Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


-rasm. 2013-2017 yillarda eksportyor korxonalar sonining dinamikasi33


Download 389.04 Kb.
bet21/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

2.2.1-rasm. 2013-2017 yillarda eksportyor korxonalar sonining dinamikasi33.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3157-sonli Qaroriga binoan 2017 yil 1 avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini majburiy sotish talabi bekor qilindi34.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab - quvvatlash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-sonli Qarori qabul qilinishi natijasida:

(savdo uylariga chiqarilgan tovarlar uchun - 180 kun);

  • tadbirkorlik subyektlariga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan chet el valyutasida eksport qilish huquqi berildi.

2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq respublikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslar, startaplarni har tomonlama qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan kompleks institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar samaradorligi va natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks ettirilmoqda. Jahon bankining “Biznesni yuritish - 2018” hisobotida O‘zbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o‘ntalikka kirdi.
Biroq, bir qator yo‘nalishlarda tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishning byurokratlashgan metodlari hali ham saqlanib qolmoqda, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy biznesning raqobatdoshligini jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitiga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni tatbiq qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga to‘sqinlik qilmoqda. Mazkur holatlarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib - taomillari borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, bular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib - taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-sonli
Farmonida o‘z aksini topdi.

Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling