Tibbiyot apparati bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Download 12.82 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saqlanish usuliga ko`ra tashqi manba`dan taminlanadigan elektr tibbiyot asboblari va apparatlari 4 sinfga bo`linadi
- Elektr jarohatlanishni oldini olish uchun ekspluatatsiya vaqtida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak, ulardan asosiylari
Tibbiyot apparati bilan ishlashda texnika xavfsizligi. Tibbiyot apparati o`zining turiga va tuzilishiga qarab, uning qo`llanilish usuliga va qaerda ishlatilishiga bog`liq holda bu apparaturadan foydalanadigan xodimga har xil zararli va xavfli ta`sirlar ko`rsatishi mumkin. Bu ta`sirlar qatoriga quyidagilar kiradi : elektir toki bilan jarohatlanish, ish joylarida ionlovchi nurlanishning , elektromagnit nurlanishning, ul`trabinafsha, infraqizil nurlarning, qaytgan va sochilgan lazer nurlanishning normadan yuqori darajada bo`lishi, tibbiyot apparati sirtining harorati yuqori va past bo`lishi, portlash va yong`in xavfi, ish vaqtida shovqin, vibratsiyaning kuchli bo`lishi va h.k. Tibbiyot apparati bilan ishlashda asosiy xavfsizlik shartlari quyidagidan iborat: apparat doim buzilmagan bo`lishi kerak, ishlatish qoidalariga rioya qilish kerak, elektrotibbiyot apparati uchun manba` hisoblsngan elektroqurilmani to`g`ri o`rnatish kerak, asbob va apparaturani ekspluatatsiya qilish qoidasiga rioya qilish kerak. Yuqori kuchlanishdan saqlanish uchun har xil usullar qo`llaniladi. Saqlanish usuliga
01 va 1 – sinflar yerga ulash bilan saqlanishni yoki “0” ga ulashni mo`ljallaydi. II – sinf izolyatsiya yo`li bilan saqlashni mo`ljallaydi. III – sinf past kuchlanishli zanjirdan ta`minlanadi, ular katta kuchlanishli zanjarga ega emas. Ko`p hollarda 0I va I – sinf apparatlari qo`llaniladi. Yuqori kuchlanishdan saqlanishni ta`minlovchi munday apparaturalar bilan ishlash jarayonida har xil sabablarni hisobga olganda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishdan istisno emas deb bo`lmaydi. Tananing elektir qarshiligi o`zgaruvchan kattalikdir. Past chastotalarda bu qarshilik asosan teri, muguz qatlamining qarshiligi bilan aniqlanadi. Bu kattalikning solishtirma qarshiligi 10 Om *M ga teng, namlanganda esa 10 2 Om*M. Ichki organlarning qarshiligi har xil faktorlarni hisobga olmaganda 10 3 Om ga teng deb qabul qilinadi. Elektr toki bilan jarohatlanishning oqibati – tokning turiga va kattaligiga, odam tanasidan o`tish yo`liga, ta`sir etish vaqtiga va chastotasiga bog`liq. Shuningdek o`rab olgan tashqi muhitning namligiga, haroratiga, bosimiga bog`liqdir. 10 mA gacha bo`lgan tok kuchi faqat noqulay hissiyotni uyg`otadi, og`irroq holatlarda o`tkazgich bilan kontaktda bo`lgan sohada muskullarning qisqarishi yuz beradi. 15 mA bo`lgan tok kochida muskullarning qisqarishi shunday kuchli bo`ladiki, unda barmoqlarni o`tkazgichdan ajratib olib bo`lmaydi.Bunga qo`yib yubormaydigan tok deb
ataladi. 25 mA va undan ortiqroq toklar ta`sirida tananing barcha muskullari changak bo`lib qoladi, shuningdek nafas yo`llaridagi muskullar nafas yo`lini bo`g`adi va o`lim xavfi tug`iladi. Bundan kegin nerv, yurak tomir sistemasining ishi buzilib, hushdan ketish hodisasi va klinik o`lim yuzaga keladi, bu esa reanimatsion choralar ko`rilishini talab qiladi. 100 mA kattalikdagi o`zgaruvchan tok to`g`ridan – to`g`ri miokardga ta`sir etib, yurakning fibrillyatsiyasini yuzaga keltiradi, bunda yurakning ritmik qisqarishini tiklash uchun defibrillyatorlardan foydalaniladi. 450 –500 V tok kuchlanishigacha bo`lgan o`zgaruvchan tok o`zgarmas tokka nisbatan xavfliroqdir. Katta kuchlanishlarda esa o`zgarmas tok o`zgaruvchan tokka nisbatan xavflirog`dir. O`zgarmas tok uchun 350 V dan yuqori bo`lgan kuchlanishlar joylardagi o`zgarishlarga olib keladi, ya`ni 3- va 4- darajali elektr kuyish hodisasi yuz beradi.
-
ikkala yalang qo`l bilan qurilmalarga tegish mumkin emas; -
elektroapparatura bilan ishlayotganda gaz, suv va isitish uchun keltirilgan metall turibalarga tegish mumkin emas. Ish joyida mikroto`lqin terapiyasi asbobida ishlaydigan xodim saqlanish ko`zoynagi bilan ish kuni davomida nurlanganida elektromagnit maydon intensivligining qiymati 0,01 mVt/sm 2
apparatlarning nurlantirish zonasida bo`lish shaxs uchun man etiladi. Bunday apparatlar ma`lum masofalarda (distantsiyalarda) joylashgan ekranlovchi kabinalardan boshqariladi. Ul`trabinafsha nurlar bilan nurlantirliganda xodimlar yorug`lik fil`tri saqlanish ko`z oynalaridan foydalanishi shart. Ul`tratovushning zararli ta`siridan qo`lini saqlash uchun tibbiyot xodimi gazlama va rezina qo`lqoplarda ishlashi kerak. Lazer qurilmalarini joylashtirishda va undan foydalanishda shaxsning lazer nuridan jaroxatlanishining oldini olish kerak. Birlamchi yoki ko`zgudan qaytgan va nishonga yo`naltirilgan lazer nuriga qarash man etiladi. Tibbiyot apparatlari va asboblari bilan ishlashda o`z vaqtida instruktsiya o`tkazish va undan chetga chiqmaslik lozim. Download 12.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling