Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasi grafigi va uning


Download 389.04 Kb.
bet6/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

1.1.2-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasi grafigi va uning Q1, Q2 va Q3 darajadagi chiziqlari5.
Rasmda (1) ishlab chiqarish funksiyasi grafigi berilgan, u yarmi kesilgan qozonni eslatadi. Q1' ,Q2' ,Q3' lar funksiyaning ma’lum qiymatlari bo’lib, ular funksiyaning daraja chiziqlari deyiladi. Bu erda funksiyaning daraja chiziqlariga to’g’ri keluvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmlari quyidagi tengsizlikni
qanoatlantiradi: Q1' Q2' Q3' .
Funksiyaning daraja chiziqlarining 0LK tekisligiga proektsiyasi Q1, Q2 va Q3 izokvantalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyasining yuqori daraja chizig’iga to’g’ri keluvchi izokvantaga yuqori mahsulot ishlab chiqarish hajmi to’g’ri keladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, izokvantalar bir-biri bilan kesishmaydi.
Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo’lib, ularning har biri ma’lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to’g’ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o’zida akslantiradi.
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko’pligini ko’rsatadi. Bu firmalar uchun muhim axborot bo’lib, keyinchalik ko’ramiz, qanday qilib izokvantalar mahsulot ishlab chiqarishda xarajatlarni minimallashtiradigan yoki foydani maksimallashtiradigan omillar sarfi kombinatsiyalarini tanlashga imkon yaratadi.
Ma’lum vaqt oralig’ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak, o’rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o’zgaruvchan ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. AP Q ,
F
bu erda: Q - umumiy mahsulot miqdori; AP - o’rtacha mahsulot; F sarflangan resurslar.
Chekli mahsulot - bu o’zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo’shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o’sgan qismiga aytiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bitta omil, ya’ni faqat mehnat saflansa chekli
mahsulot MPL quyidagicha aniqlanadi: MPL Q ;
L
Q - qo’shimcha birlik mehnat sarfi (L) hisobiga ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot miqdori.
Agar ishlab chiqarishda mehnat sarfi o’zgarmas bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish faqat kapitalga bog’liq bo’lsa, chekli mahsulot MPK ga teng:
Q
MPK  , K
bu erda: Q - bir birlik qo’shimcha kapital sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan
qo’shimcha mahsulot; K - bir birlik qo’shimcha sarflangan kapital.
Quyidagi jadvalda mehnat sarfi o’zgarmas bo’lganda, ishlab chiqarish hajmi faqat kapital sarfiga bog’liq bo’lgandagi o’rtacha va chekli mahsulotlar miqdori ko’rsatilgan.

Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling