Tibbiyot kasbiga kirish


Buyrak sanchig’ida birinchi yordam


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/314
Sana02.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#189288
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   314
Bog'liq
терапия

Buyrak sanchig’ida birinchi yordam  
1. Zudlik bilan yordam chaqirish, shifokorning maslahati zarur.  


2. Bel sohasiga isitgich qo’yish yoki iliq vanna sanchiqni qoldirib, toshning 
ko’chishiga yordam beradi.  
3. Siydik miqdori, tiniqligi, rangi, aralashmalar mavjudligini aniqlash.  
O’tkir  yoki  surunkali  buyrak  kasalliklari  kuchayganda  bemorni  parvarish 
qilishda:  
1.  Yotish  rejimiga  qat’iyan  rioya  qilish,  tananing  gorizontal  holati  buyrak 
tomirlarining isishi va kengayishiga, qon bilan ta’minlanishiga yordam beradi.  
2. Bel sohasiga isitgich qo’yish tavsiya qilinadi, bu diurezni kuchaytiradi.  
3. Osh tuzi va suyuqlik ichish rejimi cheklangan parxezga rioya qilish zarur, 
o’tkir holatlarda parxezni shifokor tavsiya qiladi.  
4.  Terining  qichishi  va  o’zgacha  quruqligi,  ishtahaning  yomonlashishi, 
ko’ngil aynish, qusish, chanqashning kuchayishi buyrak yetishmovchiligidan darak 
beradi.  
5. Bemorda kayfiyatsizlik, kunduzgi vaqtda uyqu kelishi, kechasi uyqusizlik 
paydo  bo’lganda,  ko’rish  qobiliyati  pasayganda  zudlik  bilan  shifokorga  murojaat 
qilish zarur.  
6. O’tkir va surunkali buyrak kasalliklari ko’p hollarda yurak yetishmovchiligi 
rivojlanishi  bilan  bog’lik  bo’ladi;  puls,  arterial  bosim,  nafas  olish  chastotasini 
doimiy ravishda nazorat qilish zarur.  
7.  Bemorni  ortiqcha  qo’zg’atuvchi  ta’sirlardan  saqlash,  xonani  tez-tez 
shamollatib, tozalab turish lozim.  
8.  O’tkir  buyrak  kasalligini  boshdan  kechirgan  bemor  sovqotishdan,  og’ir 
jismoniy  zo’riqishdan  extiyot  bo’lib,  dorilarni  to’g’ri  qabul  qilib,  ovqatlanish 
rejimiga rioya qilishi zarur. Spirtli ichimliklar qat’iyan man qilinadi.  

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling