Muolaja. Dorivor moddalarni ingalyatsiya usuli bilan kiritish
Ogohlantirish: ingalyatsiyalar soni va oralig’ini shifokor belgilaydi.
Bajarilishi:
1. Dorivor moddaning nomini o’qing, preparat haqidagi ma’lumotni bemorga
yetkazing, muolajaning borishi haqida tushuntiring.
2. Qo’lingizni yuving.
3. Dorivor modda solinmagan ingalyatsiya ballonchasidan foydalanib,
bemorga muolajaning bajarilishini ko’rsating.
4. Bemorni o’tqazing yoki uni turgan holatida bajaring, chunki turganda nafas
olish samaraliroq bo’ladi.
5. Ingalyatordan himoya qalpoqchasini yeching.
6. Ballonchani to’nkarib, silkiting.
7. Bemordan chuqur nafas chiqarishni iltimos qiling; ingalyatorning
mundshtukini bemorning og’ziga soling, bemor uni labi bilan mahkam qisib olsin;
bemorning boshi orqaga sal egilgan bo’lsin.
8. Bemordan chuqur nafas olishni iltimos qiling va bir vaqtning o’zida
ballonchaning tubini bosing.
9. Ingalyator mundshtukini bemorning og’zidan oling; nafasni 5—10 sek.
ushlab turishni iltimos qiling.
10. Bemor tinch nafas chiqaradi.
11. Bemorga ishlayotgan ingalyator bilan muolajani mustaqil bajarishini
so’rang.
12. Ingalyasiya dan keyin ingalyatorini himoya qalpoqchasi bilan yopib,
maxsus joyga olib qo’ying.
13. Qo’lingizni yuving.
Do'stlaringiz bilan baham: |