Endometrit. Ayollarda bachadon ichki shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi.
Entrerobioz - yo‘g‘on ichakda parazitlik qilib, tuxumlari ‘yinchoq, idish, yaxshi yuvilmagan meva-sabzavotlar, ifloslangan suv orqali yuqib, surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Enurez - bolaning tez-tez hayajonlashiga, qo’rqishiga olib keladigan baqirishlar, janjallar tufayli, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladigan, siydik ayirish yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalligi.
Epidemiologiya - yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, ayrim hududlarning aholisi o`rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini o'rganadi.
Epidemiya - qandaydir yuqumli kasallikning viloyat, respublika miqyosida bir paytning o'zida tarqalishi.
Exinokokkoz - asosan jigar, o‘pka to‘qimalarining zararlanishi bilan surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Faringit – tomoq (halqum) shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Farmakologiya dorishunoslik fani.
Gelmintozlar - odamda va hayvonlarda tekinxo‘rlik qilib yashaydigan gijjalar.
Gemorragik shok - jarohatlanish yoki qon kasalligi natijasida ko`p qon yo`qotish bilan karaxt holatida bo`lishi, yoki hushini butunlay yo`qotishi, teri oqarib, qo`l-oyoqlari sovib, ko`z qorachiqlari kengayib, nafas olish tez, yuzaki, tomir urishi kuchsiz, tezlashgan, arterial qon bosimi pasaygan, siydik ajralishi to`xtab o`tkir buyrak yetishmovchiligi vujudga keladigan holat.
Genetika - nasl kasalliklarini o`rganadigan fan.
Genlar - barcha mavjudodlarning, hujayralari yadrosida joylashgan xromasomalaring tarkibiga kiruvchi, nasldan-naslga berilish xususiyatlarining material asoslaridan biri.
Gigiyena - yunoncha "gigiyeya"-"sog`liq haqya etaman" demakdir.
Gipertoniya - arterial qon bosimining me’yorga nisbatan ortishi.
Gipertoniya kasalligida qo‘llanadigan dorilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |