Tibbiy bioximiya magistratura mutaxassisligi boyicha kirish savollari
Download 156.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Тиббий-биохимия-узб
Tibbiy bioximiya magistratura mutaxassisligi boyicha kirish savollari
1. Oqsillar tuzilishining peptid nazariyasi. Biologik faol peptidlar. 2. Oqsillarning biologik vazifalari. Oqsillarning elementar tarkibi. To’qima va a’zolarning oqsil tarkibi. 3. Oqsillar tasnifi. 4. Oqsillarning birlamchi strukturasi, uni tur va tur ichi spetsifikligi, turli tumanligi va funksiyalari bilan bog’liqligi(turli hayvonlar va odamning insulin garmoni misolida). 5. Oqsillarning ikkilamchi tuzilishi va uning biologik funksiyalariga bog’liqligi 6. Oqsillarning uchlamchi strukturasi. Oqsillar biologik xususiyatlarining uchlamchi strukturaga bog’liqligi. 7. Oqsillarning superikkilamchi strukturalari. Oqsil molekulasining konformatsion o’zgarishlari. 8. Folding, shaperonlar, issiqlik shoki ingibitorlari. 9. Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi. Oqsillar biologik faolligining to’rtlamchi strukturaga bog’liqligi; protomerlar komplementarligi; protomerlar konformatsiyasining kooperativ o’zgarishi (gemoglobin misolida). 10. Izofunksional oqsillar. 11. Oqsillarning ligandlar bilan ta’sirlashuvi. 12. Oqsillarni erishi va cho’kishi. Oqsillarning kolloid xususiyati. 13. Oqsillarni ajratish usullari. Xromatografiya, tuzlash, gelfiltratsiya va dializ usullari. 14. Oqsillarning molekulyar massasi va uni aniqlash usullari. 15. Oqsillar denaturatsiya va renativatsiyasi, tibbiyotda qo’llanilishi. 16. Organizm oqsil tarkibining ontogenezda o’zgarishi. 17. Proteinopatiyalar. 18. Eng ko’p tarqalgan hujayra nukleotidlari. DNK va RNK. 19. Nuklein kislotalarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturasi. 20. Chargaff qoidalari. Spesifiklik koeffitsiyenti. 21. RNK tuzilishining o’ziga xosligi: axborot, transport RNKlar. Ribosomalar tuzilishi. 22. Nuklein kislotalarning duragaylanishi. DNK-DNK va DNK-RNK. Restriktazalar. 23. Xromatin tuzilishi, nukleosomalar, giston va giston bo’lmagan oqsillari, vazifalari. 24. Hujayra bo’linish fazalari, siklinlar, ularni DNK sintezi bilan bog’liqligi. 25. Irsiy axborotni nasldan naslga o’tkazish bosqichlari. DNK biosintezi (replikatsiya): 26. DNK-polimerazalar va ularning DNK boisintezidagi o’ziga xos vazifalari. 27. Replikatsiyadan so’ng bo’ladigan o’zgarishlar: metillanish, telomerlanish, reparatsiya. 28. RNK biosintezi – transkripsiya. RNK-polimeraza turlari. 29. Ribosomal, transport va axborot preRNKlarning yetilishi. 30. Bir gen - bir oqsil (bir sistron – bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi. Kolinearlik; Nirenberg va Matteyning tajribasi. 31. Genetik kod va uning xususiyatlari. 32. Nukleotidlar (kodonlar) va aminokislotalar o’rtasida komplementarlikning yo’qligi; tRNK adaptor sifatida; izoakseptor tRNK. 33. Oqsil sintezining asosiy bosqichlari: Aminokislotalarning aktivlanishi: aminoatsil- tRNK-sintetazaning substrat spesifikligi. 34. Oqsil sintezining asosiy bosqichlari: Initsiatsiya. 35. Oqsil sintezining asosiy bosqichlari: elongatsiya ва terminatsiya.
36. Oqsillardagi translyatsiyadan keyingi o’zgarishlar: oligomer oqsillarning hosil bo’lishi, qisman proteoliz, oqsil bo’lmagan komponentlarning qo’shilishi. 37. Nuklein kislota va oqsillar sintezi ingibitorlari (antimetabolitlar, antibiotiklar, interferon va toksinlar). 38. Prokariot va eukariot hujayralarda oqsil biosintezining boshqarilishi va hujayra differensirovkasi. Genlar ta’sirining gоrmonlar yordamida boshqarilishi. 39. DNKning jarohatlanishi va reparatsiyasi. Apoptoz. Molekulyar mutatsiyalar: almashtirish, deletsiya, nukleotidlar kiritish. 40. Oqsillar polimorfizmi. Organizm kimyoviy (antigen) tarkibi o’ziga xosligining to’qima mustaqilligi (transplantatsion) asosi haqida tushuncha. 41. Fermentlarning tuzulishi va xususiyatlari, katalitik va boshqaruv markazlar; kofaktorlar, koferment va prostetik guruhlar. 42. Fermentativ reaksiya tezliklarining harorat, muhit, ferment va substrat konsentratsiyasiga bog’liqligi. 43. Fermentativ reaksiyalar kinetikasi. Mixaelis va Menten konstantasi va uni ahamiyati. 44. Fermentlar klassifikatsiyasi va nomenklaturasi. Fermentlar faolligini o’lchash birliklari. 45. Fermentlarning xujayra ichida joylashishi. Izofermentlar. 46. Fermentlar ingibitorlari; ingibirlanish turlari. 47. Dori moddalar – fermentlar ingibitorlari sifatida. 48. Fermentlar faolligining boshqarilishi: massalar ta’sir qonunining ta’siri; ferment miqdorining o’zgarishi; 49. Fermentlar faolligining boshqarilishi: Profermentlar; fermentning kimyoviy modifikatsiyasi; fosforillanish-defosforillanish yo’li. 50. Аllosterik fermentlarning to’rtlamchi strukturasi va ferment protomerlari konformatsiyasining kooperativ o’zgarishi, allosterik boshqarilish. 51. Immobillangan fermentlar, ularni tibbiyotda qo’llanilishi. 52. A’zo va to’qimalar ferment tarkibining farqi. Organospesifik fermentlar. Ontogenezda ferment tarkibining o’zgarishi. 53. Klinik enzimologiya: Enzimodiagnostika. 54. Klinik enzimologiya: Enzimopatologiya. 55. Klinik enzimologiya: Enzimoterapiya. 56. Vitaminlar haqida tushuncha, tasnifi, nomenklaturasi, kofermentlik vazifalari. 57. Yog’da eruvchi vitaminlar: Vitamin A. 58. Yog’da eruvchi vitaminlar: Vitamin D. 59. Yog’da eruvchi vitaminlar: Vitamin E ва К. 60. Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin B 1 va B 2 . 61. Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin B 6 va B
5 (pantoten kislota). 62. Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin H va PP. 63. Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin B 12 va Folat kislota. 64. Suvda eruvchi vitaminlar: Vitamin C va P. 65. Vitaminsimon moddalar. 66. Alimentar va ikkilamchi avitaminoz va gipovitaminozlar. Gipervitaminozlar. 67. Antivitaminlar. 68. Moddalar almashinuvi va uning bosqichlari. 69. Ovqatlanish, ovqatning asosiy va minor tarkibiy qismlari, balansli va ratsional ovqatlanish. 70. Hazmlanishning asosiy tamoyillari: ovqatlanishdagi qisman o’rnini bosish. Ovqat tarkibidagi almashtirib bo’lmaydigan tarkibiy qismlar. 71. Ovqatning mineral tarkibiy qismi. Ovqat va suv tarkibida mikroelementlar etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan regionar kasalliklar. 72. Modda almashinuvini o’rganish usullari. Metabolizm, metabolik yo’llar haqida tushuncha, metabolizm xaritasi. 73. Katabolizm va anabolizm. Asosiy ovqat moddalari katabolizmining sxemasi. 74. Membranalar to’g’risida tushuncha, membranalar vazifalari. 75. Lipid tarkibi, lipid qo’shqavatining tuzilishi. Xujayra membranasi oqsillari, glikoproteidlar va ularning vazifalari. 76. Membranalarning umumiy xususiyatlari, hujayra membranalarining turli-tumanligi. 77. Membrana reseptorlari. Membrana orqali signallarning o’tkazilishi. 78. Membrana orqali moddalarning o’tkazilishi: oddiy, engillashgan diffuziya, aktiv transport. 79. Vezikulyar, mexanik, elektroforetik transport 80. Katabolizmning xususiy (uglevod va ko’pchilik aminokislotalardan piruvat hosil bo’lguncha) va umumiy yo’llari haqida tushuncha. 81. Tirik xujayradagi endergonik va ekzergonik reaksiyalar. Makroergik moddalar. 82. Substratlarning degidrogenlanishi va vodorodning oksidlanishi (suv hosil bo’lishi). Degidrogenazalar va vodorodning birlamchi akseptorlari – NAD va flavoproteinlar; NADH-degidrogenaza. 83. Terminal oksidlanish: ubixinon, sitoxromlar. Sitoxromoksidaza. 84. Elektron tashuvchilarning oksidlanish-qaytarilish potensiali. 85. Substratli va oksidlanishli fosforillanish: P/O koeffitsienti. 86. Elektron tashish zanjirining boshqarilishi (nafas nazorati); to’qima nafas olishining termoregulyator funksiyasi. 87. Mitoxondriyalar tuzulishi, proton va elektronlarni nafas olish zanjirida o’tkazilishi (komplekslari). 88. Oksidlanish-fosforillanish mexanizmi. 89. To’qima nafas olishi va oksidlanish bilan boruvchi fosforillanishning ajratuvchilari va ingibitorlari. 90. Gipoenergetik holatlar. 91. Ovqat va odam to’qimasi asosiy lipidlarining tuzilishi va tasnifi. Zahira va protoplazmatik lipidlar. 92. Yog’larning hazmlanishi, o’t kislotalarining yog’larni hazmlanishi va so’rilishidagi ahamiyati. 93. Yog’larning ichak devorida resintezi. Xilomikronlarning hosil bo’lishi. Lipoproteinlipaza. 94. Yog’ to’qimasida yog’larning to’planishi va safarbarlanishi, uni garmonlar yordamida boshqarilishi va fiziologik ahamiyati. Semizlik. 95. Yog’ kislotalarining beta-oksidlanishi. Yog’ kislotalar katabolizmi va transportida ishtirok etuvchi fermentlar va ularning mitoxondriyada joylashuvi. 96. To’yinmagan va toq uglerod atomli yog’ kislotalarning oksidlanishi. Yog’ kislotalar oksidlanishining fiziologik ahamiyati. 97. Yog’ kislotalar biosintezi. 98. Palmitat sintetaza multiferment kompleksining tuzilishi. 99. Uzun uglerod zanjirli va to’yinmagan yog’ kislotalar sintezi. 100.
Keton tanachalar biosintezi va ularning katabolizmi. Bu jarayonning fiziologik ahamiyati. 101. Steroidlar funksiyasi va tuzilishi. Xolesterinning boshqa steroidlar o’tmishdoshi sifatida. 102.
Xolesterin biosintezi va uning boshqarilishi. 103.
Jigarda ZJPLP hosil bo’lishi, ularning qonda tashilishi. ZJPLPlarning ZPLPga aylanishi.ZYULP, LXAT fermentining ahamiyati. 104. Xolesterindan o’t kislotalar hosil bo’lishi. Enterogepatik sikl. 105. Murakkab yog’lar vazifalari va almashinuvi, organizm to’qimalarinining asosiy fosfolipidlari va glikolipidlari. 106.
Fosfolipidlar va sfingomiyelin sintezi va katabolizmi. 107.
Glikolipidlar sintezi va katabolizmi, ularning o’zgarishi bilan bog’liq kasalliklar. 108. Yog’lar almashinuvining boshqarilishi. Kaxeksiya, semirish. Semirish rivojlanishining biokimyoviy asoslari. 109.
Giperxolesterinemiya. Dislipoproteinemiya tiplari va ularning rivojlanish sabablari. 110. Ateroskleroz rivojlanishining biokimyoviy asoslari, uning rivojlanishini tushuntiruvchi asosiy nazariyalar. 111.
Giperlipoproteinemiya rivojlanishida alkogol, nefroz, qandli diabet, alimentar omillarning o’rni. 112. O’t tosh kasalligi. O’t tarkibi. Xolesterinli toshlar rivojlanishining mexanizmi. 113. To’qimalardagi aminokislotalarning asosiy manbalari, ularning ishlatilish yo’llari. Azot balansi. 114.
Organizmdagi oqsillarning dinamik holati. Katepsinlar, ularning organizmdagi vazifalari. 115. Ovqat ratsionidagi oqsil meyori. Oqsillarning biologik qiymati. Oqsil zahiralari. 116.
Oqsillarning hazmlanishi. Oshqozon ichak yo’lida hazmlanishning garmonlar yordamida boshqarilishining biokimyoviy mexanizmlari. 117. Xlorid kislotaning hosil bo’lishi va uni oqsillar hazmlanishidagi ahamiyati. 118. Proteinazalarning substrat spesifikligi. Aminokislotalarning so’rilishi. 119. Ichakda aminokislotalar chirishi va hosil bo’lgan toksik birikmalarning zararsizlantirilishi. 120.
Parenteral ovqatlanish. Oshqozon va duodenal shirasini biokimyoviy tekshirishning diagnostik ahamiyati. 121. Oshqozon osti bezi proteazalari va pankreatit rivojlanishining biokimyoviy asoslari. Pankreatitni davolash. 122.
So’rilgan aminokislotalar taqdiri. To’qimalarda aminokislotalarning almashinuvi. Aminokislotalar almshinuvining umumiy yo’llari. 123. Transaminlanish: aminotransferazalar. Transaminlanishda B 6 vitaminining kofermentlik vazifasi. Aminotransferazalar spetsifikligi. 124.
Aminokislotalar dezaminlanishi, aminokislotalarning bevosita va bilvosita oksidlanish yo’li bilan dezaminlanishi. 125. Gepatitlar va miokard infarktida qon zardobida transaminazalar faolligini aniqlashning diagnostikasi. 126.
Aminokislotalar dekarboksillanishi. Biogen aminlarning zararsizlantirilishi. 127.
Biogen aminlar: gistamin, serotonin, γ-aminomoy kislota, katexolaminlar hosil bo’lishi va ularning funksiyalari. 128. Gistaminning allergik reaksiyalar va yallig’lanishlar rivojlanishidagi roli. Antigistamin preparatlar. 129.
Organizmda ammiakning asosiy hosil bo’lish yo’llari va uning zararsizlantirilishi. Glutamin va ammoniy tuzlarining hosil bo’lishi va ularning ekskretsiyasi. 130. Siydikchil biosintezi (Ornitin sikli), uni asparagin va fumarat kislota almashinuvi bilan bog’liqligi. Siydikchildagi azot atomlari manbalari. 131.
Siydikchil sintezi va chiqarilishining buzilishi. Giperammonemiya; irsiy, jigar sirrozi va turli katabolik holatlarda. 132. Serin va glitsin almashinuvi. Bir uglerodli guruhlarning hosil bo’lishi. 133. Transmetillanish. Metionin va
S-adenozilmetionin. Gomosisteinning metillanishi. 134.
Tetragidrofolat kislota va bir uglerodli qoldiqlarning tashilishi. Sulfanilamid preparatlarining bakteriostatik ta’siri. Antimetabolitlar haqida. 135. Fenilalanin almashinuvi. Fenilketonuriya: biokimyoviy mexanizmi, kasallik belgilari, oldini olish usullari, tashxisi va davolash. 136.
Tirozin almashinuvi. Tirozin almashinuvining buzilishi: Alkaptonuriya. Albinizm. Dofamin etishmovchiligi. 137. Oltingugurt saqlovchi aminokislotalar almashinuvi, triptofan, gistidin va ular almashinuvining irsiy buzilishlari. 138.
Nukleotidlar vazifalari. Oshqozon-ichak yo’li va to’qimalar nukleazalari. 139.
Purin nukleotidlarining parchalanishi. 140.
Purin nukleotidlari sintezi, purin yadrosi atomlarining manbalari; boshqarilishi. 141.
Pirimidin nukleotidlarining biosintezi va boshqarilishi. 142.
Pirimidin nukleotidlari parchalanishi. 143.
Dezoksiribonukleotidlar biosintezi. Timidil nukleotidlar biosintezi. 144.
Giperurikemiya va podagra; allopurinoldan podagrani davolashda foydalanish. 145.
Ksantinuriya. Orotatsiduriya. 146.
Aminokislotalar azotsiz
qoldig’ining almashinuvi. Glitserin va
aminokislotalardan glyukoza sintezi. 147.
Uglevodlardan yog’lar va aminokislotalar sintezi. 148.
Insulin va kortizolning uglevodlar, lipidlar va aminokislotalar almashinuvini boshqarishdagi o’rni. 149. Uglevodlar, yog’lar va aminokislotalar almashinuvining ochlik va qandli diabetda o’zgarishi. 150.
Gomeostaz, gomeostaz ko’rsatkichlarining o’zgarishi va uni boshqarilishi. 151.
Boshqaruv sistemalar ierarxiyasi. Nerv va endokrin sistemalarining o’zaro bog’liqligi. Qon zardobida garmonlar miqdori o’zgarishining xususiyatlari. 152. Garmonlar tasnifi va nomenklaturasi. 153. Gormonlar ta’sirini o’tkazishning molekulyar mexanizmlari: adenilatsiklaza, guanilatsiklaza va Ca 2+ -messendjer sistemalari. 154. Gipotalamus va gipofiz gormonlari. Qandsiz diabet. 155. Qalqonsimon bez gormonlari tuzilishi va biosintezi. Gipo- va gipertireozdagi moddalar almashinuvidagi o’zgarishlar. Endemik buqoq. 156.
Buyrak usti bezi mag’iz qismi gormonlari, biosintezi, katabolizmi, modda almashinuvdagi roli. 157. Jinsiy gormonlar, tuzilishi, organizmdagi moddalar almashinuvi va funksiyalariga ta’siri. 158. Suv-tuz almashinuvining boshqarilishi. 159. Kalsiy va fosfor almashinuvining boshqarilishi. 160. Mahalliy ta’sir etuvchi gormonlar. Prostaglandinlar, tromboksan, leykotriyenlar va sitokinlar. 161. Qonning asosiy vazifalari va kimyoviy tarkibi. 162. Qon plazmasi oqsillari. Albuminlar va boshqa transport oqsillari. Globulinlar. Organizmda albuminning suv taqsimotidagi o’rni. Shishlar kelib chiqish mexanizmi. 163.
Qon fermentlari. Kallikrein-kinin sistemasi. “O’tkir faza” oqsillari. 164.
Eritrotsitlar rivojlanishi, tuzilishi va kimyoviy tarkibining o’ziga xos tomonlari, unda moddalar metabolizmi. 165.
tashilishi. Karboksigemoglobin. Metgemoglobin. 166. Kislota-asos muvozanati, qonning buffer sistemalari, boshqarilishi, atsidoz va alkoloz. 167.
Gem biosintezi va uni irsiy va orttirilgan buzilishlari. 168.
Temir almashinuvi, transferrin va ferritin. Temir tanqislik anemiyalari. Idiopatik gemoxromatoz. 169. Qon tomir-trombositar gemostaz. 170. Koagulyatsion gemostaz. 171. Antikoagulyantlar, fibrinoliz, ularning boshqarilishi. 172. Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvida jigarning roli. Jigarda qon plazmasi oqsillari sintezi. 173.
Ksenobiotiklar zararsizlantirilishida jigarning roli. Oksidlanish, gidroksillanish, qaytarilish, metillanish va konyugatsiya. 174. Bilirubinning zararsizlantirilishi. Bog’langan va bog’lanmagan bilirubin. Bilirubin almashinuvining boshqarilishi. 175.
Sariqliklar: gemolitik, obturatsion, jigar-hujayra. Chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik. 176. Qonda va siydikda o’t pigmentlari va bilirubinni aniqlashning diagnostik ahamiyati. 177.
Jigar sindromlari, ularni aniqlash usullari, jigar komasi rivojlanishining biokimyoviy asoslari. 178. Jigarda garmonlar inaktivlanishi. Ichakda aminokislotalar chirishi mahsulotlari, ksenobiotiklar va dori vositalarining zararsizlantirilishi. 179.
Kimyoviy konserogenez haqida tushuncha. 180.
Jigar komasi va jigar-hujayra yetishmovchiligi rivojlanishi patogenezining biokimyoviy mexanizmlari.
Download 156.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling