“Tibbiy mol-mulklarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash va uni talab qilib olish tartiblari” mavzusiga refera t
Tibbiy mol-mulklarni talab qilib olish tartiblari
Download 17.85 Kb.
|
Referat (1)
3.Tibbiy mol-mulklarni talab qilib olish tartiblari
Zarur bo'lgan maxsus tibbiy mol-mulklarni talab qilib olish, mol-mulklarni mavjudligi va ularga bo'lgan ehtiyojni aks ettiruvchi axborotnoma yoki alohida talabnomalarga asosan, xuddi shu tariqa umumiy tibbiy mol-mulklar ham talabnoma naryadlar bilan talab qilinadi. Axborotnoma va talabnoma-naryadlar belgilangan tartibda ta'minot organlariga taqdim qilinadi. Talab qilingan tibbiy mol-mulklarni turlari va miqdori shaxsiy tarkibni va tibbiy punktni faoliyatini o'sha, ko'zda tutilgan muddatda to'liq ta'minlashga jangovor harakatlar vaqtida yarador va kasallarga tibbiy yordam ko'rsatish uchun yetarli darajada bo'lishi kerak. Shuni e'tiborga olish lozimki tibbiy mol- mulklarning miqdori avtotransport vositalarining yuk ko'tarish imkoniyatlaridan oshib ketmasligi va shu bilan birga tibbiy mol-mulk ta'minotida uzilishlarga olib kelmasliga kerak. Janglararo vaqtda tibbiy mol-mulklarga boʻlgan ehtiyoj belgilangan me'yorlar bilan ko'rsatilgan miqdorgacha to'ldirish usuli bilan aniqlanada. Bunday holatlarda tashkiliy-shtat tuzilishiga ilova qilinadigan tabelda ko'rsatilgan tibbiy mol- mulklarni miqdori me'yor hisoblanadi. Jamlamalar sumkalar va aptechkalar o'zlarini ichidagi ro'yxatlariga asosan to'ldiriladi. Jangga tayyorlanish vaqtida kutilauotgan sanitar uyqotishlarga, ko'rsatiladigan tibbiy yordamni hajmiga va tibbiy mol-mulklarni zahirasini uig'ish maqsadida maxsus tibbiy mol-mulklarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi. Janglar bo'layotgan vaqtda yarador va kasallarga tibbiy yordam ko'rsatish va ularni davolash uchun zarur bo'lgan maxsus tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyoj paudo bo'lgan sanitar yo'qotishlarni hajmiga qarab aniqlanadi. Hisob ta'minot birligi (RSE-HTB) statistik ma'lumotlar va eksperementlar natijalariga qarab, umumiy tibbiy mol-mulklar hamda maxsus tibbiy mol-mulklarni hisoblash uchun belgilab berilgan. Maxsus tibbiy mol-mulklar uchun har xil turdagi (o'qotar, yadro, kimyoviy va bakteriologik) qurollardan sanitar yuqotishlarning soniga qarab me'yorlar belgilab berilgan: 2 sutkaga yetadigan batalon tibbiy punkti (BTP) hamda «shfokorgacha bo'lgan va birinchi shfokorlik yordamini ko'rsatish me'yorlari», 3 sutkaga yetadigan ATO da birinchi shfokorlik va malakali tibbiy yordam ko'rsatish me'yorlari va alohida gospitallar uchun malakali hamda maxsus tibbiy yordam ko'rsatish uchun 15 sutkaga yetadigan me'yorlar belgilab berilgan. Tezkor hisobotlar uchun boshqaruv organlarida maxsus me'yorlar belgilab berilgan. Umumiy tibbiy mol-mulklarning shaxsiy tarkib va aralash kasallar o'rinlari uchun, kundalik ehtiyojlarni qondirish, kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatish, bir oy davomida yarador va kasallami davolash maqsadida kattalashtirilgan me'yorlari belgilab berilgan. Qo'shilma tibbiy punktining boshlig'i qo'shilma tibbiy xizmatining boshlig'iga bo'ysunadi, uning ko'rsatmalarini bajaradi va o'zi ishlayotgan tibbiy punktning ishi uchun javob beradi. U quyidagilarga majburdir:
-shifokor o'tkazadigan murakkab tibbiy muolajalarni shaxsan o'tkazishga o'rta va kichik tibbiy xodimlar ishini boshqarib borishga, ular tomonidan shifokor ko'rsatmalarini o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilishga; funktsional bo'linmalarga tushayotgan yarador va kasallami hisobga olish hujjatlarini olib borilishi ustidan nazorat o'tkazishga; - qo'shilma tibbiy punkti boshlig'i komandimning ko'rsatmasiga asosan, jangovor bo'linmalarda davolash-profilaktik, sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari o'tkazishga, - tibbiy, sanitar-xo'jalik mol-mulklarini saqlash va ulardan to'g'ri foydalanish, ularni xisobini olib borish va o'z vaqtida to'lg'azib borishga - qo'shilma jangovor bo'linmalari shaxsiy tarkibining harbiy tayorgarligini va tibbiy xizmat shaxsiy tarkibining jangovarlik tayyorgarligini olib borishda ishtirok etishga Tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlash chora-tadbirlari o'z ichiga: mol-mulklarni tayyorlashni, saqlashni, qo'shilmalar, harbiy qismlar va bo'linmalarsining tibbiy bo'linmalarini va qoʻshilma tibbiy punktini kerakli bo'lgan mol-mulklar bilan samarali ta'minlashni (dori-darmonlar, bog'lov materiallari, tibbiy inst-rumentlar, qurilmalar va tibbiy texnikalar va boshqalar) hamda shaxsiy tarkibni shaxsiy birinchi tibbiy yordam ko'rsatish vositalari bilan ta'minlashni (shaxsiy kimyoga qarshi paketlar. shaxsiy bog'lov paketlari, shaxsiy aptechkalar, suvni zararsizlantirish vositalar) qamrab oladi. Tibbiy xizmat oldiga qo'yilgan vazifalardan biri bo'lib tibbiy hisobga olish va hisobotlari olib borish hisoblanadi. Tibbiy ta'minlash bo'yicha yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha chora-tadbirlarning bajarilishida motoo'qchi (tankchi) qo'shilmaning barcha kuch va vositalari ishtirok etadi. Batalonlarda tibbiy mol-mulk ta'minotini amalga oshirish bo'yicha mas'ul shaxs bu batalon feldsheri hisoblanadi va u quyidagilarga majbur - vzvodlarda sarflanuvchi tibbiy mol-mulklarni har doim to'ldirib turish, o'z vaqtida harbiy qism dorixonasidan yoki tibbiy omboridan tibbiy mol-mulklarni olib kelish. Odatda tibbiy mol-mulklar yo'l transportlarida olib kelinadi. Batalon feldsheri olib kelingan tibbiy mol-mulklarni vzvodlarga taqsimlaydi hamda ularning batalonda zarur zahiralarini yaratadi. Vzvodda shaxsiy tarkibni tibbiy mol-mulk ta'minotini sanitar yo'riqchi amalga oshiriadi. Tibbiy mol-mulklar bilan taminlash quyidagi usulda amalga oshiriladi: O'R MV MTO ta'minot hududining HG dorixonalari harbiy qism (muassasa) bo'linmalar Tibbiy mol-mulklarni to'g'ri talab qilish uchun javobgarlik ushbu talabnomalarni imzolagan va tasdiqlagan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Download 17.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling