak buyumlar, pohol va to‘qish uchun materiallar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari, mebel ishlab chiqarish

-0,3

0,2

0,7

0,6

88,0

110,3

126,9

123,2

Yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish

-0,2

0,0

0,3

0,1

76,8

105,5

141,6

114,7

Koks va neftni qayta ishlash
mahsulotlarini ishlab chiqarish

-1,0

-0,5

-0,8

-2,3

81,9

88,2

80,4

58,1

Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish

-2,1

0,3

2,3

0,5

80,2

103,8

125,1

104,2

Asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarini ishlab chiqarish

-0,2

0,2

0,4

0,4

78,5

126,5

140,5

139,6

Boshqa nometall mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish

-2,6

-0,8

0,8

-2,6

73,6

89,2

112,0

73,5

Metallurgiya sanoati

-2,3

-0,3

-0,2

-2,8

80,7

96,5

98,0

76,3

Mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish

18,7

-3,3

-5,7

9,6

774,8

84,4

68,4

447,3

Demak, sanoat tarmog‘i tarkibidagi ulushlarning oldingi davrga nisbatan o‘zgarishini aniqlash tuzilmaviy siljishlarning jadalligini, ulushlarning bazis davrga nisbatan o‘zgarishini aniqlash esa, ularning ilgarilash darajasini baholash imkoniyatini beradi.
Shuningdek, tuzilmaviy siljishlarning mutlaq qo‘shimcha o‘zgarishi tuzilma ma’lum unsurining tegishli davrlarga nisbatan necha punktga o‘zgarishini ifodalasa, tuzilmaviy siljishlarning nisbiy ko‘rsatkichi esa, shu unsurning tegishli davrlarda o‘zgarish sur’atini o‘zida ifoda etadi. Ulushlarning mutlaq qo‘shimcha o‘zgarishi ulushlar o‘zgarishining ko‘lamini, ulushlarning o‘zgarish sur’ati esa ulushlar o‘zgarishining jadalligini ifodalaydi.
Xulosa qilib aytganda, sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlari tuzilmasini o‘zgartirish va takomillashtirish iqtisodiy, ilmiy - texnik va ijtimoiy siyosatning asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar hamda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ilmiy - texnik taraqqiyot tovarlarga bo‘lgan talabning qondirilishiga, tovarlar sifatining yaxshilanishiga olib boradi.
Aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash uzviy ravishda sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasining o‘zgarishi hamda yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, mavjudlarini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Bu orqali iqtisodiy tizimda, u yoki bu tarmoqda ijobiy siljish sodir bo‘ladi hamda iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasi o‘zgaradi.
Tarmoqlar tuzilmasini shakllantirishda asosiy e’tiborni iqtisodiy hududlarning barcha tarmoqlarini resurslar, kapital mablag‘lar, xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratish talab etiladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida muntazam ravishda sanoatning tarmoq tarkibini takomillashtirib borish hamda tarmoqlarning ichki qurilmasini qayta shakllantirish, aholining turmush darajasini oshirish, buning uchun chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni doimiy ravishda ishlab chiqarishga safarbar etib borish lozim bo‘ladi.

2.2 Sanoat ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ishlab

chiqarish salohiyatini oshirish chora-tadbirlari


Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari va ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash shakllari va usullari haqidagi masalalar doimo iqtisodiyotning muhim masalalaridan biri bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi. Bu sohada fikrlar doirasi juda keng bo‘lib, davlat aralashuvini cheklashdan tortib (Polsha va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tajribalariga suyanadiganlar), to bozor “tanazzulini” bartaraf etishda, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishda davlatning o‘rni beqiyos ekanligini (Xitoy, Chili va Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga urg‘u beradiganlar) ta’kidlovchilar ham bor26.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, Sharqiy Osiyoning yangi rivojlangan industrial mamlakatlari sanoat siyosati, indikativ rejalashtirish va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va sohalarini davlat tomonidan faol qo‘llab - quvvatlash siyosatini olib borayotgan mamlakatlardir.
Birinchi yo‘nalish tarafdorlari davlat aralashuvini cheklash va iqtisodiyotni erkinlashtirish o‘sish manbalarini faollashtirgan hamda uning o‘rta va uzoq muddatli kelajakda o‘sish sur’atlarini oshirgan mamlakatlararo tadqiqotlarning ko‘plab natijalariga tayanadilar. Haqiqatdan ham Jahon banki, XVF va iqtisodiy o‘sish muammolari tahlili bilan shug‘ullanuvchi mashhur olimlarning tadqiqotlari
YAIMning uzoq muddatli o‘sish sur’atlari bilan boj to‘lovlari to‘siqlarini pasayishi, valyuta kurslari farqlarning qisqarishi, iqtisodiyotda nodavlat sektori ulushining kengayishi, iqtisodiy erkinlik indeksining o‘sishi va iqtisodiyotni erkinlashtirishning boshqa ko‘rsatkichlari o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, yana shunday misollar ham borki, bunda, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, sanoatni aniq siyosat asosida rivojlantirishdan voz kechish, bozorni tartibga solmaslik milliy iqtisodiyotdan kapitalning chiqib ketishiga, tashqi ta’sirlarga nisbatan kuchsizlanishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, aholining daromadlar bo‘yicha tabaqalanishini kuchayishiga olib kelgan.
Jahon iqtisodiy rivojlanishining natijalari aniq qaysi mamlakatlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirilishi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin. Bunga iqtisodiyotda erishilgan erkinlashtirish darajasi yetarlimi va u davlatning iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarini qo‘llab - quvvatlash chora tadbirlari bilan qay darajada hisoblashishi lozim, qo‘llab - quvvatlashning shakl va turlari qanday bo‘lishi kerak degan savollarni dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Qisman, bu savolga javobni erkinlashtirishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri bo‘yicha amalga oshirilgan mamlakatlararo tadqiqotlarning tahlilidan topish mumkin. Oxirgi yillarda import bojlarini qisqartirish, tashqi savdoni va moliyaviy bozorlarni tartibga solish, kapital oqimlarini erkinlashtirish, davlat nazoratini kuchsizlanishi va raqobatning rag‘batlantirilishi iqtisodiyotning rivojlanish bosqichidan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy natijalarga olib kelishi mumkin degan fikr o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Ayrim davlatlar (Koreya) tajribasining ko‘rsatishicha, eksportni kengaytirish bosqichida davlat milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun tarif, tashqi iqtisodiy va monetar siyosatni qo‘llagan bo‘lsa, davlatning o‘zi eksportga yo‘naltirilgan yirik sanoat korxonalarini barpo etishda bevosita ishtirok etgan va rivojlanishning keyingi bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, raqobatni rag‘batlantirish siyosatini olib borgan. Davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvi ham sezilarli darajada qisqargan.
Respublikamizda ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash borasida juda keng chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda. Quyida mazkur iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bular quyidagilardan iborat:

  • tovar aylanishida monopoliyani cheklash, moliyaviy va moddiy resurslar bozoriga kirishni soddalashtirish, ishlab chiqarish tarmoqlari uchun soliq yuklarini qisqartirish;

  • iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqaruvchilarning erkin faoliyat yuritishlari uchun shart - sharoitlarni yaxshilash;

  • eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab - quvvatlashga, ularning sonini ko‘paytirishga, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon standartlariga javob berishini ta’minlash;

  • import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratish;

  • innovatsiyalarni soliq siyosati orqali rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish va investitsiyalarni jalb qilish uchun imtiyozli shart - sharoitlarni yaratish va boshqalar.

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab - quvvatlash va ularga keng imkoniyat hamda imtiyozlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 agustdagi “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-1604-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, bunda respublika sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi quyidagi masalalar o‘rin olgan27:

  • xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo‘lida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyati ko‘lamlarini kengaytirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda kichik biznes subyektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart - sharoitlarni yaratish;

  • kichik sanoat ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir murojaatlarning vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish va kelishish muddati bir oydan oshirmaslik;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining davlat mulki bo‘lgan, vaqtincha bo‘shab yotgan va ishlatilmaydigan xonalarni ularda ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo‘yicha murojaatlarini 7 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsat etuvchi hujjatlarni berish “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish;

  • tovarlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo‘yish tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlarida amalga oshirish va boshqalar.

Respublikamizda sanoatning alohida tarmoqlarini rivojlantirish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish borasida ham hukumatimiz tomonidan bir qator imtiyoz va prefensiyalar ko‘zda tutilgan. Jumladan, to‘qimachilik va tikuv - trikotaj sohasida nooziq - ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga quyidagi ko‘rinishda soliq va bojxona imtiyozlari berilgan28:
a) mazkur korxonalar quyidagilarni to‘lashdan ozod etilgan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; mol - mulk solig‘i;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; nooziq - ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va materiallar, shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq, komissiya shartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada
rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan;
b) nooziq - ovqat iste’mol tovarlarini o‘zi uchun ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona to‘lovlarini to‘lashni (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 60 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirish. Kechiktirib to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan xom ashyo va materiallar ro‘yxatiga kiritilmagan xom ashyo, materiallar va furnituralarga berilishi ko‘zda tutilgan.

  1. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga(ro‘yxat raqami 1463, 2005 yil 2 aprelь) asosan bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda byudjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol - mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmasligi va kiritilmasligi qayd etilgan.

To‘qimachilik va tikuv - trikotaj sohasida nooziq - ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan tovar guruhlari quyidagilardan iborat (2.2.1-jadval).
2.2.1-jadval

Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling