Tibbiy etika va deontologiya asoslari
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Download 421.35 Kb. Pdf ko'rish
|
61-68
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–32_Issue-2_Iyul_2023 62 tomonidan baho berish, qilingan ishni ma’qullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. axloqni etika fani o‘rganadi. ODOB - bu insonniy ijobiy fazilatlaridan biridir. “o‘zbek tilining izohli lug‘ati”da:“odob - “adab” (arabcha)” deyiladi. va yana shu kitobda: “adab (arabcha)-adabiyot, yaxshi tarbiya, ma’qul harakat. ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomilalik” deyiladi. luqmoni hakimdan odobni qaerdan o‘rganding?”deb so‘rashganda, odobni beadablardan o‘rgandim” deb javob bergan ekan. inson umri davomida o‘z odobini yaxshilab bormog‘i lozim. odatda odob oldin o‘rganilib, undan so‘ng esa unga amal qilinadi. ETIKA (yun. egpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganuvchi falsafiy fan. Etika axloqshunoslikning falsafiy nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik amaliy asarlarni o‘z ichiga oladi U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni o‘rgatadi. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgo‘ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h. k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni o‘rganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Etika bu barcha insonlar orasidagi muloqatdir. SHuningdek ummiy etika inson kasbiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Masalan sotuvchilar etikasi, sartoroshlar etikasi, o‘qituvchilar etikasi, tibbiyot xodimlari etikasi (tibbiy etika)... TIBBIY ETIKA - shifokor va bemor o‘rtasidagi, shifokor va bemor qarindoshlari o‘rtasidagi, shuningdek tibbiy xodimlarning o‘zoro kasbiy-tibbiyotga oid muloqatini ifodalaydi. DEONTOLOGIYA - (deontologiya-burch degan ma’noni beradi, barcha kasblarda deontologik yondoshuv to‘g‘risida fikr yuritiladi, lekin halq orasida deotologiya atamasi ko‘pincha tibbiyot xodimiga tegishli degan tushuncha mavjud) tibbiyot xodimi ( shu jumladan shifokor) ning bemor oldidagi majburiyatini va unga yuklangan ma’suliyatini, ya’ni bajarishi lozim bo‘lgan ishini ifodalaydi. EGROTOGENIYA – bu bir bemorning ikkinchi bemorga salbiy ta’siri, bu asosan shifoxona sharoitida yoki bemorni ko‘rishga borgan vaqtdagi ta’siri natijasida kelib chiqadi. Bu omil ham yatrogen kasalliklarga olib keladi. EGOGENIYA – bemorning o‘z kasalligini bilgandan so‘ng tushkunlikka tushishi natijasida kelib chiqqan yatrogen kasallik. (Mana shuning uchun ham ayrim kasalliklar bemorlardan sir tutilib (agar so‘rasa boshqa engilrok kasal turi aytiladi) boriladi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling