Tibbiy biologiya va genetika 2-semestr mustaqil ishlari 2- mashg’ulot Mavzu: Embrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari(Embrioegenez)Teratogen omillar
Talabalar mustaqil bajarishlari uchun test savollari (
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
2-аmaliy mashgulot
7. Talabalar mustaqil bajarishlari uchun test savollari (test javoblari
daftarga bajariladi) 1.Embriogenez jarayonida hujayralarda qanday jarayonlar sodir bo’ladi. 1) Genetik, morfologik differensirlanish 2) Morfologik, biokimyoviy differensirlanish 3) Fiziologik differensirlanish 4) Hujayralarning yiriklashishi 5) Hujayralarning to’planib borib differensirlanishi 6) Totipotent hujayralarning ortib borishi. 2. Embrioegenezning buzilishlari, ularning mexanizmlari, oldini olish yo’llarini qaysi fan o’rganadi va embriogenez buzilishi hisobiga qanday nuqsonlar kelib chiqadi? 1) Teratologiya fani 2) tug’ma nuqsonlar 3) tug’ma anomaliyalar 4) embriologiya fani 5) orttirilgan anomaliyalar 6) orttirilgan nuqsonlar 3. Tug’ma nuqsonlar morfo-fiziologik buzilish xiliga qarab qanday xillarga bo’linadi? 1) aplaziya, gipoplaziya,geteroplaziya 2) gipotrofiya,geterotropiya,gipertrofiya 3) geteroplaziya,stenoz, atriziya 4) gigantism,nanism 5) gigantism, gipertrofiya,atriziya 6) akromegaliya, nanism, geteroplaziya 4. Kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma nuqsonlarning qanday xillari mavjud? 1) genetic-gen, xromosoma mutatsiyalari natijasida 2) ekzogen- tashqi muhitning zararli omillari natijasida 3) multifactorial (aralash)-genetik va ekzogen omillar ta’sirida 4) modifikatsion va kombinativ o’zgaruvchanlik hisobiga 5) endogen- tashqi muhitning zararli omillari natijasida 6) Faqat endogen omillar ta’sirida. 5. Blastula bu…..? 1) maydalanish nihoyasida hosil bo’lgan murtak pufakchasi 2) tashqi devori blastoderma bo’lgan blastotsel 3) ichki bo’shlig’I ya’ni blastotseli bo’lgan pufakcha 4) blastomerlari to’plam-ro’plam joylashgan, blastotselga ega pufakcha 5) blastotsel va bir yoki ko’p qavatli hujayralardan iborat blastodermasi bo’lgan pufakcha 6) blastotseli ko’p qavatli, blastodermasi esa bir qavat bo’lgan pufakcha 6. Embriogenezda sodir bo’ladigan jarayonlarning ketma ketligi? 1) Progenez 2) Gastrulyatsiya va blastulaning xosil bo’lishi 3) Urug’lanish 4) Maydalanish va gastrulaniing xosil bo’lishi 5) Maydalanish va blastulaning xosil bo’lishi 6) Gastrulyatsiya va embrion varaqlarining shakllanishi 7) o’q a’zolardan splanxnatomning hosil bo’lishi 8) Provezer a’zolarning hosil bo’lishi va o’q a’zolarning shakllanishi 9) O’q a’zolar kompleksining shakllanishi 10) Gistogenez va organogenez 7. Organizm rivojlanishidagi qaltis davrlar va ularning muddati qanday? 1) implantatsiya (6-7 hafta) 2) implantatsiya (6-7 kun) 3) yo’ldoshning hosil bo’la boshlashi (2-hafta oxiridan boshlanadi) 4) Platsentatsiya (2-oy oxirida boshlanadi) 5) Tug’ilish (e’tiborni talab etuvchi muhim qaltis davr) 6) Homilada muvaqqat a’zolarning shakllanishi bilan bog’liq qaltis davr 8. Gistogenez va organogenez quyidagi jarayonlar natijasida sodir bo’ladi 1) Embrional varaq hujayralarining murakkab o’zaro ta’siri bilan 2) Totipotentlik 3) Hujayralarning murakkab siljishi bilan 4) Hujayralarning tez bo’linib, nobud bo’lishi bilan 5) Hujayralarning ko’pincha va o’sishi natijasida 6) Hujayralar migratsiasi bo’lmasligi va faqatgina ularning differensirlanishi natijasida 9. Ona qornida rivojlanish xos bo’lgan organizmlarni ko’rsating? 1) odam 2)primatlar 3) tuxumida sariqlik ko’p bo’lgan reptiliyalar 4) yexidnalar 10. Maydalanish nima va unda hosil bo’lgan hujayralar qanday nomlanadi 1) Zigotaning keyingi rivojlanishi uchun mitoz bo’linishi 2) Maydalanishda hosil bo’lgan hujayralar blastomeralar deyiladi 3) Maydalanish-bu homila varaqlarining hosil bo’lishi 4) Maydalanishdan hosil bo’lgan hujayralar to’qimalar deyiladi 11. Mezoderma necha xil yo’l bilan va u odamda qanday yo’l bilan hosil bo’ladi? 1) Teloblastik va enterotsel yo’l bilan 2) Mezoderma odamda enterotsel yo’l bilan hosil bo’ladi 3) Invaginatsiya va epiboliya yo’li bilan 4) Mezoderma odamda epiboliya yo’li bilan hosil bo’ladi 12. Qanday provizor a’zolarni bilasiz? 1) Sariqlik xaltasi, amnion,allantois 2) Xorion, yo’ldosh 3) Nerv nayi 4) Jabra yaproqlari 13. Provizor a’zolar…………. 1) Homiladan tashqari a’zo, vaqtincha faoliyat ko’rsatadi 2) Muhit bilan aloqani ta’minlaydi 3) Birinchi qon hosil qiluvchi a’zo 4) Azot balmashinuvida qatnashadi 14. Yo’ldosh qanday funksialarni bajaradi? 1) Trofik, ekskretor 2) Nafas olish, Baryer(himoya qilish) 3) Birlamchi jinsiy hujayralar hosil qiladi 4) Homilani qurib qolishdan saqlaydi 15. Yo’ldoshda qanday gormonlar sintezlanadi? 1) Gonodotropin, progesterone 2) Somototropin,lactogen 3) Tiroksin, gonadotropin 4) drenalin,noradrenalin 16. Yo’ldosh nimalar uchun baryer emas? 1) Alkogol,nikotin,ba’zi dori preparatlari,giyoxvand moddalar 2) Yot oqsil va uglevodlar uchun 3) Faqat oqsil va uglevodlar uchun 4) Faqat suv va vitaminlar uchun 17. Mavjudotlar tuxum hujayrasidagi sariqlik miqdoriga ko’ra qanday maydalanish xillari bor? 1) Goloblastik 2) Meroblastik 3) Diskoidal 4) Goloblastik va sentroletsital 5) Birlamchi,ikkilamchi izoletsital 6) Teloletsital,diskodial,meroblastic, goloblastik 7) Goloblastik, meroblastik, diskodial 8) Oligoletsital, mezoletsital, poliletsital 18. Gastrulyatsianing qanday tiplari farqlanadi 1) Delyaminatsiya 2) Delyaminatsiya va singamiya 3) Totipotensiya, epiboliya, delyaminatsiya 4) Invaginatsiya 5) Immigratsiya 6) Epiboliya 7) Rivojlangan epiboliya va totipotensiya 8) Totipotensiya 19. Epiboliya ko’proq rivojlangan 1) Sut emizuvchilarda 2) Qushlarda 3) Sudralib yuruvchilarda 4) Ayrim baliqlarda 5) Baqalarda 6) Tritonlarda 20. Sklerotom va dermatomlarning hosilasi nima? 1) Suyaklar va teri epidermis 2) Suyaklar 3) Teri 4) Terining derma qavati 5) Biriktiruvchi to’qima va tayanchy sistemasi 6) Terining derma qavati va suyaklar 21. Murakkab umurtqalilarda qanday provezor a’zolar bo’ladi? 1) Amnion 2) Sariqlik xaltachasi 3) Allantios va xorion 4) Faqatgina amnion va xorion 5) Faqatgina sariqlik xaltachasi, allantois va xorion 6) Faqatgina amnion, Allantois va xorion 22. Amnion nima? 1) Murtakni bir tomonlama qoplagan tuzilma 2) Murtakni o’rab turgan suyuqlikni qoplagan embrionning doimiy a’zosi 3) Ektodermadan vujudga kelgan provezor organ 4) Murtakni yuvib turuvchi tuzilma 5) Baliq va qushlargha xos tuzilma 6) Sudralib yuruvchi, qush va sut emizuvchilarga xos tuzilma 23. Sut emizuvchilar blastulasining o’ziga xosligi.. 1) Blastoderma deyarli bir xil kattalikdagi embrioblastlardan iborat 2) Blastoderma trofoblastlardan iborat 3) Blastotsista bo’shligi notekis 4) Blastulada o’ta och embryoblast hujayralar bo’ladi 5) Oqimtir embryoblast hujayralar bo’ladi 5) Oqimtir embrioblastlar bor 6) Blastotsistada to’q embryoblast va och rangli trofoblastlar bo’ladi 24. Ontogenez jarayonida hujayralarning differensirlanish jarayoni tiriklikning asosan qanday tashkiliy darajasida sodir bo’ladi? 1) Molekulyar-genetik 2) Molekulyar 3) Organizm 4) Hujayra, to’qima 5) Biogeotsenoz 6) Biosfera 25. Embriogenez jarayonida differensirlanayotgan hujayralarda qanday genlar o’z ifodasini topgan? 1) O’ziga xislikni ta’minlovchi genlar 2) Umumiy sifat belgilariga egaligini ta’minlovchi genlar 3) Jinsni belgilovchi genlar 4) Jinsni va o’ziga xoslikni belgilamaydigan genlar 5) Umumiy sifat belgisini va totipotentlikni belgilamaydigan genlar 6) Modda almashinuvini ta’minlovchi fermentlarni hamda xususiylikni ta’minlovchi jarayonlarni ta’minlamaydigan genlar Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling