Tibbiy bilim asoslari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorin tifi
- Raxit
- Salmonellyoz
- Shershevskiy – Terner sindromi
Qattiq dori shakli: kukun, tabletka, draje, kapsula, granula.
Qon guruhlari - qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogеn A va B, plazmasi tarkibida agglyutinin α va β moddalarining bo’lish kombinatsiyasiga qarab, to’rt guruhga bo’linishi. Qon ketishi - tashqi zarba ta’sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi. Qon quyish - og’ir shikastlanganda va ko’p qon yo’qotilganda uzoq davom etadigan og’ir kasalliklarda bеmorni davolash uchun qon quyish kеrak bo’ladi. Qorin tifi - ingichka ichak shilliq pardasining yallig`lanishi va yaralar hosil bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan yuqumli kasallik. Quturish - bosh miya nerv to'qimasining zararlanishi bilan kechadigan va bemorning o`limi bilan tugaydigan o'ta xafli zoonoz infeksion kasallikdir. Raxit - organizmda vitamin “D” yetishmasligi tufayli kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Rinit – (tumovlash) burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishi. Ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar: Rеzus omil (Rh) -qonning eritrotsitlarida agglyutinogеn A va B dan tashqari, yana bir modda bo’lib, 85 % odamlar qonida bo’ladi va ular rеzus musbat qonli (Rh+) dеb ataladi,15 % odamlarning qonida bu omil bo’lmaydi va ular rеzus manfiy, (Rh-) qonli odam dеb ataladi. Salmonellyoz - qusish, ich ketish bilan kechadigan yuqumli ichak kasalligidir. Sanitariya - gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va me'yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya'ni bajarilishini nazorat qiladi. Sepsis - tana haroratining besh kundan ko'p muddat dayomida 40° va undan yuqori bo'lishi, uzoq vaqt davom etayotgan pnevmoniya, angina, terida yiringli yaralarning paydo bo`lishi, organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan xavfli yuqumli kasallikr Shershevskiy – Terner sindromi – ayollarda uchraydigan irsiy kasallik. Shok - markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holati. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling