Tibbiyot kasbiga kirish


Muolaja. Erkaklarning qovug’ini kateterlash


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   314
Bog'liq
терапия

Muolaja. Erkaklarning qovug’ini kateterlash  
Ko’rsatmalar:  siydikning  tutilib  qolishi,  qovuqni  yuvish,  qovuqqa  dorivor 
preparatlarni kiritish.  
Tayyorgarlik:  muolaja  ancha  ruhiy  kiyinchiliklarni  tug’dirishi  sababli 
bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.  
Jihozlar:  qo’lqop,  sterillangan  yumshoq  kateter,  qisqich,  antiseptik  eritma 
(0,02  foizli  furasilin  eritmasi), paxtali  tamponlar, lotok  —  siydikdon, sterillangan 
glitserin (vazelin moyi).  


Bemorning  holati:  chalqanchasiga  yotib,  oyoqlar  orasi  ochiq,  tizzalar 
bukilgan.  
Bajarilishi:  
1. Qo’lqopni kiying.  
2. Chap qo’lning  V, IV barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini oching, 
I va II barmoqlar bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini oching.  
3. Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon bilan siydik chiqarish kanali 
atrofini tozalang.  
4.  Uchi  glitserin  bilan  artilgan  kateterni  yon  teshikdan  5—6  sm  masofada 
qisqich bilan mahkam ushlab olib, kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning IV va V 
barmoqlari bilan ushlang.  
5.  Kateterni  siydik  chiqarish  kanaliga  extiyotlik  bilan  kiriting.  Kateter 
kiritilgan vaqtda to’siq va noxush his paydo bo’lsa, bemorga tinchlanishni va bo’sh 
yotishni maslahat bering.  
6. Siydik paydo bo’lgandan so’ng kateterning tashqi uchini lotokka tushiring.  
7.  Siydik  chiqarilgandan  (yoki  siydik  chiqarish  kanalida  boshqa  muolaja 
o’tkazilgandan) so’ng kateterni kanaldan chiqarib oling.  
8.  Lotokni  olib  tashlang,  qo’lqopni  yeching,  qo’lingizni  yuving,  bemorni 
yotqizib, ustini yopib qo’ying.  
         9. Kateterni sterillang. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling