Tibbiyot kasbiga kirish


Yurak-tomir sistemasining funksional holatiini belgilash


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   314
Bog'liq
терапия

Yurak-tomir sistemasining funksional holatiini belgilash  
Yurak  ishlashi  va  tomirlar  holatining  ob’ektiv  ko’rsatkichlari  —  puls  va 
arterial  bosimdir.  Arterial  puls  deb,  tomirlar  devorining  yurak  haydaydigan  qon 
harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Salomatlik 
holatini belgilash uchun pulsning tezligi va tarangligini aniqlashni bilish zarur. 
Tezligi. Puls normada minutiga 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls keng 
chegaralarda  o’zgarib  turishi  va  uning  tezligi  yoshga,  jinsga,  tana  va  tashqi 
haroratga,  shuningdek  jismoniy  harakatga  bog’liq.  Ayollar  pulsi  erkaklarnikiga 
nisbatan tezdir. Eng tez puls bola hayotining dastlabki yillarida qayd qilinadi. Tomir 
sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib 
qoladi.  
Ritm.  Puls  turtkilari  bir  xil  vaqt  ichida  birin-ketin  kelsa,  to’g’ri  ritm  yoki 
ritmik puls deyiladi. Aks xolda noto’g’ri — aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda 
pulsning ko’pincha nafas olishda tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi 
—  nafas  aritmiyasi  qayd  qilinadi;  nafasni  ushlab  turish  aritmiyaning  bu  turini 
bartaraf qiladi.  



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling