This is a Baner


Download 44 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi44 Kb.
#1174551
  1   2   3
Bog'liq
Gipermatn va gipermurojaat tushunchalari

Gipermatn va gipermurojaat tushunchalari


Gipermatn to’g’risida tushuncha
Gipermatn (Gipertekst) g’oyasi 1945 yilda AQSH prezidentining ilmiy maslahatchisi Vanevar Bush tomonidan kiritilgan bo’lib, u o’sha vaqtda “Memex” (memeks) elektromexanik informatsion tizimini yaratish taqlifi bilan chiqqan, lekin uning taqlifi inobatga olinmagan.
20 yildan so’ng, ya‘ni 1965 yilda Teodor Nelson “gipertekst” terminini fanga kiritdi va “chiziqsiz” matnlar bilan bog’liq ba‘zi g’oyalarni amalga oshirdi. 1968 yilda “sichqoncha” manipulyatori asoschisi D.Yenjilbard (Doug Engelbart) tipik gipermatnli interfeysdan iborat (tizim) tizim asosida o’z ishini namoyish qildi va bu namoyish telekommunikatsiya tizimidan foydalanilgan holda o’tkazildi.
Biroq u o’z tizimini aniq ravshan qilib tushuntirib bera olmadi. 1975 yilda gipermatn g’oyasi ZOG nomini olgan atom avianosetsi(samolyotlar uchishi va qo’nishi uchun moslangan harbiy kema) “Karl Vinston” ning ichki tartib informatsion tizimida o’z aksini topdi.Tijorat variantida bu tizim KMS nomi bilan tanilgan. Ushbu yo’nalishdagi ishlar davom etaverdi va vaqt o’tishi bilan Apple firmasining HyperCard turi yoki Xerox firmasining HyperNode turi amalda qo’llanila boshladi. 1987 yilda Hypertext'87 ixtisoslashgan birinchi konferentsiya bo’lib o’tdi.
Nelson 1987 yil ma‘lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini to’zib chiqdi. Jeneva TsYeRN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Berners Li 1989 yil gipermatnli loyihani taqlif etdi.
Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Halkaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor quyildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brao’zeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o’tib Netscape brao’zerini ishlab chiqdi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq; kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni ximoyalash mavjud edi. Gipermatnli informatsion tizim g’oyasining shunisi ahamiyatliki , bunda foydalanuvchi dokumentlarni (ma‘lumotlarni) kitob o’qishdagidek ketma-ketlikda emas, balki o’ziga yoqqan tarzda ko’rib chiqishi mumkin.
Shuning uchun ham T. Nelson gipermatnni chiziqsiz matn sifatida talqin etdi.
BO’nga matnlarning turli sahifalarini bog’lovchi maxsus mexanizm gipermatnli sslkalar yordamida erishiladi, ya‘ni oddiy matnda “keyingisi-avvalgisi” tarzidagi sslkalar mavjud bo’ladi, gipermatnlarda bo’lsa qancha kerak bo’lsa shuncha sslkalar to’ziladi. Mutaxassislarning gipermatn bo’yicha eng yoqtirgan misollariga entsiklopediyalar, “Help” tizimsi kabilar kiradi.
Birinchi ko’rinishda oddiy tuyo’ladigan sslkalar yaratish mexanizmi yetarlicha qiyin hisoblanadi, chunki statistik sslkalar, dinamik sslkalarni dokument bilan bir butunlikda yoki uning alohida qismlari bilan, ya‘ni kontekst sslkalar tuzish mushkul.
Bunday yondashishning keyingi rivoji gipermatn tushunchasining boshqa informatsion resurslar hisobiga- grafikani, audio va videoinformatsiyadan gipermedia tushunchasigacha bo’lganlarni hisobga olgan holda kengayishiga olib keladi.
Shunday qilib, gipermatn – bu nostrukturaviy erkin o’sayotgan bilimni tasvirlash texnologiyasidir. Gipermatn zamirida o’zaro yo’naltirilgan semantiq aloqalar(munosabatlar) bilan bog’langan, tarmoq hosil qiluvchi informatsion ob‘ektlar tizimini tushunishadi. Har bir ob‘ekt ekranning informatsion paneli bilan bog’langan bo’ladi va foydalanuvchi ushbu bog’liqliq munosabatlardan birini tanlashi mumkin bo’ladi. Gipermatnli texnologiya bir ob‘ektdan boshqasiga , ularning ma‘noviy, semantiq bog’liqligini hisobga olgan holda joylashtirishni mo’ljallaydi.


Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling