Ish faoliyati yuzasidan vrach bemorning qarindoshlari bilan yaqin munosabatda bo'ladi. Tibbiyotning ayrim soxalarida, xususan pediatriya, psixiatriya va ayrim surunkali kasalliklar bilan xastalangan bemorlarning garindosh urug'lari bilan bunday munosabat to'g'ri tashxis go'yish uchun juda ham muxim xisoblanadi. Chunki vrach asosan anamnez hagidagi ma'lumotlarei kasallikning ko'rinishi uning rivojlanishi, kasallikni boshlanishi kelib chiqishi sabablari haqidagi ma'lumot asosan bemorning qarindosh urug'laridan oladi. Tibbiyot muassasasiga qo’yiladigan talab, vrach va tibbiyot hodimlari orasidagi munosabatlar; Tibbiyotning xozirgi taraqqiyot jarayonida tibbiy yordamning sifatini oshirishga qaratilgan xar-bir vrachning shaxsiy ma'suliyati butun tibbiyot muassasasining ma'suliyati bilan to'ldirilishi lozim. Chunki bemorga xizmat ko'rsatish faqatgina vrachning vazifasi bo'lib qolmay, balki butun tibbiyot muassasasi jamoasining vazifasi hisoblanadi. Bemor shaxs davolanish uchun yoki vrach bilan maslaxatlashish uchun vrachdan oldin u birinchi navbatda ro'yxat xonaga murojat etadi.Shu verdan uning tibbivot xodimlari bilan uchrashuvi boshlanadi Shifokor siri Vrach, bemorga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni sir tutishi lozim, aks xolda u bemorga ma'naviy ruxiy ta'sir etishi, uning salomatligiga ta'sir etishi sog'ligni yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Shifokor sir hisoblangan ma'lumotlardan o'qish, hamda kasbkorga xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor bo'lib golgan shaxslarning bu ma'lumotlarini fugaro yoki uning gonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilinishiga yo qo'yilmaydi. Faqat shifokor siri hisoblangan ma'lumotlarni quyidagi sabablarga ko'ra oshkora qilish mumkin. Ahvoli og'irligi sababli o'z xoxshi- irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida. - Yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaxarlanish va zararlanish xavfi taxdid solganda.
- Tergov yoki sud tekshiruvi o'tkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining prokuratura va sudning so'rovi bo'yicha
- 15 yoshga to'lmagan, voyaga yetmagan shaxsga yordam ko'rsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilishi uchun
- Fuqaroning sogligiga g'ayriqonuniy xatti-xarakatlar yokibaxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilinganligiga asoslar mavjud bo'lganda.
Shifokor xatosi Vrach xatosi deganda, odata vrachning oz vazifasini vijdonan bajargan xolda adashish xollari tushuniladi. Vrach xatosining ko'plari vrachning kasbiy mahoratning yetishmaganligidan, tajribasini kamchiligidan kelib chiqishi mumkin, ayrim xatolar esa tekshirish usullarining, asbob-uskunalarning kamchiligidan, ba'zi bir bemorlarda kasallik va uning sabablarini o'zgacha namoyon bo'lishi tufayli sodir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |