Nazariy mashg`ulot mazmuni
To`rtinchi va beshinchi guruhda turlanuvchi otlarning asosiy belgilari
va kelishiklar bo`yicha turlanish xususiyatlari. Lug`at shakli. Kelishik
qo`shimchalari. Otlarning bosh va qaratqich kelishik birlik va ko`plik
sonlarida turlanishi. To`rtinchi guruhda turlanuvchi otlarga doir so`z yasovchi
qo`shimchalar.
Beshinchi guruhda turlanuvchi otlarning kelishiklarda turlanish
xususiyatlari. Lug`at shakli. Kelishik qo`shimchalari. Otlarning bosh va
qaratqich kelishik birlik va ko`plik sonlarida turlanishi. Ayrim
shifobaxsh o`simlik yig`malarining nomlari.
Barcha guruhlarda turlanuvchi otlarning kelishik qo`shimchalari
jadvalini tuzish.
13. Sifat darajalari va ularning tibbiyot terminologiyasida
qo`llanishi
O`quvchi bilishi kerak:
qiyosiy va ortirma darajadagi sifatlarni yasashni;
qiyosiy va ortirma darajalarni yasovchi qo`shimchalarini;
sifatlarning qiyosiy va ortirma darajalarini tibbiy atamalar bilan
moslashtirish.
Nazariy mashg`ulot mazmuni
Sifat darajalarining turlari. Sifatlarning oddiy darajasi.
Qiyosiy va ortirma darajalarni yasash. Qiyosiy va ortirma darajadagi
sifatlarni qaratqich kelishigida turlanishi. Qiyosiy darajadagi
sifatlarning anatomik va dorishunoslik terminologiyalarida
qo`llanilishi.
14. Son, ravish, olmosh, bog`lovchi va old ko`makchilarning tibbiyot
terminlarida qo`llanilishi
O`quvchi bilishi kerak:
son bilan ifodalangan ko`p qo`llaniluvchi yunon-lotin old
qo`shimchalarini;
retsepturada foydalaniladigan ravish va olmoshlarni;
retseptlarda eng ko`p qo`llaniladigan old ko`makchi va bog`lovchilarni.
Nazariy mashg`ulot mazmuni
Anatomik va tibbiy atamalarda old ko`makchi - sonlar hamda son -
ravishlar. Retsepturada eng ko`p qo`llaniluvchi ravish va olmoshlar haqida
ma`lumot. Tabobat amaliyotida qo`llaniluvchi bog`lovchilar.
VII. Tavsiya etilgan adabiyotlar va internet saytlari ro`yxati
Asosiy adabiyotlar
1. M.N.Boliev «Lotin tili va meditsina terminologiyasi». Toshkent, Zar
qalam nashriyoti, 2005, 2007 yil
2. F.I.Muchnik, M.G.Travitskaya va boshqalar «Latinskiy yazыk». Toshkent,
Meditsina nashriyoti, 1987.
Qo`shimcha adabiyotlar
1. “Hammabop tibbiyot qo`llanmasi”. Toshkent, 2006 yil
2. “Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish” Toshkent, Ibn Sino
nashriyoti, 2003 yil
3. Spravochnik Vidal. Toshkent, 2010 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |