Tibbiy biologiya va genetika zaharli xayvonlar
Download 212.04 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-amaliy dav
Tibbiy biologiya va genetika ZAHARLI XAYVONLAR ZAHARLI HAYVONLAR Ona zaminimiz hayvonot dunyosiga juda boy, ularning turlari xilma-xil va rang-ba- rang bo'lib, ba'zi turlari esa hatto hayotimiz uchun xavfli hisoblanadi. Bularga zaharli hayvonlar misol boʻladi. Ular zaharli moddalar hosil qiladigan maxsus bezlarga ega, ba'zi turlari esa zaharli hayvon boʻlgani bilan zahar ishlab chiqaradigan zaharli bezlari bo'lmaydi. Ularning ayrim organlari, to'qima suyuqligi, seroz pardalar va qoni zaharli- dir. Bunday hayvonlar iste'mol qilinganda yoki bilmay yutib yuborilganda, zaharlanish kabi salbiy holatlarga olib keladi . Odatda, zaharli hayvonlar ikkita katta guruhga ajratiladi. 1. Birlamchi zaharli hayvonlar yoki faol zaharli hayvonlar; 2. Ikkilamchi zaharli hayvonlar yoki nofaol zaharli hayvonlar. Faol zaharli hayvonlarga maxsus zaharli bezlari yoki hujayralari boʻlgan hayvonlar kirib, ular zaharli modda - toksin ishlab chiqaradi va boshqa organizmga toksinlarini kiritish uchun maxsus jarohatlaydigan apparatiga ega bo'ladi. Odatda, bunday zaharli hayvonlar zaharlaridan hujum qilish uchun foydalanadi. Nofaol zaharlilarga ayrim a'zolarida yoki to'qimalarida metobolizmning toksik mahsulotlari to'planadigan hayvonlar kiradi. Bunday guruhga mansub hayvonlar iste’mol qilinganda zaharlanish ro'y beradi Yana shunday hayvon turlari mavjudki, ularda zaharli bezlari bo'lgani bilan jarohatlaydigan apparatiga ega emas. Bunday zaharli hayvonlar oraliq holatni egallaydi. Ularga misol sifatida ayrim sudralib yuruvchilar (amfibiyalar)ni olishimiz mumkin. Ushbu guruhga kiruvchilar, zaharli moddasidan himoya sifatida foydalanadi. Hayvonot olamining evolyusiyasi natijasida hayvonlarning zaharlilik hususiyati, ayniqsa, zaharli moddalarning kimyoviy tuzilishi ko'plab o'zgarishlarga uchradi. Agar dastlabki zaharli moddalar, metabolitlar struktura (tuzilma) jihatidan juda sodda tuzilgan bo'lsa, keyingi davrlarda paydo bo'lgan zaharlar murakkab tuzilishga ega bo'la boshla- di. Oxir oqibat shunday zaharli moddalar hosil bo'la boshladiki, hatto zaharning tuzilishi shaxsiy organizm oqsillari uchun "begona" bo'lib qoldi. Shu sababli zahar tushgan joy- dagi to'qimalar, hujayralar, a'zolar shikastlandi, jarohatlandi. Zahar organizmning oqsil tuzilishidan qanchalik farq qilsa, zaharlanish darajasi shunchalik yuqori bo'lishi ma'lum bo'ldi Zahar bu ma'lum bir doza (miqdor)da, hattoki juda kam miqdorda bo'lsa ham orga- hizmning hayotiy faoliyatini buzilishiga, zaharlanishiga, kasalliklarga, patologik holat- larning kelib chiqishiga va o'limga ham olib kelishi mumkin bo'lgan moddadir. Zaharli hayvonlarning zaharlari va zaharli moddalari toksik faolligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim zaharli moddalarda neyrotoksinlar ko'proq boʻlib, nerv sistemasiga ta'sir etsa, boshqalarida gemorraginlar, miotoksinlar ko'proq bo'lishi mumkin va ular qon, muskul sistemalarini zaharlaydi Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, yer yuzida har yili zaharli hayvonlar chaqishidan 10 min.dan ortiq odamlar iztirob chekishadi. Shu jum ladan, 500 mingdan ortiq odam zaharli ilonlar chaqishidan (ulardan 30-50 mingga yaqini o'lim bilan tugaydi), 20 mingga yaqin odam zaharli baliqlarni iste'mol qilganliklari tu- fayli (ulardan 300 ga yaqini o'lim bilan tugaydi) zaharlanadila Bir turga mansub zaharli hayvonlar zaharining ta'sir kuchi ko'p omillarga - yashash joyi, oziqlanishi xarakteri, yil fasllariga bog'liq holda oʻzgarib turishi mumkin. Odatda, urg'ochilarini zaharlari yoki zootoksinlari kimyoviy tarkibi boʻyicha turli komponent- larga ega boʻlib, ta'sir doirasi keng boʻladi. Toksinlarning ko'pchiligi oqsil tabiatiga ega bo'lib, neyrotrop va psixotrop ta'sir ko'rsatadi Faol zaharli hayvonlar zahari kuchli toksik ta'sirga ega. Zaharli hayvonlarning zahan tarkibi, u ta'sir qiladigan organlar sistemasi, a'zolar, zahar tarkibiga kiruvchi har bir komponentning qaysi a'zoga, qaysi to'qimaga qanday ta'sir qilishi va qanday o'zga- rishlarga olib kelishini alohida fan- toksikologiya fani o'rgatadi. Ushbu o'quv ada- biyotida esa, asosan, zaharli hayvonlarning turlari, zaharlanishning birinchi belgilari, zaharlanishda ko'rsatiladigan birinchi yordam nimalardan iborat boʻlishi kerakligi haqi da ma'lumot beramiz Zaharli hayvonlar turli sistematik guruhlarga tegishlidir. Sodda hayvonlar orasida ayrım zooplanktonlar guruhiga kiruvchilar zaharli bo'lib, ularning zahari neyrotoksin- lar guruhiga kiradi. Ulammg muntazam iste'mol qiladigan baliqlar va yumshoq tanlilar ovqatga ishiatilsa, organizmning zaharlanishiga, ularning periferik nerv sistemasi faoli- yatini izdan chiqishiga sababchi bo'lishi mumkin. Odamlar uchun zaharli bo'lgan kovakichlilarga aktiniyalar, korallarning ayrim turlari va meduzalar kiradi. Ularning og'iz teshigi atrofida va paypaslagichlarida ko'p sonli maxsus otiluvchi hujayralar joylashgan boʻlib, ularda zaharli modda ishlab chiqariladi. Agar odam ularning paypaslagichlariga tegib ketsa, jarohatlanishi mumkin. Ularning zaharı neyrotrop va gemolitik ta'sir kuchiga ega. Kovakichlilar zahari tarkibida: organik kislotalar, gistamin, serotonin, siklik amınlar va oqsil tabiatiga ega turli toksinlar boʻladi. Kovakichlilar tipiga mansub hayvonlardan: tropik korallar, meduzalar va tropik sifonos- fera ("portugaliya kemachasi")larnmg zabari kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin Aktiniyalar, siancya (Cyanea sp) meduzasi, ildiz og'iz (Rhizostoma pulmo) meduzaning zahari faqat mahallly ta'sir ko'rsatib, terini kuydirishi mumkin. Kovakichlllardan eng xavflisi kuydiruvchi yolg'on korall (Millipora alcicorniis) boʻlib, Tinch va Hind okeani sohillardagi tropik tumanlarda, shuningdek, Karib dengizida uchraydi. Agar yolg'on ko- rallga qo'l tekkizguday boʻlinsa, o'sha zahoti qo'lda kuchli og'nq paydo boʻladi. Keyin o'sha joy yallig'lana boshlaydi, ba'zan butun tananing umumiy zaharlanishi ham kuza- filadi. Yolg'on korall koloniyalar hosil qilib yashaydi "Daraxtning" chiroyli shoxlari odamlarni o'ziga jalb qi ladi. Shuning uchun ko'pchilik korall shoxlarini qo'liga oladi, natijada zaharlanadi. Gidroidlaming erkin suzib harakatlanadigan vakillari ham inson uchun xavf tug'di- rishi mumkin. Yaponiya, Koreya qirg'oqlarida Saxalinning janubly qismida va Kuril orollarida uncha katta bo'lmagan "butsimon" meduza (Gonicnemus vertens)lar yashaydi Ularning tanasi yapaloq qo'ng'iroq shaklida boʻlib, diametri 25 mm.lar bo'ladi. Uning qirrasida 80 tacha paypaslagichiar boʻlib, ularning barchasi so'rg'ichlar bilan tu- gaydi. Qo'ng'iroq markazida 4 ta baxmalsimon lablar boʻlib, o'ralgan og'iz teshigi joy- lashgan. Qo'ng'iroq ichida 4 ta oqish yo'lcha bo'lib, ular atrofida qoramtir rangli jinsiy bezlar joylashgan. Bu mzilinalar qo'ng'iroq ichidagi butni eslatadi, shu sababdan ularni butsimon meduza deb ham atashadi Yumshoq tanlilar orasida, sakkizoyoqlar va Conus avlodiga kiruvchi qorin oyoq- li mollyuskalar zaharlidir. Sakkiz oyoqlilarning zahari tarkibida gistamin, shuningdek, yuqori toksik ta'sir kuchiga ega komponentlar boʻladi. Sakkiz oyoqlarning hattoki ki- chik bo'lgan turlari ham zaharli bo`ladi. Sakkizoyoqlilar ichida eng xavflisi kattaligi kaftdek keladigan Avstraliya sakkizoyog'idir (Halatochaena maculosis). Uning zahari- dan odam bir necha daqiqa ichida halok bo'lishi mumkin. Tishlagan joyida katta chuqur jarohat qoladi, jarohatning katta-kichikligidan qat'i nazar juda ko'p qon ketadi. Demak, sakkizoyoq zahari qonni ivish xususiyatini keskin susaytiradi Odatda, sakkizoyoqlar birinchi bo'lib odamga hujum qilmaydi, lekin ular bezovta qilinsa yoki ularni ushlab olishga harakat qilinsa, ular jarohat yetkazadilar. Inson uchun qorinoyoqlilar ichida Conus zotiga kiradigan mollyuskalar nisbatan xavfli boʻlib, ular Hind okeani havzasi, G'arbiy Tinch okeani kirg'oqlan, Polineziyadan to Sharqiy Afinka va Qizil dengizgacha bo'lgan havzalarda keng tarqalgan. Odatda, sakkizoyoqlar birinchi bo'lib odamga hujum qilmaydi, lekin ular bezovta qilinsa yoki ularni ushlab olishga harakat qilinsa, ular jarohat yetkazadilar. Inson uchun qornoyoqlilar ichida Conus zotiga kiradigan mollyuskalar nisbatan xavfli boʻlib, ular Hind okeani havzasi, G'arbiy Tinch okeani kirg'oqları, Polineziyadan to Sharqiy Afnka va Qizil dengizgacha bo'lgan havzalarda keng tarqalgan. Ignaterililar tipi barcha dengiz va okeanlarning qirg'og'idan tortib, ularmmg tubiga- cha joylashgan 6 mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi. Odam uchun oʻrtacha 80 turdagi dengiz tipratikonlari, dengiz yulduzları, ofiuralar xavfli deb hisoblanadi. Eng xavflisi dengiz tipratikonidir (Echinoldea). Ular to'lqinlar va oqimlardan xoli bo'lgan qumli chuqurliklarda, qoyalar teshigi va g'orlarda, qoyalar orasida yashaydi.Ignasini odam terisiga sanchganda ignasi sinib, zahar to'g'ridan- to'g'n sanchilgan joyga tushadi. Tipratikon ignalari sanchilgan joyda kuchli og'rik seziladi, bu og'riq qizdirilgan mix kirgandek ta'sirga ega bo'ladi. Bir nechadaqiqadan so'ng giperemiya yuzaga kelib,o'sha joy shishib ketadi, ba'zan mahalliy sezgi yo'qolib, hatto falajlik harn kuzatilishi mumkin. Eng zaharli dengiz tipratikonları tropik dengizlarda boʻladi. Goloturiya (Golothuri- oidea yoki dengiz bodringi) boshqa ignaterililardan tanasining uzunchoqligi bilan farq- lanadi. Golotunya zahari goloturin deb ataladi. Goloturin o'tkir gastrit, ko'ngil aynishi, qayt qilish kabi alomatlarni yuzaga chiqaradi. Zaharlanishda tananing barcha qismida kuchli og'nq kuzatiladi. Qo'llar shishadi va qizaradi. Intoksikatsiyani davom etishi or- ganizmga tushgan zahar miqdoriga bog'liq bo'ladi. Goloturini ko'zga tushishi ko'rlik- ka olib keladi. Dengiz tipratikonları zaharli hayvon sifatida xavf tug'dirishi mumkin. Download 212.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling