6. Talabalar mustaqil bajarishi uchun mavzuga doir vaziyatli
masalalar
1-masala: Paxta terimiga uyborilgan talabalarning ko`pchiligida qichima kasalligi
aniqlandi. Uning sabablarini tushintiring. Qanday choralarni amalga oshirib
kasallikni tugatish mumkin ?
2-masala: Hayvondan olingan kanani mikroskopda tekshirilganda orqa tomonida
xitin qalqon aniqlanmadi, og`iz apparati ham ko`rinmaydi. Bu kana qanday kanalar
oilasiga kirishi mumkin ?
3-masala: Ba`zan kasal qonini so`rmagan kanalarda kasallik qo`zg`atuvchilarni
aniqlash mumkin. Buni qanday tushintirish mumkin ?
4-masala:.Iksod kanalari imago holatiga ba`zan 1 - 2yilda, ba`zan esa 7-8 yilda
yetishi mumkin. Buning sababini tushintirib bering.
5-masala: Suvaraklar ko’p tarqalgan uyda bolalarda sababi noma'lum allergiyalar
tez-tez ko’zatilib turadi. Buning sababi nimada deb o’ylaysiz ?
6-masala: Fuqorolar urushi yillarida askarlarning orasida qaytalama va toshmali
terlama kasalliklari juda ko’p tarqalganligi ma'lum. Buning sababini tushuntirib
bera olasizmi ?
7-masala: Bitlarning kasallik qo’zg’atuvchilarini odamga qanday yuqtirish
mexanizmlarini aniqlash uchun olimlar o’zlarini bitlarga chaqtirib ko’rganlar.
Sizning fikringizcha, bu tajribalarning natijasi qanday bo’lgan ?
7. Talabalar mustaqil bajarishi uchun mavzuga doir testlar.
1. O’rgimchaksimonlarning turkumlarini belgilang ?
1. Falangalar
2. Qoraqurtlar
3. Chayonlar
4. Qandalalar
5. O’rgimchaklar
6. O’rgimchakkanalar
7. Kanalar
8. Biy (Tarantul) lar
2. Kanalarda qanday tipdagi og’iz apparati bo’lishini belgilang
1. Sanchib-so’ruvchi
2. Yalovchi
3. Suruvchi
4. Sanchib-kemiruvchi
5. Kemiruvchi
6. Sanchib-yalovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |