Tibbiy etikaning tarixiy modullari


Download 17.71 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi17.71 Kb.
#1226236
Bog'liq
Bioetika


Tibbiy etikaning tarixiy modullari
Bioetika- biotibbiyot fani va sog‘liqni saqlash amaliyotidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar natijasida yuzaga kelgan axloq va axloqiy muammolarni tushunish, muhokama qilish va hal qilishga qaratilgan fanlararo tadqiqot sohasidir. Bioetika keng qamrovli, sohalararo fan sifatida o‗zida tibbiyot, sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy psixologiya, mantiq, huquqshunoslik, menejment, dinshunoslik, pedagogika hamda boshqa tibbiy va notibbiy fanlar yutuqlarini jamlaydi, amaliy tibbiyotning axloqiy muammolarini o‗rganadi. Bioetikani paydo bo‘lishi va fan sifatida shaklanishi sabablari va shart-sharoitlari bilan bog‗liq masalalarni o‗rganish, jarayonida turli manbalarni o‗rganish, tarixiy va qiyosiy tahlil, analiz, sintez, umumlashtirish kabi usul va uslublaridan samarali foydalanildi.
Bioetikaning tarixi uch ming yildan ko'proq vaqtni o'z ichiga oladi. Qadimgi Hindistonda shifokorlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalaridayoq qasamyod qilganlar. Shifokorlar bu soxani chuqurroq o‘rganish maqsadida turli xil tadqiqolarni amalga oshirganlar. Odamlar va hayvonlar bo'yicha tibbiy tadqiqotlar tarixi ham uzoq tarixga ega, ammo ma'lum vaqtgacha ularni amalga oshirish bilan bog'liq axloqiy va huquqiy muammolar bugungi kunda bo'lgani kabi jamiyat va tadqiqotchilarning diqqatini jalb qilmagan. Shunga qaramay, shuni ta'kidlash kerakki, tadqiqotchilar ushbu muammolarning mavjudligiga birinchilardan bo'lib e'tibor qaratdilar va ularning yechimiga yondashuvlarni taklif qildilar. Tibbiy etika - tibbiy xodimlar faoliyatining o’ziga xosligi va jamiyatdagi o’rni bilan belgilanadigan axloq me‘yorlari va tamoyillari majmuasidir. U shuningdek, tibbiy faoliyatni tartibga soluvchi axloq me‘yorlari va mezonlaridan tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida ham e‘tirof etiladi. Shartli ravishda tibbiy etikani quyidagi tarixiy modellarini farqlash mumkin: - Gippokrat modeli (eramizgacha 460-377yy. ). Mazkur modelning asosiy mazmuni ―Qasamyod‖da bayon etilgan. Ushbu model patemalizmga (lotinchadan pater - ota) asoslangan, asosiy tamoyili - ―ziyon yetkazma‖. - Paratselbs modeli (1493-1541yy.). Bu model o’rta asrlarda shakllangan bo’lib, uning tamoyillari aynan Paratselbs tomonidan nisbatan aniqroq bayon etilgan. Ushbu modelga ko’ra bemor va vrach munosabatlari o’z mohiyati bo‗yicha - vrachning muruvvati natijasidir. Binobarin, modelning asosiy tamoyili ham - ―ezgulik, muruvvat qil‖. - Deontologik model. ―Deontologiya‖ atamasi (deon. (grech.)- burch) ingliz faylasufi I. Bentam (1748-1832 yy.) tomonidan fanga kiritilgan bo‗lib, burch haqidagi ta‘limotni anglatadi. Asosiy holatlar uning ―Deontologiya yoki axloq haqidagi ta‘lim‖ kitobida bayon etilgan (1831y). Ushbu modelning asosiy tamoyillari - ―burchga sodiqlik‖, ―foyda keltirish‖. Ta‘kidlash lozimki, deontologiya axloqiy burch haqidagi ta‘limot sifatida etikaning tarkibiy qismini tashkil etadi va vrach etikasini tibbiy faoliyatning u yoki bu vaziyatidagi ma‘lum bir ko‗rinishi, ya‘ni kasbiy axloqning amaldagi namoyishi hisoblanadi. Bioetika modeli. ―Bioetika‖ atamasi 1970 yilda amerikalik olim V.R.Potter (191l-2001yy.) tomonidan taklif etilgan. Bioetika bo‗yicha tashkil etilgan Strasburg simpoziumi (1990 y.) ta‘rifiga ko‗ra, bioetika - tibbiyot va biologiya fanlari rivojlanishi jarayonida vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy muammolarni o‗rganadigan bilimlar sohasidir. Amaliy etikaning bir qismi sifatida bioetika sohalararo fan bo‗lib, asosiy maqsadi tibbiyot va biologiya fanlari yutuqlarini tadbiq etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan insonlar hayoti va sog‗lig‗ini himoya qilishdi. Bioetika fani asoschisi masalasi biroz munozarali bo‘lib, ba'zilar nemis ilohiyotchisi va faylasufi Fritz Yahrni himoya qilishsa (U 1927 yilda o'simliklar va hayvonlarga nisbatan axloq qoidalariga oid maqolasida «Bio-Etik» atamasini ishlatgan). Boshqa mualliflar esa 1969 yili amerikalik onkolog va biokimyogar V.Potter uni muomalaga kiritgan deb hisoblashadi. U 1970 yilda bioetik axloq atamasini maqolasida ishlatgan va bir yildan so'ng "Bioetika: kelajakka ko'prik" nomli kitobini nashr etgan. 1999 yili Kosta-Rikada bioetika masalalariga bag‗ishlangan anjumanda V.Potter nutq so‗zlar ekan, ―Men barchangizdan bioaxloqni mas‘uliyat, kompetentlik talab qiluvchi hamda barcha madaniyatlarni o‗zida mujassam etgan va gumanizmni targ‗ib etayotgan yangi etika ta‘limoti sifatida qabul qilishingizni so‗rardim‖, — dedi. Uning fikricha bioetikaning asosiy g‗oyasi umuminsoniy qadriyatlarni tibbiy-biologik dalillar bilan uyg‗unlikda ko‗rib chiqishdan iborat. A. Shveytseming 1924 yilda chop etilgan ―Madaniyat va etika‖ nomli kitobi bioetikaning vujudga kelishida dastlabki bosqich sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. A. Shveytser ushbu munosabatni keng qamrovli bo‘lishi lozim deb takidlaydi. Ilk marotaba universal etikada biotsentrizm ta‘limoti e‘lon qilingan bo‗lib, uning falsafiy asosini zo‗rlik ishlatmaslik strategiyasi, barcha mavjudotga ziyon etkazmaslik tamoyili – aximsa tashkil etadi. Bioetika antropotsentrik yo‗nalishdan voz kechib, biotsentrizm tamoyillari asosida barcha tirik mavjudotga hurmat va insoniy munosabatda bo‗lish zaruriyatini e‘lon qilish orqali ma‘naviyatni tarbiyalash, madaniyat va dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda bioetika bir tomondan, yangi biotibiyot bilimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda qo‘llash sohasida o‘ziga xos ijtimoiy institut sifatida ishlaydi.Fundamental tibbiy-biologik fanlarni tezkor rivojlanishi, yangi biotibbiy texnologiyalarning kashf etilishi ma‘lum bir muhim vazifalarni hal etish bilan bir qatorda, tibbiy etika doirasidan chetga chiqadigan boshqa yangi muammolarni yuzaga kelishigi sabab bo‗ldi. Masalan, genetikaning muvaffaqiyatlari, odam genomining ochilishi nafaqat ayrim to‗qimani, balki butun bir organizmni klonlash imkoniyatini yuzaga keltirdi. Transplantologiya sohasidagi muvoffaqiyatlar o‗z navbatida odam va murda donorligi masalasida qator yangi muammolami vujudga keltirdi. Sun‘iy urug‘lantirish, surrogat onalikdan foydalanish keng tarqalmoqda. Zamonaviy reanimatologiya oldin umidsiz hisoblangan bemorlami hayotga qaytarmoqda. Jinsni o‗zgartirish borasida jarrohlik amaliyoti masalalari hal etildi va shu kabilar. Bioetika muammolarining birinchi keng ko'lamli muhokamasi 1946 yilda Nyurnbergda bo'lib o'tdi. Bu Ikkinchi Jahon urushi davrida nemislar tomonidan odamlar ustida olib borilgan tibbiy tadqiqotlar bilan bog'liq edi.1947 yilda Nyumberg tribunali natsist jinoyatchilariga nisbatan hukmni e‘lon qilgan. U odamlarda tibbiy tajribalar o‗tkazish tartibini belgilovchi ilk xalqaro hujjat sifatida e‘tirof etiladi. Tibbiyot soxasi va axloqining rivojlantirishi izchil davom etdi. Ilk bora bir insondan boshqa insonga yurakni ko‘chirib o‘kazish operatsiyasi amalga oshirilishi keng jamoatchilikni bu masala yuzasidan turlicha yondashuvlariga sabab bo‘ldi. Janubiy Afrikalik jarroh Kristian Barnard 1967 yil 3 dekabrda tibbiyotda birinchi bo‘lib muvofaqiyatli yurak transilyatsiyasini amalga oshirdi. U yuragi davolab bo‘lmas darajadagi xasta bemorga, avtohalokat natijasida tuzatib bo‘lmas holatdagi miya o‘limi jarohatini olgan bemor ayolning urib turgan yuragini qo‘ydi va operatsiya muvofaqiyatli bo‘ldi. Ammo bu olamshumul inqilobiy hodisa yuzasidan jamoatchilik fikri va munosabati juda ziddiyatli bo‘lib chiqdi. Ayrimlar uni qahramon sifatida, ayrimlar esa qotil sifatida gavdalantirishdi.[7] Bioetika ekologik harakat mafkurasining shakillanish tarixida ilk bora qo‘llanilgan. Ilmiy texnika yutuqlari insonga foydali jihatlarni olib kelish barobarida, tabiat va tirik mavjudotlarga jiddiy tahdid va yoqotishlar olib kelishini tarix o‘zi isbotlab turibdi. Ekologik fikrlashning biotibbiyot sohasiga ta'siri, ayniqsa, 1966 yildagi talidomid halokatidan keyin kuchaydi. Bu fojia fan va amaliy tibbiyot o'rtasidagi munosabatlar strukturaning tubdan o'zgarishiga yordam berdi.1966 yil Germaniyada yuz bergan talidamid fojeasi ( ya‘ni uxlatuvchi vosita sifatida talidamid qabul qilgan homiladorlar) 20 mingga yaqin bolaning nuqsonlar bilan (oyoq-qo‗lsiz) tug‗ilishi, ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyot o‗rtasidagi aloqalami tubdan o‗zgartirib yubordi. Biotibbiy tadqiqotlarning maqsadi sifatida endilikda nafaqat samarali dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, balki ularning noxush oqibatlarini oldini olish ham inobatga olindi. 1972 yil AQSHda ilm ahlini larzaga keltirgan 1932-1972 уillar oralig‗ida 400ta erkakda zaxmning latent shaklini tabiiy tarzda kechishini o‗rganish bo‗yicha o‗tkazilgan tekshiruv natijalari chop etilgan. Binobarin, kam ta‘minlangan aholiga taalluqli bo‗lgan bemorlarga imkoniyat bo‗lgan holatda lozim bo‗lgan davolash chora-tadbirlari o‗tkazilmagan. Natijada 1974 yil AQSHda maxsus komissiya tashkil etilib, uning ish yakunida Belsmontning ―Ilmiy tadqiqotlar obyekti bo‗lgan odamlarni himoya qilish bo‗yicha etik tamoyillar va qo‗llanmalar‖ (1978) hisoboti tuzildi.Hozitda tibbiyot etikasi xalqaro prinsiplari mavjud. Ular shu jumladan qiynoqlqrdan va inson qadr qimmatini kamsitishning boshqa shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi Deklaratsiyada ( BMT Assambleyasi 1982 y) bayon etilgan .[8] 80-yillarning oxirida yibbiyot ba biollogiya fanlari rivojlanayotgan, ularni amalda qo‘llashning salbiy oqibatlari xavfi real tahdid solib turgan yillarning sharoitlarda Evropa Kengashi umumevropa ahamiyatiga molik tegishli hujjatlarni yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.1993 yilda Evropa Kengashining Bosh assambleyasi biollogiya va tibbiyotning qo‘llanilishi munosabati bilan inson huquqlari va qadrqimmatini himoya qilish bo‘yicha Konvensiyani qabul qilindi (jiddiy o‘zgarishlar kiritilganidan so‘ng matn EK Parlamenti assambleyasining majlisida 1996 yil noyabrda tasdiqlandi). YNESKO Bosh konferensiyasining 1997 yil11 noyabrdagi 29- s.da inson genomi va inson deklaratsiya to‘g‘risidagi Umumiy Deklartsiya mazkur tashkilotga a‘zo barcha mamlakatlar tomonidan tasdiqlandi. Tibbiy va tibbiy axloq , texnika vaqt o‘tishi bilan rivojlanib bu masaladagi huquqiy , axloqiy ,tibbiy jarayonlarni davr va zamonga moslashtirib borilishini taraqqiyotning o‘zi taqozo etdi. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (Birlashgan Millat, 1948); "Jeneva deklaratsiyasi: shifokorning xalqaro qasamyodi" (VSMA, Bosh Assambleya 1948, 1968, 1983); "Xelsinki deklaratsiyasi" (VVMA, Bosh Assambleya 1964, 1975, 1983, 1989, 1989, 2000,2002); "Xalqaro tibbiyot axloqi" (VIMA, Bosh assambleya 1949, 1968, 1983); "Insonning ishtiroki bilan biomedik tadqiqotlar bilan xalqaro qo'llanma" (Cyom, Jeneva, 1993); "Evropada bemor huquqlarini himoya qilish to'g'risida deklaratsiya" (JSST, 1994); "To'g'ri klinik amaliyot uchun ko'rsatmalar" xalqaro uyg'unlashtirish konferentsiyasi tomonidan tayyorlangan (ICH GCP, 1996); "Inson huquqlari va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (YuNESKO, 1997); "Evropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Evropa Kengashi tomonidan qabul qilingan" Biologiya va tibbiyot yutuqlari "yutuqlarini qo'llash bo'yicha inson birlashmalarining huquq va qadr-qimmatini himoya qilish to'g'risidagi konventsiya, keyingi" qo'shimcha protokollar "; "Bioetika va inson huquqlari bo'yicha umumbashariy deklaratsiya" (YuNESKO, 2005) va boshqa bir qator hujjatlar. Biotibinik tadqiqotlar bo'yicha biotibiyatlar va inson huquqlari to'g'risidagi konventsiyasiga (2005 yil) Evropa Kengashiga qo'shimcha protokol (2005); [ 4,5] XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bioetika ilmiy texnik taraqqiyot keltirib chiqarayotgan muammolar bilangina emas, balki bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global siyosiy, ekologik muammolarni hal etishga ham qaratilgandir. . Turli xil ma‘naviy-tibbiy va axloqiy dunyoqarashlaming mavjudligini e‘tirof etgan holda, Butun jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti va Butun jahon tibbiy assotsiatsiyasi xalqaro tibbiy-etika kodekslari va kelishuvlari yordamida ushbu hamkorlikda yashash munosabatlarini boshqarib turadi. Covid -19 pandimiyasi davrida insoniyat uchun ijtimoiy va tibbiy axloq salomatlik uchun, yashash uchun zarury omillardan biriga aylanganligini aniq ko‘rsatib berdi[9]. Izlanishlarning kengayishi va kuchayishi insoniyat uchun, avvalambor olimlar uchun inson tabiatining o'zi ustidan hukmronlik qilish va manipulyatsiya qilish uchun ulkan imkoniyatlarni ochib beradi. Shu bilan birga, insonning o'ziga va umuman insoniyatga zarar etkazish ehtimoli xavfi kuchaymoqda. Eng insonparvar maqsadlar ba'zan asl g'oyani buzadigan juda kutilmagan oqibatlarga olib keladi. Ruxsat berish, ichki cheklovlarning yo'qligi, «o'z majburiyatlarining oqibatlari» ni oldindan bilishni istamaslik xafa natijaga olib kelishi mumkin. Har bir olimeksperimentator agar uning izlanishlari natijasida atrofdagi olamda insonning o'rni va imkoniyatlari qayta ko'rib chiqilishi mumkin bo'lsa, aql-idrokni va eng muhimi, o'z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni ko'rsatishi kerak. Inson haqida «yangi so'z» aytmoqchi bo'lgan har qanday tadqiqotchi bu so'z odamga zarar etkazmasligiga amin bo'lishi kerak.
Download 17.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling