Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG
Respublikadan tashqarisiga ishlash uchun chiqqanlar
Download 389.04 Kb.
|
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.5-jadval 40 O‘zbekiston Respublikasining asosiy demografik ko’rsatkichlari ( ming kishi )
- Davr oxirida doimiy aholining soni 32 666 33 254 33 804
- Mehnatga loyoqatli aholi soni (mehnat resurslari) 18 666 18 853
- Iqtisodiy faol aholi 14 892 15 099 15 310
- Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi 3 774 3 754 3 735
Yuqoridagi jadvalda hozirgi davrdagi mavjud va kelajakda ish bilan band bo‘ladigan aholi soni prognozlari berilgan. Unga ko‘ra, milliy iqtisodiyotimizda ish bilan band aholi 2018-yilda 11 383 ming kishi bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilda 11 924 ming kishi, 2021-yilda 12 199 ming kishi, 2025-yilda 13 278 ming kishi va 2030-yilda 14621 ming kishini tashkil etishi prognoz qilingan. 2.3.5-jadval40 O‘zbekiston Respublikasining asosiy demografik ko’rsatkichlari (ming kishi)
Yuqoridagi jadvalda O‘zbekiston Respublikasi asosiy demografik ko‘rsatkichlari mavjud holat va prognozlari berilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni 2018-yilda 33 254 ming kishi bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, aholi soni 2019-yilda 33 804 ming kishi bo‘lishi, 2020-yilda 34 340 ming kishi bo‘lishi, 2021-yilda 34 861 ming kishi bo‘lishi, 2025-yilda 36 786 ming kishi bo‘lishi va 2030-yilda 38 957 ming kishi bo‘lishi prognoz qilingan. Mehnatga layoqatli aholi soni esa 2018-yilda 18 853 ming kishi bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yilda 19 045 ming kishi bo‘lishi, 2020-yilda 19 217 ming kishi bo‘lishi, 2021-yilda 19 396 ming kishi bo‘lishi, 2025-yilda 20 387 ming kishi bo‘lishi va 2030-yilda 21 765 ming kishi bo‘lishi prognoz qilingan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018-yilda 15 099 ming kishi bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yilda 15 310 ming kishi bo‘lishi, 2020-yilda 15 526 ming kishi bo‘lishi, 2021-yilda 15 747 ming kishi bo‘lishi, 2025-yilda 16 612 ming kishi bo‘lishi va 2030-yilda 17 707 ming kishi bo‘lishi prognoz qilingan. XULOSA Ishlab chiqarish iqtisodiyotning eng muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Insonlarning cheksiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish ishlab chiqarish asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish iqtisodiyotning eng muhim bo’g’imlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotga baho berishda ya’ni uning rivojlangan yoki rivojlanmaganligini aniqlashda ham eng avvalo mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmiga qaratiladi. Chunki ishlab chiqarish hajmini oshirish asosida iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta zarur hisoblanadi. Insoniyat zarur ne’matlarni iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, bu ne’matlarni ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Birining o’zgarishi ikkinchisining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kirgizadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko’rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o’zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo’shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati, zaruriy mahsulot qiymati va qo’shimcha mahsulot qiymatiga bo’linadi. Ishlab chiqarish nazariyasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, maksimal foydaga erishish masalasi jamiyat oldida turgan eng muhim masaladir. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qulay investitsion muhitni shakllantirish asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda hamda juda ko’plab islohatlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish kabi amaliy ishlar hisoblanadi. Download 389.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling