Tibbiy muassasalar strukturasidagi o`zgarishlar
Download 339.5 Kb.
|
sog\'liqni saqlash tizimidagi islohotlar
Reja: Kirish Tibbiy muassasalar strukturasidagi o`zgarishlar O`zbеkiston Rеspublikasi sog`liqni saqlash vazirligi qonun va qarorlari Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Tadbirda JSSTga a’zo 194 ta davlatning sag‘liqni saqlash tizimlari rahbarlari qatnashmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov rahbarlik qilmoqda. Assambleyada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri ma’ruza qildi. Vazir o‘z chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari haqida to‘xtalib o‘tdi. “So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda aholining barcha qatlamiga, ayniqsa, uzoq qishloq aholisiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bugun davlat siyosatining bosh maqsadiga aylandi, — dedi A. Shadmanov. — Shu maqsadda 100 dan ortiq huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi. Ularda sohaning barcha yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar qamrab olingan. Hozirda O‘zbekiston belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qator ijobiy natijalarga erishdi. Bunga misol qilib, 1283 ta tez tibbiy yordam avtotransport vositalari xarid qilingani, natijada, chaqiriq tushgach, tez yordam xizmatining yetib borish vaqti 20-30 daqiqdan 10-15 daqiqagacha, xizmat radiusi esa 5-12 kilometrgacha qisqardi. 2017 yilda O‘zbekistonga 311 nafar xorijlik mutaxassislar taklif qilindi. Ular bilan hamkorlikda 800 dan ortiq murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. 290 nafardan ortiq mamlakatimiz mutaxassislari esa dunyoning yetakchi klinikalarida malaka oshirib keldi. O‘zbekiston tibbiyotidagi eng katta yangiliklardan biri sifatida transplantatsiya amaliyotining yo‘lga qo‘yilganini aytmoqchiman. Xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda buyrak, jigar va o‘zak hujayra transplantatsiyasi bajarilmoqda. Shuningdek, vazir mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish, immunoprofilaktika sohasidagi natijalar bilan tanishtirdi. Vazirning qayd etishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha qaroridan so‘ng O‘zbekistondagi xususiy klinikalar soni so‘nggi yilda 3040tadan 4073ta oshgan. Mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta xususiy klinikalarga deyarli barcha yo‘nalishlarda, xususan, abdominal jarrohlik, torakal jarrohlik, neyroxirurgiya, onkologiya, travmatologiya va bolalar jarrohligi bo‘yicha litsenziya berishga ruxsat etildi. Milliy emlash kalendari bo‘yicha mamlakatimizda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat hisobidan profilaktik emlanmoqda. Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘liq davlat byudjeti hisobidan qoplanib, emlash qamrovi 99,5 foizga yetkazildi. Natijada 2017 yil Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli hudud deb e’tirof etildi. Shuningdek, vazir o‘z ma’ruzasida 2019-2020 yillarda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va unda belgilangan vazifalar bilan tanishtirdi. “Ushbu natijalar biz ko‘zlagan marraning boshlanishi. Kelajakda tibbiy xizmat boshqaruvini optimallashtirish, infrastrukturani yaxshilash, tibbiy xizmat normativlari va standartlarini ishlab chiqish, dori-darmon ta’minotini yaxshilash, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish va sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish bo‘yicha aniq reja va dasturlar ishlab chiqilgan”, — deya qayd etdi A. Shadmanov. Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga JSS assambleyasi ishtirokchilari tomonidan qiziqish bildirilgan. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi 26 maygacha davom etadi. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi qizg‘in pallaga kirdi. Jyenevada o‘tayotgan ushbu tadbirda JSSTga a'zo 194 ta davlatlar qatorida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati. Har yili Jyenevada o‘tkaziluvchi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining sessiyasida JSSTga a'zo davlatlar vakillari ishtirok etib, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha kuzatilayotgan global muammolar va ularning yechimlari borasida muhokamalar o‘tkazadi. Bu yilgi sessiyada atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining salomatlikka salbiy ta'siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-darmon va vaksina ta'minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish kabi masalalar bo‘yicha ma'ruzalar qilinmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 71-sessiyasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma'ruza qildi. U o‘z chiqishida prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, tizimni rivojlantirish dasturi va unda belgilangan asosiy vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. — So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida aholining barcha qatlamiga, ayniqsa, uzoq qishloq aholisiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar bugun davlat siyosatining bosh maqsadiga aylangan, — dedi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. — Shu maqsadda 100dan ortiq huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi. Ularda sohaning barcha yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar qamrab olingan. Hozirda O‘zbekiston belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qator ijobiy natijalarga erishdi. Bunga misol qilib, 1283 ta tez tibbiy yordam avtotransport vositalari xarid qilingani, natijada, chaqiriq tushgach, tez yordam xizmatining yetib borish vaqti 20-30 daqiqadan 10-15 daqiqagacha, xizmat radiusi esa 5-12 kilometrgacha qisqarganini aytish mumkin. Qolaversa, 2017 yilda O‘zbekistonga 311 nafar xorijlik mutaxassislar taklif qilindi. Ular bilan hamkorlikda 800 dan ortiq murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. 290 nafardan ortiq mamlakatimiz mutaxassislari esa dunyoning yetakchi klinikalarida malaka oshirib keldi. O‘zbekiston tibbiyotidagi eng katta yangiliklardan biri sifatida transplantatsiya amaliyotining yo‘lga qo‘yilganini aytmoqchiman. Xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda buyrak, jigar va o‘zak hujayra transplantatsiyasi bajarilmoqda. Shundan so‘ng A.Shodmonov mamlakatda xususiy sektorni rivojlantirish, immunoprofilaktika sohasidagi natijalar bilan tanishtirdi. Darhaqiqat, bugun mamlakat tibbiyotida xususiy sektor ulushi ortib bormoqda. Bunda davlatimiz rahbarining xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish, ularga qo‘shimcha shart-sharoit va imtiyozlar berish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari huquqiy asos bo‘lmoqda. — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha qaroridan so‘ng O‘zbekistondagi xususiy klinikalar soni so‘nggi yilda 3040 tadan 4073 ta oshdi. Mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta xususiy klinikalarga deyarli barcha yo‘nalishlarda, xususan, abdominal jarrohlik, torakal jarrohlik, neyroxirurgiya, onkologiya, travmatologiya va bolalar jarrohligi bo‘yicha litsenziya berishga ruxsat etildi — dedi A.Shodmonov. — Milliy emlash kalendari bo‘yicha mamlakatimizda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat hisobidan profilaktik emlanadi. Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘liq davlat byudjyeti hisobidan qoplanib, emlash qamrovi 99,5 foizga yetkazildi. Natijada 2017 yil Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli hudud deb e'tirof etildi. Shuningdek, vazir o‘z ma'ruzasi davomida 2019-2020 yillarda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va unda belgilangan vazifalar bilan tanishtirdi. — Ushbu natijalar biz ko‘zlagan marraning boshlanishi. Kelajakda tibbiy xizmat boshqaruvini optimallashtirish, infrastrukturani yaxshilash, tibbiy xizmat normativlari va standartlarini ishlab chiqish, dori-darmon ta'minotini yaxshilash, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish va sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish bo‘yicha aniq reja va dasturlar ishlab chiqilgan. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy хizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish uchun oʻrta tibbiyot хodimlari shtatlari ajratiladi: 2021 yil 1 iyuldan boshlab - 10 mingta; 2022 yil 1 yanvardan boshlab - yana qoʻshimcha 10 mingta. Ehtiyoj mavjud boʻlgan ogʻir sharoitli tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ularning filiallari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar хodimlari va mutaхassislari jalb qilinadi. Ular shartnoma asosida muayyan muddatga asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini saqlagan holda, ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini toʻliq toʻlab berilgan holda jalb qilinadi. Ushbu хarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi toʻlovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan amaldagi koykalar fondining 10%i 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yana qoʻshimcha 10%i 2023 yil 1 yanvardan boshlab toʻlov asosida tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga oʻtkaziladi. Bundan boʻshaydigan Davlat byudjeti mablagʻlari tuman (shahar) shifoхonalarining dori vositalari, reaktivlar va tibbiyot uskunalari ta’minotini yaхshilashga hamda viloyat tibbiyot muassasalarida qoʻshimcha koyka fondini tashkil etishga yoʻnaltiriladi. 2021 yil 1 iyuldan boshlab: hamshiralik ishi oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, хizmatlar) turlari roʻyхatiga kiritiladi. Ushbu faoliyat faqat oʻrta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumotga ega shaхslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin; nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruхsat beriladi: Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling