Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
V. Nogironlikni belgilash mezonlari
Download 211.66 Kb.
|
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA
V. Nogironlikni belgilash mezonlari
26. Organizm funksiyalari buzilishlarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi: psixik funksiyalarning (idrok qilish, diqqat-e’tibor, xotira, tafakkur, intellekt, his-tuyg‘u, iroda, ong, xulq-atvor, psixomotor funksiyalarning) buzilishi; til va nutq funksiyalarining (og‘zaki (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, alaliya, afaziya) va yozma (disgrafiya, disleksiya), verbal va noverbal nutq buzilishi, ovoz hosil bo‘lishining buzilishi va hokazolar); sensor funksiyalarining (ko‘rish, eshitish, hid bilish, sezish, taktil, og‘riqli, harorat ko‘tarilishi va boshqa sezuvchanlik turlari) buzilishi; statodinamik funksiyalarning (bosh, gavda, oyoq-qo‘lning harakatlanish funksiyalari, harakatlar statikasi, muvofiqlashtirilishining) buzilishi; qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm bo‘lishi, organizmdan narsa ajralib chiqishi, qon yaratilishi, modda va energiya almashishi, ichki sekretsiya, immunitet funksiyalarining buzilishi; jismoniy mayib-majruhlik bilan bog‘liq buzilishlar (tashqi mayib-majruhlikka olib keladigan yuz, bosh, gavda, oyoq-qo‘llar deformatsiyasi, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish traktining anomal teshigi, gavda o‘lchamlarining buzilishi). 27. Organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon bo‘lishi to‘rtta darajaga ajratiladi: I daraja-uncha katta bo‘lmagan buzilishlar; II daraja-mo‘tadil buzilishlar, III daraja-aniq namoyon bo‘ladigan buzilishlar, IV daraja - ancha aniq namoyon bo‘ladigan buzilishlar. 28. Inson hayot faoliyati asosiy turlari cheklanishining namoyon bo‘lishi uchta darajaga ajratiladi: a) o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati-insonning asosiy fiziologik ehtiyojlarni mustaqil amalga oshirish, kundalik maishiy faoliyatni bajarish layoqati, shu jumladan, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalari: I daraja-uzoq vaqt sarflab o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati, uni bajarishning bo‘linishi, zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib hajmni qisqartirish; II daraja-zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish layoqati; III daraja-o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsata olmaslik, doimo o‘zgalarning yordamiga muhtojlik va boshqa shaxslarga to‘liq bog‘liqlik; b) mustaqil harakatlanish layoqati-makonda mustaqil harakat qilish layoqati, harakatlanishda, dam olishda va gavda holati o‘zgarganda gavdaning muvozanatini saqlash, jamoat transportidan foydalanish: I daraja-vaqt uzoqroq sarflanganda mustaqil harakatlanish layoqati, uni bajarishning bo‘linishi, zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib masofani qisqartirish; II daraja-zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan mustaqil harakatlanish layoqati; III daraja-harakat qila olmaslik, doimo o‘zgalarning yordamiga muhtojlik; v) mo‘ljal olish layoqati-atrof vaziyatni muqobil idrok etish layoqati (vaziyatni baholash, vaqtni va turgan joyini aniqlash layoqati): I daraja-faqat odatdagi vaziyatda mustaqil va (yoki) yordamchi texnik vositalar yordamida mo‘ljal olish layoqati; II daraja-boshqa shaxslarning yordamini talab etadigan mo‘ljal olish layoqati; III daraja-mo‘ljal ola bilmaslik (dezoriyentatsiya) va boshqa shaxslarning doimiy yordami va (yoki) nazoratiga muhtojlik; g) muomala qilish layoqati-idrok qilish, axborotni qayta ishlash va berish yo‘li bilan odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish layoqati: I daraja-axborot olish va berish sur’ati va hajmini pasaytirib muomala qilish layoqati, zaruriyat bo‘lganda yordam berishning yordamchi texnik vositalaridan foydalanish; II daraja-zaruriyat bo‘lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning qisman yordami bilan muomala qilish layoqati; III daraja-muomala qila olmaslik va boshqa shaxslarning doimiy yordamiga muhtojlik; d) o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati-o‘zini anglash va ijtimoiy huquqiy-ma’naviy axloqiy normalarni hisobga olgan muqobil xulq-atvor layoqati: I daraja-murakkab hayotiy vaziyatlarda o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqatining vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan cheklanishi va (yoki) qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan hayotning ayrim sohalariga daxl qiladigan rolli funksiyalarni bajarishning doimiy ravishda qiyinligi; II daraja-faqat boshqa shaxslarning muntazam yordami bilan qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan o‘z xulq-atvori va atrof-muhitga tanqidiy munosabatning doimiy ravishda pasayishi; III daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qila olmaslik, unga tuzatish kirita olmaslik, boshqa shaxslarning doimiy yordamiga (nazoratiga) muhtojlik; e) o‘qish, bilimlarni (umumta’lim, kasb-hunar bilimlari va boshqa bilimlarni) o‘zlashtirish va takrorlash, malaka va ko‘nikmalarni (kasb-hunar, ijtimoiy, madaniy, maishiy, malaka va ko‘nikmalarni) egallab olish layoqati: I daraja-zarurat bo‘lganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalarni qo‘llab o‘qitishning maxsus usullaridan, o‘qitishning maxsus rejimidan foydalanib umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari doirasida o‘qish, shuningdek muayyan darajadagi ma’lumotga ega bo‘lish layoqati; II daraja-zarurat bo‘lganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanib faqat rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki uyda maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qish layoqati; III daraja-o‘qiy olmaslik; j) mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati-ishlarni bajarish mazmuni, hajmi, sifati va shartlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish layoqati: I daraja-malaka, og‘irlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasb bo‘yicha ishni davom ettira olmaslik; II daraja-yordamchi texnik vositalardan foydalanib va (yoki) boshqa shaxslar yordamida maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati; III daraja-mehnat faoliyati bilan shug‘ullana olmaslik yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib bo‘lmasligi (yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi). 29. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining ancha barqaror ifodalangan buzilishiga ega bo‘lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning birinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi: III daraja-o‘ziga o‘zi xizmat qilish layoqati; III daraja-harakat qilish layoqati; III daraja-mo‘ljal olish layoqati; III daraja-muomala qilish layoqati; III daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati. 30. Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror ifodalangan buzilishiga ega bo‘lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning ikkinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi: II daraja-o‘ziga o‘zi xizmat qilish layoqati; II daraja-harakat qilish layoqati; II daraja-mo‘ljal olish layoqati; II daraja-muomala qilish layoqati; II daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati; II, III daraja-o‘qish layoqati; II, III daraja-mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati. 31. Mehnat faoliyatining I darajasiga layoqatning cheklanishiga yoki hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror mo‘tadil ifodalangan buzilishiga ega bo‘lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning uchinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi: I daraja-o‘ziga o‘zi xizmat qilish layoqati; I daraja-harakat qilish layoqati; I daraja-mo‘ljal olish layoqati; I daraja-muomala qilish layoqati; I daraja-o‘z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati; I daraja-o‘qish layoqati. 32. Nogironlik to‘g‘risida qarorlar chiqarishda ilgari amalga oshirilgan tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarning uzviyligini nazarda tutadigan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturi tuziladi. Download 211.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling