Tibbiyot apparati bilan ishlashda texnika xavfsizligi


Download 12.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.12.2017
Hajmi12.82 Kb.
#21637

Tibbiyot apparati bilan ishlashda texnika xavfsizligi

Tibbiyot apparati o`zining turiga va tuzilishiga qarab, uning qo`llanilish usuliga va 

qaerda ishlatilishiga bog`liq holda bu apparaturadan foydalanadigan xodimga har xil zararli va 

xavfli ta`sirlar ko`rsatishi mumkin. Bu ta`sirlar qatoriga quyidagilar kiradi : elektir toki bilan 

jarohatlanish, ish joylarida ionlovchi nurlanishning , elektromagnit nurlanishning, 

ul`trabinafsha, infraqizil nurlarning, qaytgan va sochilgan lazer nurlanishning normadan 

yuqori darajada bo`lishi, tibbiyot apparati sirtining harorati yuqori va past bo`lishi, portlash va 

yong`in xavfi, ish vaqtida shovqin, vibratsiyaning kuchli bo`lishi va h.k.  

Tibbiyot apparati bilan ishlashda asosiy xavfsizlik shartlari quyidagidan iborat: apparat 

doim buzilmagan bo`lishi kerak, ishlatish qoidalariga rioya qilish kerak, elektrotibbiyot 

apparati uchun manba` hisoblsngan elektroqurilmani to`g`ri o`rnatish kerak, asbob va 

apparaturani ekspluatatsiya qilish qoidasiga rioya qilish kerak. 

Yuqori kuchlanishdan saqlanish uchun har xil usullar qo`llaniladi. Saqlanish usuliga 

ko`ra tashqi manba`dan taminlanadigan elektr tibbiyot asboblari va apparatlari 4 sinfga 

bo`linadi:  

01 va 1 – sinflar yerga ulash bilan saqlanishni yoki “0” ga ulashni mo`ljallaydi. 

II – sinf izolyatsiya yo`li bilan saqlashni mo`ljallaydi. 

III – sinf past kuchlanishli zanjirdan ta`minlanadi, ular katta kuchlanishli zanjarga ega 

emas. Ko`p hollarda 0I va I – sinf apparatlari qo`llaniladi. Yuqori kuchlanishdan saqlanishni 

ta`minlovchi munday apparaturalar bilan ishlash jarayonida har xil sabablarni hisobga 

olganda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishdan istisno emas deb bo`lmaydi.  

Tananing elektir qarshiligi o`zgaruvchan kattalikdir. Past chastotalarda bu qarshilik 

asosan teri, muguz qatlamining qarshiligi bilan aniqlanadi. Bu kattalikning solishtirma 

qarshiligi 10 Om *M ga teng, namlanganda esa 10

2

 Om*M. Ichki organlarning qarshiligi har 



xil faktorlarni hisobga olmaganda 10

3

 Om ga teng deb qabul qilinadi. Elektr toki bilan 



jarohatlanishning oqibati – tokning turiga va kattaligiga, odam tanasidan o`tish yo`liga, ta`sir 

etish vaqtiga va chastotasiga bog`liq. Shuningdek o`rab olgan tashqi muhitning namligiga, 

haroratiga, bosimiga bog`liqdir. 

10 mA gacha bo`lgan tok kuchi faqat noqulay hissiyotni uyg`otadi, og`irroq holatlarda 

o`tkazgich bilan kontaktda bo`lgan sohada muskullarning qisqarishi yuz beradi. 

15 mA bo`lgan tok kochida muskullarning qisqarishi shunday kuchli bo`ladiki, unda 

barmoqlarni o`tkazgichdan ajratib olib bo`lmaydi.Bunga qo`yib yubormaydigan tok deb 


ataladi. 

25 mA va undan ortiqroq toklar ta`sirida tananing barcha muskullari changak bo`lib 

qoladi, shuningdek nafas yo`llaridagi muskullar nafas yo`lini bo`g`adi va o`lim xavfi 

tug`iladi. Bundan kegin nerv, yurak tomir sistemasining ishi buzilib, hushdan ketish hodisasi 

va klinik o`lim yuzaga keladi, bu esa reanimatsion choralar ko`rilishini talab qiladi. 

100 mA kattalikdagi o`zgaruvchan tok to`g`ridan – to`g`ri miokardga ta`sir etib, 

yurakning fibrillyatsiyasini yuzaga keltiradi, bunda yurakning ritmik qisqarishini tiklash 

uchun defibrillyatorlardan foydalaniladi. 

450 –500 V tok kuchlanishigacha bo`lgan o`zgaruvchan tok o`zgarmas tokka nisbatan 

xavfliroqdir. 

Katta kuchlanishlarda esa o`zgarmas tok o`zgaruvchan tokka nisbatan xavflirog`dir. 

O`zgarmas tok uchun 350 V dan yuqori bo`lgan kuchlanishlar joylardagi o`zgarishlarga olib 

keladi, ya`ni 3- va 4- darajali elektr kuyish hodisasi yuz beradi. 

Elektr jarohatlanishni oldini olish uchun ekspluatatsiya vaqtida texnika xavfsizligi 

qoidalariga rioya qilish kerak, ulardan asosiylari: 

-

 



ikkala yalang qo`l bilan qurilmalarga tegish mumkin emas;  

-

 



elektroapparatura bilan ishlayotganda gaz, suv va isitish uchun keltirilgan metall 

turibalarga tegish mumkin emas. 

Ish joyida mikroto`lqin terapiyasi asbobida ishlaydigan xodim saqlanish ko`zoynagi 

bilan ish kuni davomida nurlanganida elektromagnit maydon intensivligining qiymati 0,01 

mVt/sm

2

 dan oshmasligi kerak. Santimetr va ditsimetr uzunligidagi to`lqinlarni tarqatadigan 



apparatlarning nurlantirish zonasida bo`lish shaxs uchun man etiladi. Bunday apparatlar 

ma`lum masofalarda (distantsiyalarda) joylashgan ekranlovchi kabinalardan boshqariladi. 

Ul`trabinafsha nurlar bilan nurlantirliganda xodimlar yorug`lik fil`tri saqlanish ko`z 

oynalaridan foydalanishi shart. Ul`tratovushning zararli ta`siridan qo`lini saqlash uchun 

tibbiyot xodimi gazlama va rezina qo`lqoplarda ishlashi kerak. Lazer qurilmalarini 

joylashtirishda va undan foydalanishda shaxsning lazer nuridan jaroxatlanishining oldini olish 

kerak. Birlamchi yoki ko`zgudan qaytgan va nishonga yo`naltirilgan lazer nuriga qarash man 

etiladi. Tibbiyot apparatlari va asboblari bilan ishlashda o`z vaqtida instruktsiya o`tkazish va 



undan chetga chiqmaslik lozim. 

 

Download 12.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling